просмотров
Tarkibida ko’p miqdorda limon kislotasi bo’lgani tufayli, u o’zida nitratlar va boshqa zararli komponentlarni to’plamaydi.
Mandarin kuz-qish mavsumida organizm tomonidan yo’qotilgan vitominlarni tiklay oladi. U chanqoqni tez qondirib, tanani kerakli miqdordagi askorbin kislotasi bilan to’ldiradi, shamollash va isitmani tushirishda juda tez ta’sir etadi.
Mandarin shamollashda qo’l keluvchi mikroblar bilan kurashish hususiyatiga ega. Po’sti yo’talni yengillashtirib, ovqatni tez hazm qilishga yordam beradi.
Ushbu sitrus meva shishlarga qarshi kurashib, tarkibidagi sinefrin bronxlar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Mandarin iste’moli yurak kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi, aterosklerozning oldini olib, tomir devorlarida xolesterin yig’ilib qolishiga to’sqinlik qiladi.
Mandarinni mag’zini o’rab turgan oq to’ri bilan birgalikda iste’mol qilish kerak, sababi, uning tarkibida yurak qon-tomir tizimini mustaxkamlovchi glikozidlar mavjud.
Mandarinlar antidepressantlar bilan a’lo darajada bellasha oladi. Uning sharbati, yoqimli olovrang tusi esa asab tizimini tinchlantirish va organizmning umumiy tonusni ko’tarish hususiyatiga ega.
Mandarinning po’sti pektin moddalari, efir moylari, organik kislotalar va flavonoidlarga juda boy. Biroq ayrim mandarin yetishtiruvchilar unga aynan po’sti orqali kimyoviy ishlov beradilar, hatto yaltirab turishi uchun mahsus mum sepish hollari ham uchrab turadi. Bunday mandarinlar po’stini iste’mol qilish salomatlik uchun katta havf tug’diradi.
Homiladorlikning ikkinchi uch oyligida aksariyat hollarda C vitamini yetishmovchiligi kuzatiladi. Ana shu vaqtda mandarin beminnat yordamchiga aylanishi mumkin. Biroq mandarin iste’moli bo’lajak ona va rivojlanayotgan bola uchun allergiya xavfini keltirib chiqarish ehtimolidan holi emas. Shu sabab, homilador ayol organizmi uchun o’ta zarur bo’lgan mandarin iste’moli me’yorini unutmaganlari ma’qul.
Yana bir narsani ham ta’kidlab o’tish kerakki, mandarin efir moyi bilan uqalash bo’lajak ona terisini turli yoqimsiz muammolardan halos etadi.
Сообщения из Facebook