просмотров
1. Buyuk Britaniyada mashinalar o’n tomon bo’yicha emas, chap tomonda harakat qilishadi.
2. Buyuk Britaniya gerbiga fransuz tilida “Xudo va mening huquqim” so’zlari yozilgan.
3. Edinburg dunyoda shaxsiy yong’in xavfsizligi xizmatiga ega bo’lgan birinchi shahar sanaladi.
4. Shotlandiyada dunyodagi eng qisqa aviareys mavjud. U Vestra orolidan Papa Vestra oroliga olib boradi, davomiyligi1 daqiqa-yu 14 soniyani tashkil qiladi.
5. Buyuk Britaniyada yagona konstitutsiya hujjati mavjud emas.
6. Buyuk Britaniyada “Navbatda turuvchi shaxs” nomli kasb ham mavjud.
7. Shotlandiyada biror yigit qizga uylanish taklifi bilan chiqsa-yu, biroq keyin bundan bosh tortsa buning uchun jarima to’lashga majbur bo’ladi.
8. Britaniya orollarini “Tumanli Albion” deb ham atashadi. Angliyaga bunday nom berilishining sababi uning oppoq qorli qoyalaridadir.
9. Ayni paytda buyuk Britaniyada eng ommabop suhbat mavzusi- sport va iqlim o’zgarishlari haqida ekan.
10. Dunyo markalarida mamlakatlar nomi lotin harflarda ko’rsatilgan. Biroq faqatgina bitta mamlakat Ya’ni Buyuk Britaniya bu majburiyatga bo’ysunmaydi. Sababi markalarning o’zi ham aynan mana shu mamlakatda paydo bo’lgan.
11. Ushbu o’lkadagi ayrim restoranlar xisob-kitob qilishni kartalar bilan emas, balki naqd pul bilan amalga oshirishni talab qiladi.
12. Parlamentning quyi palatasi-o’lkadagi qirolicha kira olmaydigan yagona joy sanaladi. Sababi ingliz qirolichasi palataning a’zolaridan emas.
London juda ko’p jihatdan mamlakatning eng ajoyib hududi sifatida taxsinga sazovordir. Bu yerdagi muzeylar, tarixiy qadamjolar va teatrlarning son-sanog’i yo’q.
Agar ingliz an’analari bilan tanishish istagingiz bo’lsa, qadimiy Oksford va Kembridj universitetlariga tashrif buyurishingiz mumkin.
Glazgo shaxri ham turistlar orasida juda mashhur. Bu yerdagi teatrlar san’at ixlosmandlarini hamisha o’ziga rom qilib kelgan.
Bundan tashqari Big Ben soatlari, Vestminister saroyi, Bukingem qasri va afsonaviy Madam Tyusso muzeyi ham bu diyorning eng ajoyib maskanlaridandir.
Сообщения из Facebook