просмотров
Oltin xo`roz haqida ertak. Dadon va Sha'maxon malikasi. Ivan Bilibin illyustraysiyasi. 1907-yil
Hayotda har bir narsaning, jumladan,tekinxo`rlik, ochko`zlikning ham poyoni, oxiri bor. Kaltabin pop chertkini yeb halok bo`ladi. Dastlab pop uni bir yil qattiq ishlatadi. Balda bergan va`dasiga binoan to`rt kishining ovqatini yeb, yetti kishining ishini qiladi. Lekin va`dalashilgan vaqt yaqinlashgan sari pop undan qanday qutulish yo`lini qidira boshlaydi. Oxiri xotini bilan maslahatlashib, Baldani huzuriga chaqirib bir vaqtlar jinlar unga o`lpon, to'lash kerakligini, biroq uch yildan beri hech qanday haq to'lamagnini aytradi. Balda uning gapibilan jinlar huzuriga borib, ularning barcha shartlarini bajarib, aytilgan o`lponni popga keltirib beradi va va`dasiga binoan popni chertadi. Natijasi esa o`quvchiga ma`lum.
«Baliqchi va oltin baliq haqida ertak» dostonida shoir pok muhabbat mangu bo`lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb o`tgan kunni unutmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki halol peshona teri to`kib boylik orttirmasa, birovlar hisobiga boyiydigan bo`lsa, u hech qachon yuqmasligini, birovnikimi, tamom birovnikiligicha qolib ketishini kampirning qismati bilan chog`ishtirib hikoya qiladi. Yer yuzi, butun olam hukmroni bo`lib olgan kampir cholni mensimaganligi uchun, ochko`z va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos bilan qolib ketaveradi. Buni shoir cholning so`zi bilan juda chiroyli ifodalaydi.
Baliqchi va oltin baliqhaqida ertak. Ivan Bilibin illyustraysiyasi. 1907-yil
Rostgo`y, haqiqatni yoqlovchi shoir «O`lik malikava yetti bahodir haqida ertak», «Shoh Sulton va va uning azamat o`g`li knyaz Gvidon haqida ertak» asarlarida haqiqat bir kun emas, bir kun o`z o`rnini topadi, hamma baxtli, baxtiyor bo`ladi, degan fikrni ilgari suradi.
Aleksandr Sergeyevich Pushkinning xalq og`zaki ijodiga asoslanib yozgan «Ruslan va Lyudmila» asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri hisoblanadi. Rus ertaklari, qo`shiqlari, afsonalari bu g`aroyib asarga favqulodda go`zal mazmun bergan. Yuksak insonparvarlikni o`zida mujassamlashtirgan yorqin talant egasigina shunday asarni yarata olardi.
Mashhur rus romantik shoiri Jukovskiy «Ruslan va Lyudimila» dostoni nashr etilgach, Pushkinga «G`olib o`quvchimga mag`lub murabbiydan» deb yozilgan portretini sovg`a qiladi. Bu buyuk shoir dahosiga, qaysiki, ustozdan g`olib kelib va zamondan ilgarilab ketgan kurashchan insonga berilgan xolisona baho edi.
Mana shuning uchun Pushkinga Rossiyaning mangu, otashin shoiri bo`lib qolmoq baxti nasib etdi.
1974- yil 6-iyun kuni Toshkent shahrida, buyuk rus shoirining 175-yilligiga Aleksandr Sergeyevich Pushkin xaykali ochildi. Ushbu xaykal xaykaltarosh Mixail Konstantinovich Anikushin tomonidan yaratilgan. U dastlab Toshkent shahrining sobiq Pushkin, hozirgi Mustaqillik shox ko‘chasidagi hiyobonda joylashgan edi. 2015 yilda Toshkent shahri tuzilishining yangilanishi munosabati bilan xaykal restavrasiya qilinib, Zahiriddin Muhammad Bobur shox ko'chasidagi Pushkin maydoniga (sobiq Teatral maydoni) ko‘chirilgan.
Сообщения из Facebook