Buyuk rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi - Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti, ijodi va ulkan merosi
Buyuk rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi - Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti, ijodi va ulkan merosi
Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 26-may (6-iyun) Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - yangi rus adabiyotining realistik yo‘nalishiga asos solgan ulug‘ rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi, adabiyot tanqidchisi va nazariyachisi, tarixchi, publisist, XIX-asr birinchi yarmining eng oro‘li adabiyot arboblaridan biri.

«Shoirning o`limi» deb  atalgan bu she`rda og`ir judolikalami ham, bu fojiani tug`dirgan qora kuchlarga nafrat ham g`oyat zo`r ehtirosbilan ifodalangan edi. Albatta, o`sha kunlarda buyuk shoir kiborlar dunyosining qurboni bo`lganini, uni turli-tuman fisqu fasodlar halok qilaganini, podsho esa bu fojianing oldini olish o`rniga  voqealaarning borishini loqayd qalb bilan tomosha qilib turganini ancha-muncha odam bilardi. Bilardiyu, lekin hech kim buni baralla ovoz bilan aytgani yo`q edi.  She`rda  Pushkinning o`limi haqidagi haqiqat ro`yi rost aytilgandi. Unda mavjud qonunlar ortiga yashiringan, podsho taxtini panoh qilibolgan saroy ahli ochiqdan-ochiq shoirning jallodi, deb atalgan, bu qora kuchlar kelgusida javobgar bo`lishi, jazolanishi muqarrar ekani ta`kidlangan edi.

Pushkin asarlari jonajon xalqni hurmat qilish  va sevishga o`rgatadi. Biz uning bolalar uchun yozgan va bolalar tomonidan sevib mutolaa qilinadigan asarlari xususida to`xtalish orqali ushbu fikrning to`g`ri ekanligiga yana bir  bor ishonch hosil qilamiz.

Aleksandr Sergeyevich Pushkin xalq og`zaki ijodini bolalikdan berilib o`rgangan edi. Buloqday qaynab-toshgan xalq og`zaki ijodi shoirning ilhomiga ilhom qo`shdi. Kelajakda mashhur shoir bo`lib, jahonga tanilishida boy manba bo`lib xizmat qildi. U, ayniqsa, o`zining ertak-dostonlari bilan yosh kitobxonlarning hurmat-olqishiga sazovor bo`lib kelmoqda.

Bugungi kunga kelib butun dunyo bo'ylab Aleksandr Sergeyevich Pushkinga lunyonig 50 dan ortiq mamlakatlarida haykallari o'rnatilgan.

Shimoliy Afrikadagi Eritreya mamlakatining poytaxti Asmera shahridagi Pushkin haykali.

Aleksandr Sergeyevich Pushkin o`zining «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak» (1831), «Baliqchi vaoltin baliq haqida ertak» (1833), «O`lik malika va yetti bahodir haqida ertak»(1833), «Oltin xo`roz haqida ertak» (1834) kabi ertak-dostonlari bilan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.

Yuqorida biz ta`kidlabo`tgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq og`zaki ijodi ta`sirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida faktik materiallar yotganligini ko`ramiz. Masalan,shoir «Ajoyib bolalar», «Egriqo’» xalqertaklai asosida «Shoh  Sultonva  uning azamat o`g`li knyaz Gvidon haqida ertak», «Qurumsoq kampir» xalq ertagi va rus xalq folklorining to`plovchilaridan biri  Vladimir Ivanovich Dal hikoya qilib bergan syujet asosida  «Baliqchi va oltin baliq haqida ertak», «Sehrli ko`zgu» ertagi asosida  «O`lik malika va yetti bahodir haqida ertak», uzoq yillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga rahm-shafqat nima ekanligini bilmay o`tgan va uning hatto pok xizmatlarini o`zida mujassamlantirgan «Shabarsha batrak» ertagi asosida «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak» yaratilganligini ko`ramiz. Bu ertaklarning hammasi shoirning ijodiy ustaxonasida ishlanib, sayqallanib, yanada o`qimishli, ta`sirli qilib yaratilgan. Ayniqsa, oltin baliqva baliqchi chol haqidagi ertagi juda ommalashib ketgan.

«O`lik malika va yetti bahodir haqida ertak» asariga Boris Zvokinnig illyustratsiasi. 1925-yil. Parij

Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi ko`rardi,uni iloji boricha himoya qilishga, yon bosishga harakat qilar edi. Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa bo`lgan cheksiz hurmat tuyg`usi barqurib turadi.

Masala, «Oltin xo`roz haqida ertak»dagi  shoh Dadon g`irt ahmoq, na xalqni sevadi va na farzandlariga mehribon otalik qila oladi. Dadon o`taketgan darajada maishatparast va kaltabin. U butun podsholigidan, xalqidan, farzandlaridan o`zga yurtli makkor ayolni ustun qo`yadi. Buni xalq kechirmaydi. Natijada shoh xalqning qahr-g`azabiga duchor bo`ladi. Oltin xo`roz tepkisidan halok bo`lgan shohga birovning rahmi ham kelmaydi, shohning o`limi ularga shodlik va ozodlik baxsh etadi.

Pop («Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak») obrazini shoir o`ziga xos tarzda aks ettirib eradi. Tekinxo`r, ochko`z, o`zgalar hisobiga umr kechiradigan bir pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi. Unga qarama-qarshi qilib oddiy va halol, mehnatkash va bahodir yigit Balda obrazini ijod cho`qqisiga ko`taradi.

Ikki qahramonning bozordagi o`zaro suhbatidanoq kitobxon kimning qanday inson ekanligini darhol sezadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook