просмотров
Ayol hayotining eng muhim pallalaridan biri bo’lmish ushbu davrda go’zal va latofatli ko’rinishni istagan xonimlar garderobidagi odatiy liboslarning o’rnini homiladorlar uchun maxsus kiyimlar egallaydi.
Klassik uslubga hos erkin bichimli ko’ylak, tunika va yopinchiq-paltolar ham xomilador ayollar uchun eng qulay yechimlardan biri bo’lishi mumkin. Ularni odatiy aksessuarlar bilan uyg’unlashtirish orqali nazokatli ko’rinishga erishish qiyinchilik tug’dirmaydi.
Turli-tuman ko’ylaklar bo’lajak onaga qulaylik tug’diribgina qolmay, uning nazokatli ko’rinishiga yordam beradi. Buning uchun burmali ko’ylaklar tanlash ayni muddao.
Tor ko’ylaklar qorin sohasiga bosim o’tkazib, me’yoriy qon aylanishiga to’sqinlik qiladi. Shu bois ham bu borada imkon qadar keng va qulay liboslar tanlagan ma’qul.
Qulay ko’ylaklar bilan bir qatorda, kardigan, leggings, bluza va to’qilgan kiyimlar ham salqin havoda erkin harakatlanish imkonini beradi. Shuningdek, xomiladorlik davrida poshnali poyabzallardan butunlay voz kechish tavsiya etiladi.
Сообщения из Facebook