просмотров
1. Odamlarga o’zlari kutganidan ham ortiqroq berishga harakat qiling va albatta bu ishni tabassum bilan amalga oshiring.
2. Eshitganlaringizning barchasiga ham ishonavermang, topgan pulingizni havoga sovurmang, qancha xohlasangiz shuncha uxlash ham mumkin emas.
3. Odamlardan kechirim so’rash vaqtida ularning ko’zlariga qarang.
4. Atrofdagi insonlarga mehrli bo’ling.
5. O’zga insonlarning orzusi ustidan sira ham kulmang.
6. Tortishing, bahslashing, ammo ushbu munozaralarni janjalga aylantirib yubormang.
7. Sekin so’zlab, tez o’ylang.
8. Siz javob berishni istamagan savolingiz bilan murojaat qilishsa, jerkib tashlamang, aksincha tabassum bilan “Nima uchun buni bilishni istaysiz?” deya javob qaytaring.
9. Yodda tuting: Buyuk sevgi va ulkan g’alaba sizdan xuddi shunday hajmdagi tavakkalni talab qiladi.
10. Uch narsani unutib qo’ymang: o’zingizni hurmat qiling, o’zgalarga hurmat bilan munosabatda bo’ling, ishingizni sidqidildan bajaring.
11. Mayda narsalar tufayli mustaxkam aloqalarni uzmang.
12. Telefon qo’ng’irog’iga tabassum bilan javob bering, suhbatdoshingiz buni ovozingizdan tez faxmlaydi.
13. Yodingizdan ko’tarilmasin: ba’zan sukut saqlash eng yaxshi javob bo’ladi.
14. Televizorga emas, kitobga ko’proq e’tibor qarating.
15. O’zingiz istagancha yashang! Yoshingiz o’tib, sarhisob qilish uchun ortga qaraganingizda yashab o’tgan hayotingizdan dilingiz yayrasin.
16. Sevgan mashg’ulotlaringiz bilan shug’ullaning.
17. Bir yilda bir marta bormagan joylaringizga sayohat qiling.
18. Erishgan yutuqlaringizni qilgan qurbonligingizdan ustun qo’ya biling.
19. Yetti o’lchab, bir kesing.
20. O’ylagan niyatingizga erishishdagi eng asosiy sir – bu maqsadga o’zingiz ham ishonishingizdir. Odam o’z maqsadiga va orzulari ro’yobiga ishonsa, u albatta ijobat bo’ladi.
Сообщения из Facebook