просмотров
• Qon bosimi bilan bog‘liq kuchli bosh og‘rig‘ida quyuq damlangan shirin choy yordam beradi.
• Ko‘k choy qon bosimini pasaytiradi, chunki u badandagi yog‘larni eritadi va qon tomirini kengaytiradi.
• Bir choy qoshiqdan ko‘k choy, quritilgan yalpiz, choy qoshiq uchida dolchin olinib, bir stakan suvda damlanadi va 3 dona qand solib ichilsa, bosh og‘rig‘iga barham beradi..
• Gipotoniyada ham holsizlanish, bosh og‘rig‘ida nama’takli tetiklashtiruvchi choy damlab ichish lozim. Qon bosim past kishilar zanjabil va kashnich ziravorlaridan ham qo‘shish maqsadga muvofiqdir.
• Lavlagi ildizini asal bilan qaynatib, iste’mol qilinsa, bosh og‘rig‘i dardiga davo bo‘ladi.
• Akatsiya daraxti bargi yoki gulini qaynatib ichish ham bosh og‘rig‘idan xalos etadi.
Karam yaprog‘ini suvi chiqquncha tuyib, peshonaga, ikki chakkaga, bilak hamda quloq orti chuqurchasiga bog‘lansa, birozdan keyin bosh og‘rig‘i to‘xtaydi.
Gipotoniyada har kuni qizil lavlagi pishirib tanovvul qilish lozim. Shu bilan birga qonni ham tozalaydi.
Ko‘k choy asabni tinchlantirishi bilan birga, tana haroratini qishda oshiradi, yozda esa salqin saqlaydi.
Migren xuruj qilganda limon po‘sti bilan chakkangizni arting. Efir moyi terini biroz achitishi mumkin. Bu qonning tomirlar bo‘ylab tezroq aylanishiga yordam beradi, mushkulingizni oson qiladi.
Kartoshka tarkibida mavjud bo‘lgan moddalar ham bosh og‘rig‘iga davo ekanligi ma’lum. Bosh og‘rig‘ini qoldirish uchun, archilgan xom kartoshkani qirg‘ichdan o‘tkazib, sharbatini siqib oling. Shu sharbatdan 2-3 marta yarim stakandan ichilsa, bosh og‘riqlari tezda yo‘qoladi.
Сообщения из Facebook