просмотров
1. Eng qimmat choy
Ehtimol, choyning g’alati nomga ega bo’lgan juda qimmat navi to’g’risida eshitgandirsiz. Da Xun Pao — narhi bir kilogramm uchun bir million AQSH dollaridan ortiq bo’lgan choyning navi. Uning klonlarini oddiy narhlarda uchratgan bo’lishingiz mumkin. Bu nav faqat Xitoyda o’sadi.
2. "Mo’ylovimdan oqdi, og’zimga tushmadi"
Buyuk Britaniyada o’n to’qqizinchi asrda faqat choygina emas, balki mo’ylov qo’yish ham juda keng ommalashgan edi. Mo’ylov ichimlikka tushmasligi uchun, Xarvi Adamson ismli bir kulol mo’ylov xushbo’y choyda “cho’milmasligi” uchun shunday qulay chashkalarni o’ylab topgan.
3. Choyni qog’ozxaltachalarga solishni kim va qachon o’ylab topgan?
Tomas Salivan qachonlardir choyning na’mularini sotish usulini o’ylab topgan edi: ozgina choyni kichgina qog’oz xaltachalarning ichiga solib sotgan. U odamlar choyni xaltachaning ichidan chiqarib damlaydi deb o’ylagan, lekin choyni xaltachaning o’zida damlash ancha qulayroq bo’lib chiqdi. Bugungi kunda choy uchun qog’ozxaltachalarni ishlab chiqarish “choy” tushunchasining ajralmas qismi bo’lib qoldi. Qog’oz xaltachalarning ishlab chiqaruvchilari har bir haridorga yoqqisi keladi, shuning uchun ham ularni turli shakl va kattalikda ishlab chiqaradi.
4. Ishlatilgan qog’oz xaltachalar
Ishlatilganidan keyin qurib qolgan choy qog’ozxaltachalarini tashlab yubormay poyafzalga solib qo’ysangiz u yerdagi yoqimsiz va qo’lansa hiddan qutilish mumkin.
5. Qayerda ko’proq ichiladi?
Umuman olganda eng ko’p choy Xitoyda ichiladi. Ammo kishi boshiga to’g’ri kelgan choy hisoblanib chiqilganida old qatorga Turkiya, Irlandiya va Buyuk Britaniya chiqib keladi.
6. Ikkinchi suv!
Ichiladigan barcha suyuqliklar ichida choy suvdan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
7. Qancha choy ichiladi o’zi?
Uch milliard chashka. Bu soni bir kunda butun dunyo bo’yicha ichiladigan choy chashkalarining soniga to’g’ri keladi. Demak, o’rtacha hisobda kuniga uch milliard chashka choy ichilar ekan.
8. Nimadan foyda ko’proq?
Albatta, choyga qarshi faqat qahva qo’yilishi mumkin. Shunday qilib, natijalarning ko’rsatishicha, yurak va qon-tomir kasalliklarini oldini olish borasida choy qahvadan sal bo’lsa-da foydasi ko’proq ekan.
9. Moddalar almashinuvi
Qahva bilan choyning tarkibida hozir bo’lgan kofein metabolizmni tezlashtirishi mumkinligi hech kim uchun sir emas. Biroq tarkibidagi kofein miqdori bilan qahvaga bemalol qarshi tura oladigan choy metabolizmning tezlashishiga ancha yumshoqroq yondoshadi, kuchli effektni hosil qilish uchun bir chashka o’tkir ko’k choy ichilsa bas. Hamma gap shundaki, choydagi ayrim zarrachalar kofeinning ta’sirini yumshatadi. Yumshatishdan tashqari o’zlari ham metabolizmga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, tunda uyqudan avval bir piyola juda o’tkir bo’lmagan ko’k choy organizmdagi gormonal tizimga qayta tiklanish va o’sish jarayonlarini yanada yaxshiroq tartibga solish imkonini berib tungi metabolizmni ancha muvofiqlashtiradi.
10. Sochlar uchun choy
Bu faqat to’q tusli sochlarga ega odamlarga to’g’ri keladi. Bir banka choy bilan boshni yuvish mumkin, shunda sochlaringiz nisbatan yumshoqroq bo’lib yorug’likda tovlanib turadi.
11. Haqiqatdan ham kofeinsizmi?
Savdoda goho “kofeinsiz” choyni uchratib qolish mumkin. Bilingki, ulardan hech qanday kuchli ta’sir sezmaysiz, ammo bu moddaning uch foizi choy tarkibidan baribir qoladi.
12. Choy quyuvchi
Marokashda aynan choy quyadigan odamning vazifasini belgilab beradigan “choy quyuvchi” deb nomlangan hunar bor. Uning vazifasi choynakni choy quyilayotgan idishdan iloji bor qadar balandroqda ushlab turib choy quyish. Bu nima uchun qilinadi deysizmi? Javobi oddiy – choyda ko’pik hosil qilish uchun.
13. Yuz uchun pardoz
Choy bilan yuzdagi yog’larni yuvib tashlansa yoqimsiz yaltiroqlikdan holi bo’lish mumkin.
14. Choyning kelib chiqishi
Bu ichimlikninng barcha turlari bir hil o’simlikdan tayyorlanadi, ichimlikning hamma xususiyatlari esa qayta ishlash sharoitlariga bog’liq.
15. Sovutilgan choy
Ilk bor sovutilgan choy 1904 yilda Amerika Qo’shma Shtatlarining Sent-Luis shahrida Umumjahon ko’rgazmada taqdim etildi. O’shapaytda quyosh charaqlab ko’rgazmaga tashrif buyurganlarni oftob urish ehtimoli juda yuqori bo’lgan
16. Choy turlari
Choyning olti asosiy turi mavjud: oq, sariq, ko’k, ulun, qora, va shuningdek fermentlashdan keyingi choy turlari.
17. Choy mebelni tozalaydi
Bunga o’zingiz ham amin bo’lishingiz mumkin. Biror mebel buyumingizni sovuq choyda ho’llangan latta bilan artib, ustidan quruq latta bilan artib tashlang. Natija ko’zingizga yaqqol tashlanadi.
Сообщения из Facebook