просмотров
Ammo, shu bilan birga ommaviy OAVda kam yoritilgan va uncha ommmalashtirilmagan texnologiyalar ham borki, ular go’yo Ayzek Azimovning fantastik asarlaridan olinganday. Bugungi kunda ular amalda ham mavjud.
1. Xoverbordlar
Mashhur Lexus avtomobilsozining muxandislari va tadqiqotchilari xaqiqiy uchar taxtaning prototipini yaratdi. SLIDE magnitlar va suyuq oltin bilan sovitiladigan yuqori o’tkazgichlar yordamida uchadi. Ular ham relslar ustidagi parvoz qilish uchun super sovitiluvchi o’ta baquvvat magnitlardan foydalanadigan “Maglev” poezdi kabi tahminan shu tartibda ishlaydi.
Bu o’rinda Lexus Ispaniyaning Barselona shahrida yerning o’ziga o’rnatilgan juda ko’p magnitlarga ega bo’lgan mislsiz qimmat skeyt-bog’ning barpo etdi. Afsuski,yaqin vaqtlarda shunday xoverbordda uchish imkoni paydo bo’la olmasligi aniq, chunki SLIDE taxtasi sotuvga chiqmaydi, maxsus skeyt-bog’larni yaratish esa hozircha haddan tashqari qimmatga tushadi.
2. Vertoletlar samolyotlarga aylanyapti
Bell Boeing V-22 Osprey — amerika konvertoplani. U istalgan oddiy vertolyot kabi havoga ko’tariladi va qo’nadi, ammo parvoz paytida u o’z dvigatellarini oddiy aviatsion dvigatellar kabi ishlashi uchun old tarafga tushirib oladi.
Bu modelning o’rtacha tezligi soatiga 446 kilometrni tashkil etadi (Chinook vertolyotining oddiy tezligi soatiga 240kilometr). Shuningdek Bell Boeing V-22 Osprey zamonaviy vertolyotgan nisbatan qo’shimcha yoqilg’i quymasdan uchish masofasi ancha uzoqroq - konvertoplan 32 nafargacha yo’lovchini 722 kilometr masofagacha eltib qo’yishi mumkin.
3. Bionik qo’l-oyoqlar
Sun’iy qo’l-oyoqlar bir necha asrlar davomida mavjud bo’lib kelgan: dengiz qaroqchilarining yog’ochli oyoqlaridan boshlab hayriya marafonida o’z sun’iy oyog’ini ishlatgan Terri Foksning beso’naqay protezigacha. Ular og’ir va egiluvchanlik kabi xususiyatlarsiz edi. Lekin XXI asrda ular tez sur’atlarda takomillashtira boshlandi.
Bugungi kunda narhi tahminan 45000 AQSH dollarigacha bo’lgan uglerod tola va titandan tayyorlangan o’ta engil sun’iyqo’l-oyoqlar ishlab chiqarilgan, shuningdek... fikr kuchi bilan nazorat qilish mumkin bo’lgan bionik oyoqlar ham mavjud.
Gudmundur Olafsson erta bolalik paytidayoq bahtsiz hodisa tufayli uni yuk mashinasi urib yuborganida o’z oyog’ini yo’qotgan. Yaqindaesa u Islandiyaning Ossur kompaniyasi tomonida ishlab chiqarilgan robotlashgan oyoqqa ega bo’ldi va mana bir yildan ortiq har kuni uni ishlatib faol va to’laqonli hayot kechirib kelmoqda.
Uning sun’iyoyog’i xaqiqiy oyoq kabi harakatlana oladi. Bunga erishish maqsadida Olafson oyog’ining kesigiga maxsus datchiklar implantatsiya usulida o’rnatilgan.Olafson oyoq bilan harakat qila boshlaganida ular sondagi mushak to’qimalariga bosh miyasidan yuborilayotgan impulslarni qabul qilib olib, protezni xaqiqiy oyoq kabi bukilishiga majbur qiladi.
4. Ko’rinmas moslamalar
Crysis seriyasidagi o’yinlarda geymerlar, ya’ni o’yinchilar ko’rinmaslik xususiyatiga ega bo’lgan kostyumdagi askar “tanasi”da o’ynaydi. Xaqiqiy hayotda esa Dallas Nano TechInstitute olimlari uglerodli nanonaychali varaqlardan foydalangan (mikroskopik naychalarga o’ralgan qalinligi 1 atomga teng uglerod varaqlari ko’rinishida namyon bo’ladi). Yorug’lik ulardan aks olmay ularni “aylanib o’tadi” va oddiy odamning ko’ziga “aylanib o’tish” jarayoni umuman bilinmaydi.
Buning ixtirosida ishlatilgan texnikada sahroda holdan toygan sayyohlar qumliqning bo’sh hududini so’limgina voha qilib ko’rsatadigan sarob effektidan foydalanilgan. Bu yerda qum bilan havo haroratlari o’rtasidagi farq asosiy o’rinni tutadi. Shu tufayli yorug’liknurlari yer yuzasidan aks etish o’rniga bechora sayyohning ko’ziga to’g’ridan-to’g’ri emas, o’ynab-tovlanib etib boradi. Shunday hodisa tufayli odamlar qumda osmonning aksini ko’radi va uni suv deb tushunadi.
Uglerodli nanonaychalar suvga tushirilib isitilgan (suv bilan birga). Natijada yorug’lik varaqni “aylanib o’tgan” va uning orqasidagi narsa borib urilgan. Harbiy nuqtai nazardan bu kostyumning foydasi yo’q, chunki undan foylanish uchun suvga tushirilgan o’ta issiq kostyumni kiyib yurish kerak. Lekin shunday bo’lsa ham, hech bo’lmaganda “xaqiqiy ko’rinmas mato” iborasi quloqqa juda zo’r eshitiladi.
5. Elektromagnit reylganar
Ehtimol, kompyuter otishmalarini o’ynagan yoki fantastik filmlarni ko’rganlar reylgan yoki elektromagnit relsotron nima ekanligini bilsa kerak. Bilmaganlar uchun, relsotron – asosan snaryad uchishini tezlashtirish uchun ishlatiladigan magnitlar uyumi. Amerika Qo’shma Shtatlarining Harbiy-havo floti bir necha yil davom ettirgan tadqiqotlaridan so’ng nihoyat Science and Technology Expo ko’rgazmasida tovush tezligidan 7 barobar tezroquchadigan snaryadlar bilan ota oladigan va 180 kilometr masofadagi mo’ljalni ura oladigan xaqiqiy real reylgan taqdimotini o’tkazdi
Bundan tashqari SNS Trenton kemasiga sinov o’tkazish uchun temir yo’lli pulemyot o’rnatilgan edi. Tahminlarga ko’ra AQSH harbiy havo kuchlarining kemalarining keyingi avlodi uchun temir yo’lli zambaraklarning qurilishi 2028 yilda boshlanadi.
6. Lazer quroli
Avvallari “Samoviy urushlar” filmidagi “Ajal Yulduzi”ning shiddat bilan vayron qiluvchi kuchiga teng keladigan hech narsa yo’q edi. Ammo AQSHning harbiy- havo tadqiqotlari Boshqarmasida hozirgi paytda mavjud bo’lgan lazer quroli tizimi (LaWS) ishlab chiqarilgan va 2014 yildan boshlab USS Ponce jangovar kemaga o’rnatilgan.
Kemaning ekipaji doimiy ravishda lazer quroli bilan mo’ljallarni nobud qilib o’quv mashg’ulotlarini o’tkazib keladi. LaWS - bu quvvati 30 kilovattga teng yagona halokatli nur. U atigi 59 AQSH dollarini sarflab uchuvchisiz uchar apparatlarni va kemalarni bir zumda “qovurib tashlashi” mumkin. Bu bir marta ishlatiladiganva narhi 759000 AQSH dollariga teng bo’lgan raketaga nisbatan ancha arzonroqqa tushadi.
Bombardimon qilinishdan bombalarning mo’ljalga etib kelishdan oldin yoqib yuborish yo’li bilan himoya qiladigan Lockheed Martin (ADAM) qurilmasi, shuningdek, Boeing yer usti transport vositalari uchun 10 megagertsli mobil namoyish apparati kabiboshqa lazer qurilmalari ham mavjud.
7. Ion dvigatellari
“Samoviy urushlar” trilogiyasining asl nusxasida har yerda hoziru nozir TIE fighter qiruvchi samolyotlari ikki nafar ion dvigateli yordamida parvoz qiladi. Ko’pchilik ion dvigatellari nafaqat fantastik filmlarda, balki haqiqatda ham mavjud ekanligini eshitib hayron bo’lishi mumkin. Farqi shuki, ular filmda ko’rsatilganday o’ta serquvvat emas. Misol uchun “Dawn” avtomatlashgan sayyoralararo stansiyasi soatiga 100 kilometr tezlikka erishishi uchun 4 kun vaqt sarflangan.
NASA olimlari ion dvigatelining ishchi prototipini 1959 yilda yarata olgan va uni Deep Space1 va Dawn zondlariga o’rnatgan. Deep Space 1 umumy hisobda 263 million kilometrni soniyaga 4,5 kilometr tezlikda uchib o’tgan. NASA tomonidan ishlab chiqarilayotgan HIPEP yangi dvigateli esa nazariy jihatdan fazoviy kemani bir soniyada 90 kilometr tezlikka erishtira oladi.
Ion dvigatellari tezlashishga erishish uchun inert gazlarini asta sekin siqib chiqaryapti. Turtuvchi kuch juda pastligiga qaramay ion dvigatellariga ega bo’lgan kema juda yuqori tezliklarga erisha olishi mumkin, chunki ion dvigatellari tortuvchikuchni uzoq muddat davomida ishlab chiqaradi.
8. Bionik ko’zlar
Olimlar 80yoshli britaniyalik Rey Flinni ko’rlikning eng keng tarqalgan shaklidan (qarilik makulyar degeneratsiya) Argus II implantanti yordamida davolay oldilar (to’g’risi, uning narhi arzon emas - 150 000 AQSH dollariga teng).
Ajablanarlisi shundaki, Rey jarrohlik operatsiyasidan keiyn moslama ishga tushirilgan paytda ko’zini yumib odamlar va obyektlarning chizgilarini ko’ra oldi. Uni operatsiya qilgan vrach doktor Paulo Stanga kelajakda bu faqat takomillashib borishini qat’iyat bilan ishontirmoqda.
AQSHning Kaliforniya shtatidagi Second SightMedical Products kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Argus II implantanti ko’zoynakka o’rnatilgan videokameradan kelayotgan video oqimini signallarga aylantirish yo’li bilan ko’zning to’r pardasidagi jarohatlanmagan hujayralarga o’rnatilgan mitti elektrodlarga jo’natiladi. Shundan keyin bu jarohatlanmagan hujayralar ta’sirlanadi va signallarni miyaga yuboradi.
9. O’zi nishonga aniq yeta oladigan o’q
Call of Duty kompyuter o’yinidan farqli o’laroq real hayotda mergan mo’ljaldagi nishonning uzoqligi, o’qning uchish vaqti, o’q kuchining pasayishi, gravitatsiya, shamol tezligi, namlik va xatto Yerning aylanishini puhta hisobga olishi kerak.
Kelajakda merganlar nishonga olgichni nishonga to’g’rilab tepkini bosishdan boshqa ishi qolmaydi, chunki AQSH Mudofaa Ministrligining Istiqbolli tadqiqot loyihalari Boshqarmasining (DARPA) daholari EXACTO (Extreme Accuracy Tasked Ordnance) - 50-chi kalibrli nishonga o’zi aniq yeta oladigan o’qni ishlab chiqdilar.
EXACTO qurilmasi 2000 metr masofadagi nishonga o’zi to’g’rilanib olish bilan birga yaqin masofadagi jangda keskin burilishlarni hambajarishi mumkin. U xatto otishga o’rgatilmagan kishi miltiqdan otgan taqdirda ham harakatlanayotgan nishonlarni aniq yo’q qilishi mumkin. EXACTOda o’qni chap berishiga ta’sir qiladigan ob-havo va boshqa omillarni hisobga oladigan qandaydir nishonga olish tizimi ishlatiladi (batafsil ma’lumotlar mahfiylashtirilgan).
10. Laboratoriyada o’stirilgan organlar
Uzoq kelajakda organizmdagi qandaydir ichki a’zoning ishlamay qolishidan xavotir bo’lmasa ham bo’ladi. Shotlandiyadagi Edinburg universitetining tadqiqotchilari hayvonda, xususan sichqonda butun bir mukammal faoliyat ko’rsatadigan ichki a’zoni o’stira oldi.
Olimlar sichqon embrionini timusga, ya’ni immunitet tizimining bir qismi bo’lgan qismiga aylanishga majbur qilib “aldashni” uddaladi. Keyin bu hujayralarni laboratoriyadagi sichqonlarga kiritdilar, ularda esa bu hujayralar to’lafaoliyat ko’rsatadigan timusga aylana qoldi.
11. ITER termoyadroviy reaktor
Va nihoyat, termoyadroviy reaktorlar to’g’risida ham aytib o’tish kerak. Bularga Yevropaning JET Tokamak rekatori va ITER(International Thermonuclear Experimental Reactor – xalqaro termoyadroviy tajribareaktori) reaktori kiradi. Ular elektr quvvatini ishlab chiqarishi uchun Quyoshda sodir bo’layotgan reaksiyalardan foydalanadi.
Bu ko’pchilik uchun ehtimoldan uzoq hodisadek tuyulishi mumkin. Quyoshda vodorod atomlari to’qnashib, shundan keiyn geliynihosil qiladigan og’irroq atomga birlashadi va shu jarayonning o’zida misli aql bovar qila olmaydigan miqdordagi quvvatni ishlab chiqaradi. Yerda elektr quvvatni hosil qilish uchun vodorod, deyteriy va tritiydagi ikki izotopning sintez reaksiyasidan foydalanilib kelmoqda.
Reaksiyani o’tkazish uchun Quyoshning yadrosidagi haroratdan 10 barobar yuqoriroq harorat zarur. Bunday haroratlarda elektronlar yadrodan ajraydi va plazma deb nomlanadigan juda issiq elektr zaryadlangan gazni hosil qiladi. Plazma ulkan magnitlar yordamida ushlab qolinadi. Reaksiya paytida yaratilayotgan neytronlardan esa elektr quvvatini ishlab chiqaruvchi trubinalarni aylantirilishi uchun foydalaniladi.
Bu hozirda mavjud bo’lgan texnologiyalarga nisbatan ancha murakkab bo’lib ko’rinishi mumkin, ammo sintez reaktorlari geliy ajratadi hamda oddiy atom reaktorlaridan farqi shundaki, undan ajrab chiqadigan radioaktiv chiqindilarning miqdori juda kam va ularni 100 yildan keyin qayta ishlashga yo’naltirsa bo’ladi.
Сообщения из Facebook