просмотров
Ma’lum bo’lishicha choyning birinchi piyolasi juda tasodifiy ravishda ichilgan ekan. Xitoy rivoyatiga ko’ra eramizdan avvalgi 2737 yilda Xitoy imperatori Shen-nun chanqoqni qondirish maqsadida uning xizmatkori qaynoq suv uzatguniga qadar quyoshdan saqlanish uchun daraxtning soyasida o’tirgan payt shu daraxtdan birnecha barg to’g’ri imperatorning piyolasidagi suvning ustiga tushgan. Imperator buni ko’rgan, biroq e’tibor bermay qaynoq ichimlikni ichib ko’rishga qaror qilgan. U suvni ichib ko’rganidan so’ng undan taralayotgan muattar hid hamda xushbo’y ta’mdan hayratda qolgan. Shundan keyin imperator kelgusida faqat shunday ichimlik ichishni istagan. O’sha daraxt esa Xitoy Kameliyasi nomi bilan tanilgan yovvoyi o’simlik edi.
Ko’k choy ham qora choy ham samelliasinensis nomli choy daraxti butalaridan tayyorlanadi. Hamma farq choy bargiga qayta ishlov berishning uslubida. Qora choy ishlab chiqarilganida terib olingan ko’k barglardan namlikni bartaraf qilib, ularni maxsus o’rovchi dastgohlar yordamida o’raladi. Shundan keyin barglarning to’qimalari quriy boshlaydi. Bu bir qator kimyoviy reaktsiyalar zanjirining boshlang’ich nuqtasi bo’lib xizmat qiladi. Reaksiyalar natijasida choy bargida teaflavinlar hamda tearubiginlar paydo bo’lib qora choyga o’ziga xos ta’m bahsh etadi.
Ko’k choy esa fermentatsiya qilinmaydi. U tayyorlanayotgan paytda barglardan faqatgina namlik qochiriladi. Shuning uchun ham kimyoviy tarkibi bo’yicha choy xitoy kameliyasining endigina uzilgan barglari bilan bir xil bo’lgani tufayli tabiiyroqdir.
Juda qiziq bir fakt – choyni aynan ichish kerakligi kabi eng oddiy narsani dastlabda hamma va har doim ham bilavermagan.Choy Yevropada endi paydo bo’lganida u to’g’rida hali hech narsa ma’lum bo’lmagan va qirollik qabullarning birida xitoydan olib kelingan choy barglaridan salat tayyorlangan.
Bir vaqtlar choyxo’rlar choyga shakar emas tuz qo’shib ichgan. Buni tasavvur qila olasizmi?
Choy xaltachasi ixtiro qilingani to’g’risida ham shunday ma’lumotlar borki, ularga qaraganda Nyu-Yorklik savdogar Tomas Sallivan choyni temir bankalarda yetkazib berish juda qimmatga tushayotganini hisobga olib, 1904 yilda choyni qog’ozli xaltachalarda sotilishini yo’lga qo’ygan. Mijozlardan biri kunlardan bir kun qog’oz xaltachani behosdan qaynoq suvga tushirib yuborgan, shundan keyin qarasaki, juda ajoyib choy ichimligi xosil bo’lgan. Chiroyli voqea, ammo qog’oz xaltachalardagi choy uchun patent 1903 yilda ro’yxatga olingan. Choyni qadrlovchilarning ko’pchiligi uni qog’ozxaltachalarda ishlatilishi ta’miga hamda xususiyatlariga salbiy ta’sir qilgan deb hisoblaydi. Vaqt o’tib qog’oz xaltachalarda ishlatiladigan choy navlarichidagi eng past nav deb hisoblana boshlagan.
Choy o’z atrofidagi hidlarni yo’qotishi mumkin. Qo’lingizdan ovqat hidini yo’qotish uchun sizga bir maslahat: qo’llaringizni iliq choy bilan yuvib tashlang, shundan keyin barcha hidlar qo’llaringizni tark etadi. Bu usul xatto baliqning hidiga ham qarshi juda yaxshi ishlaydi!
Shunday choy turi borki, bir kilogrammining narhi 1 025 000 AQSH dollariga teng. Da Xun Pao – dunyodagi eng zo’r choy hisoblanadi. U Xitoyda faqat bittagina joyda o’stiriladi.
Sochlarni bir chashka choy bilan yuvilishi ularni yaltiroq tusda tovlantirib, shu bilan birga ancha yumshoqroq qiladi. Ammo bu faqatgina to’q tusli sochga ega bo’lgan odamlarga to’g’ri keladi. Och tusli sochlar choy bilan bo’yalib qoramtirroq bo’lib qolishi mumkin.
G’arbiy Yevropa mamlakatlaridagi jimjiloqni boshqa barmoqlardan cho’chchaytirib choy ichish odati aslida zaxm kasalligi tufayli vujudga kelgan, chunki bu juda xunuk dardning alomatlaridan biri barmoq bo’g’imlarining zararlanishidir. Nima uchun shunday? Gap shundaki, jamiyat yuqori tabaqalarining vakillari bo’lgan janoblar va xonimlar doimo modaning yetakchilari bo’lib kelgan. Bunday yuqori tabaqalarda moda tusiga behosdan kirib qoladigan odatlarning asl kelib chiqish sabablari modaga ko’r-ko’rona ergashib ketaveradiganlarning ichida hech kimni qiziqtirmagan.
Сообщения из Facebook