просмотров
Chaqaloq uchun kichkina hona butun bir mamlakat hisoblanadi. U kichkintoy uchun qulay va havfsiz bo’lishi lozim. Afsuski ko’pchiligimiz uchun bolalar honasi nazariy tushuncha bo’lib qolmoqda. Agar farzandingiz siz bilan bir xonada yotishishiga qaror qilgan bo’lsangiz ham, bir nechta nozik jihatlarni inobatga olishingizga to’g’ri keladi. Buni chaqaloq uchun joyni tayyorlashda bolalar shifokori ham tavsiya etadi.
Oddiy, ammo muhim bo’lgan maslaxatlardan boshlaymiz: chaqaloq uchun xonani yoki burchakni tozalash paytida changitmaslik hamda biron bir joyni to’g’irlash uchun bo’yoq va yelim solingan bankalarni ochmaslik maqsadida, oldindan tayyorlash kerak. Xonani tayyorlash unga nisbatan kongenil dizaynni ishlatish lozimligini bildirmaydi. Balki, aksincha dizayndan xavfsizlik va qulaylik foydasiga voz kechishga ham to’g’ri keladi.
Barcha bo’yoq ishlarini chaqaloq kelishidan ancha oldin tugating.
- Uyni yaxshilab puxta tozalang.
- Xonaning joylashuvi, yorug’lik va boshqalar bo’yicha quyida keltirilgan maslahatlarni inobatga oling.
- Mebel va bola uchun zarur bo’lgan barcha aksessuarlarni tanlang va joylashtirib chiqing.
Chaqaloq uchun xonaning yoki burchakning joylashuviga to’xtaladigan bo’lsak, bolaga eng qulay, havo yaxshi almashadigan va shinam xonani tanlang, unda bola uchun birortayam xavfli narsa bo’lmasligi kerak.
Pol yuvilishi oson bo’lishi uchun lak bilan qoplangan yoki bo’yalgan, devorlar hotirjam va uyg’un ranglar gammasidagi yuviladigan rangli gulqog’ozlar bilan qoplangan bo’lishi lozim. Pardalar tabiiy matodan tikilgan (umuman olganda esa, bolani faqat tabiiy va ekologik toza narsalar o’rab turgani ma’qul) ammo bola yorug’likdan juda erta uyg’onmasligi uchun parda qalin bo’lishi lozim.
Shuningdek chang yig’adigan buyumlarni (gilam, poyandoz, kitoblar va keraksiz buyumlar) kamaytirish zarur. Ayniqsa bu gilamlarga tegishli, chunki havoda yoki yuviladigan paytda tezda nobud bo’ladigan ko’plab mikroblar haftalab va hatto oylab gilamlarda saqlanishga qodir.
- Gilamlar qancha kam bo’lsa, shuncha yaxshi.
- Kitoblarni faqat oynavand javonlarda saqlang.
- Yumshoq o’yinchoqlar borasida sabr qiling.
- Devorlarga osilib turgan suvenirlar iloji boricha kamroq bo’lsin.
- Shkaflar, burchaklar va kravat osti keraksiz buyumlar omboriga aylanmasligi zarur.
Ko’p narsalardan voz kechib bo’lmaydi shuning uchun:
- Bolalar xonasidagi barcha chang yig’uvchi narsalar (masalan, yumshoq mebel) muntazam va doimiy tarzda changyutkich yordamida tartibga solinishi kerak.
- Barcha buyumlarni yuzasi (pol, devorlar) nam latta bilan artilib turilishi zarur.
- Agar omborchangiz yo’q bo’lsa, keraksiz narsalarni shkafga joylashtirishga majbur bo’lsangiz, ularni yuving va polietilen plyonka bilan yopib qo’ying.
Сообщения из Facebook