просмотров
Ko’zning muguz pardasi inson tanasidagi qon bilan ta’minlanmaydigan yagona qismidir. U kislorodni to’g’ridan-to’g’ri havodan oladi.
Homilaning barmoq izlari 3 oyligidan boshlab shakllana boshlaydi.
Inson suyaklari tug’ilganida 300 ta bo’ladi, qariganida ularning soni 205 tani tashkil etadi.
Inson tanasi o’zidan nur taratadi, biroq bizning ko’zlarimiz ularni ko’ra olmaydi.
Inson miyasi kislorodsiz 5 dan 10 daqiqagacha yashashi mumkin.
Ekstremal ochlik sharoitida miya o’zini o’zi yeyishni boshlaydi.
Yurak ritmi siz tinglayotgan musiqa ritmi bilan moslashadi.
Inson tanasidagi juft organlardan bittasi ham tirik qolish uchun kifopya qiladi.
Inson ertalab bo’yi balandroq bo’ladi. Kun davomida u pasaya boshlaydi.
Inson bir vaqtning o’zida ham nafas olishi va ham yutinishi mumkin emas.
Inson organizmi o’tni hazm qila olmaydi. Buning uchun bizga yana bir juft sigirnikiga o’xshagan oshqozon kerak.
Qo’lingizdagi kuchning 50%i jimjiloqda joylashgan ekan.
Agar kamera bilan solishtiradigan bo’lsak, bizning ko’zimiz 576 MegaPikselga teng.
Chaqaloqlar bir qadiqada ikki martagina ko’zlarini pirpiratadilar, kattalar esa bir daqiqada 10 marta pirpiratadilar.
Siz uyg’onishni boshlaganingizda miyangiz bitta lampochkani yoqishga yetadigan quvvat ishlab chiqara boshlaydi.
Сообщения из Facebook