просмотров
"Coca-Cola"ning1904-yilda chizilgan birinchi tashqi reklama taxtasi hali ham AQSHning Djordjiya shtatidagi Kartersvill shaharchasidagi o’z joyida ilinib turibdi.
Muammar Kaddafiyning aytishicha, mashxur "Coca-Cola" ichimligining asl vatani Liviya emish. 2006 yilda u xatto "Coca-Cola" kompaniyasidan ajratmalar ham so’ragan.
Agar barcha ishlab chiqarilgan Coca-Cola 180 santimetr chuqurligidagi havzaga to’ldirilsa, uning uzunligi 33 kilometrni tashkil qiladi va kengligi deyarli 15 kilometrga yetadi. Bunday havzaga bir vaqtning o’zida 512 million kishi kirishi mumkin.
Agar ishlab chiqarilgan Coca-Cola butun sayyoradagi shishalarda tarqatiladigan bo’lsa, har birimizga1500 butilka Coca-Cola tegar ekan.
Coca-Colaning eng katta belgisi Chilidagi Arika shahrida, adirlikning tepasida joylashgan. Belgining kengligi 122 metr. balandligi esa 40 metrga teng. Bu belgi 70 ming dona Coca-Cola shishasidan tayyorlangan.
Dunyodagi har bir soniyada Coca-Cola tomonidan ishlab chiqarilgan 8000 stakan ichimlik ichiladi.
Agar yuz yildan oshiq vaqt mobaynida ishlab chiqarilgan barcha Coca-Cola shishalariga quyilib bir satrda joylashtirilgan holda sayyoramizning atrofidagi orbita o’rab chiqilsa, u Yerni 4334 marta o’rab chiqadi. Darvoqe, bunday zanjir Oyga 1045 marta borib qaytib kelar edi.
Agar siz Coca-Cola quyilgan chuqur likopchaning ichiga steykni solib qo’ysangiz, ikki kun o’tib uni topa olmaysiz: u butunlay erib ketadi.
1989 yilda Coca-Cola Moskvadagi Pushkin maydonida o’z brendini reklama qiluvchi birinchi horijiy kompaniya edi.
Coca-Cola Olimpiya o’yinlarining eng davomiy xomiysi. Coca-Colaning Olimpiya harakati bilan hamkorligi 1928 yilda boshlangan.
Сообщения из Facebook