просмотров
Bitta behini ikkiga bo’lib, urug’idan ajrating. Alohida idishda 100-150 gr suv bilan aralashtirib, olovga qo’ying. O’rtacha olovda quyuqroq ko’rinishga kelgunicha qaynating. So’ng olovdan olib, iliq holatda 1osh qoshiqdan kuniga 3 maxal ovqatdan oldin ichishingiz mumkin. Har kunga damlama yangidan tayyorlanadi. Quruq yo’tal, bronxlar shamollashida tavsiya etiladi.
Kamqonlikka qarshi
O’rtacha kattalikdagi behini urug’idan tozalab, 2 choyqoshiq asal bilan to’ldiring. So’ng 15 daqiqaga gaz pechiga qo’yib, yumshatib pishiring. Asalli behini bir kunda bir marotaba iste’mol qilish kifoya. Kamqonlik, hazm qilish faoliyati bilan bog’liq muammolarda asqotadi.
Buyrak bezovta qilsa
Behi mevasining bir oshqoshiq quritilgan bargi va shuncha miqdorda tozalangan urug’ini 200 ml qaynagan subga damlab, olovga qo’ying. 5-6 daqiqa o’rtacha olovda qaynagach, tagini o’ching-da, biroz sovuting. Ta’bga ko’ra asal bilan aralashtirib, 1 oshqoshiqdan kuniga 3-4 mahal qabul qiling. Bu damlama peshob haydovchi hususiyatga ega.
Immunitet oqsaganda
3 ta behi mevasini tog’rab, sharbatsiqqichdan o’tkazing.Ta’bga ko’ra asal bilan aralashtirib, oz-ozdan kun davomida qabul qiling. Asal qo’shilgan behi sharbati qabziyatni oldini olishda foydali bo’lib, immunitetni mustaxkamlashga yordam beradi.
Tistitga davo
Agar sizni tistit qiynayotgan bo’lsa, kuniga 50-80 gr yangi siqilgan behi sharbatini iste’mol qiling. Tarkibidagi foydali moddalar peshob ajralishini yaxshilasa, bakteriyalarga qarshi hususiyati kasallikda ko’makchi vositadir.
Asabiylashganda
Bir hafta davomida mana bu usulga rioya qilishingiz mumkin: har tanovuldan so’ng asal bilan bug’da tayyorlangan yarimta behi bo’lagini iste’mol qiling. Agar asalga allergiyangiz bo’lsa, 1 oshqoshiq behi murabbosi bilan aralashtirish mumkin. Meva tarkibidagi foydali hususiyatlarga ko’ra asabni tinchlantirishga yordam beradi.
Ishtaxa yo’q bo’lsa
Kun ora yarimta behi mevasini ozroq sariyog’ va ta’bga ko’ra asal bilan bug’da tayyorlab, asosiy tanovuldan so’ng desert sifatida iste’mol qiling. Behining bu ko’rinishda iste’mol qilinishi ishtaxani yaxshilab, shirinlik o’rnini bosa oladi.
Diqqat qiling!
Behi mevasi tarkibida oshlovchi moddalar bo’lgani bois ich ketishi holatlari, tez-tez ich buzilishlariga moyilligi borlar, shuningdek kichik yoshdagi bolalar uchun xomligicha yeyish tavsiya etilmaydi. Ozroq asal yoki sariyog’ bilan bug’da yoki gaz pechida pishirilgan ko’rinishda oz-ozdan iste’mol qilish kerak.
Kosmetologiyada
Behining bir bo’lagini qirg’ichdan o’tkazib, hosil bo’lgan sharbati bilan yuz terisini arting-da, 15 daqiqadan so’ng iliq suvda chaying. Bu mevali losyon yog’li yuz terisida yog'lashishni oldini oladi.
Qirg’ichdan chiqarilgan behi bo’tqasidan yuzga husnbuzarlar toshishida foydalanish mumkin. Buning uchun meva bo’tqasini namlangan yuz terisiga tekis surtib, 15 daqiqadan so’ng iliq suvda chayiladi.
Behi urug'ini 100 gr qaynagan suvga damlab 5 daqiqa davomida chayqatib turing. So’ng aralashmani dokadan o’tkazib, quyoshda qoraygan yoki qizargan teri yuzasini yengil artishingiz mumkin. Hususiyatiga ko’ra behi urug'idan tayyorlangan aralashma terini oqartirib, me’yoriy holatini tiklaydi.
Bir dona tuxum oqini ko’pirtirib, teng miqdorda behi sharbati, odekolon va kamfara spirti bilan aralashtirib, yuz terisi artiladi.15 daqiqadan so’ng iliq suvda chayiladi. Bunday niqob yuz terisini oqartirish va turli harakterli toshmalardan xoli etishda qo’llaniladi.
Behi cho’pi
Behi daraxtining tozalangan cho’plariga g’osht qiymasidan lo’la kaboblarni yasab, o’simlik yog’ida qovuring. So’ng archilgan sabzavotlar bilan qozonga terib, dimlang. Bunday usulda tayyorlangan lo’la kabob behining o’ziga xos ta’mi bilan birlashib, taomingiz yanada hushxo’r va mazali bo’ladi.
Сообщения из Facebook