COVID 19 insoniyat tarixidagi o’ninchi pandemiya
COVID 19 insoniyat tarixidagi o’ninchi pandemiya
2019 yilning dekabr oyida ilk aniqlangan COVID 19 kasalligi 2020 yilda pandemiyaga olib keldi. Bu virus butun dunyoni qamrab oldi va larzaga soldi. Odamlar vahimaga tushib qoldilar, maktab va bog’chalar, korxonalar yopilmoqda, iqtisodiyot inqirozga yuz tutmoqda. Ammo COVID 19 insoniyat tarixidagi birinchi pandemiya emas, undan oldin to’qqizta pandemiyani insoniyat o’zboshidan o’tkazgan – bu o’ninchisi.

Qora chechak

Qora chechak

Ushbu virus infektsiyasining keng miqyosda tarqalishi bir necha bosqichda sodir bo’lgan. 1870 yillarda u pandemiya darajasiga borib yetgan. Kasallik Shimoliy Amerika, Yevropa va Rossiyada ayniqsa og’ir kechgan. Ma’lumotlarga ko’ra, 500 million kishi mazkur kasallikning qurboniga aylangan.

Vabo

Vabo

Bu kasallik karantin guruhining o’tkir tabiiy-o’choq infektsiya toifasiga kiradi. Vabo o’ta yuqumli bo’lish bilan birga yuqori o’lim holatiga ham ega. Bubon turida 95% holda, o’pka turida esa 98-99% o’lim bilan tugagan. Qo’zg’atuvchisi vabo tayoqchasi. Bu kasallik ham bir necha bosqichda kelib chiqqan. Eng taniqlilari Yustinian vabosi (541-700 yillar), qora o’lim (1346-1353 yillar) va uchinchisi pandemiya (1894-1904 yillar). Bunda kasallik asosan Xitoy va Hindiston aholisiga hujum qilgan. 

Xolera

Xolera

Bu virus infektsiyasi odamzodni bir necha marotaba jarohatlab o’tgan. Oxirgi tarqalishi 1962-1966 yillarga to’gri keladi. U Indoneziyada boshlanib, Bangladeshgacha yetib borgan, Hindiston va Sovet Ittifoqiga kuchli zarba bergan.

Tif

Tif

Yuqori isitma va intoksikatsiya fonida ruhiy kasalliklar bilan kechadigan ba'zi yuqumli kasalliklarning umumiy nomi. Eng mashhurlari toshmali, qorin tifi va qaytalanuvchi tif. Birinchi jahon urushi paytida toshmali tifning keng miqyosli epidemiyalari tarqaldi. Masalan, Rossiya va Polshada ular bilan 30 millionga yaqin odamlar kasalllangan bo'lib, ulardan 3,5 millioni vafot etgan.

Gripp

Gripp

Nafas olish yo'llarining o'tkir yuqumli kasalligi, qo’zg’atuvchisi – o'tkir respiratorli virusli infektsiyalar (ORVI)guruhiga kiruvchi virus. Ba’zan kasallikning vaqti-vaqti bilan tarqalishi sodir bo’lib, epidemiyalar va hatto pandemiya darajasigacha yetiladi. Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining hisob-kitoblariga ko'ra, hozirgi kunda virusning barcha shtammlaridan mavsumiy epidemiyalar davrida dunyoda har yili 250 dan 500 minggacha - 65 yoshdan oshgan odamlar nobud bo'ladi.

Olimlar eng keng tarqalgan beshta xavfli shtammlarni aniqlaganlar:

*Ispaniya grippi eng xavfli hisoblanadi. 1918 yilda pandemiya ro'y bergan. O’shanda kasallik 50-100 million odamning hayotiga zomin bo'ldi;

*Osiyo grippi olimlari ham og'ir virusli infektsiyalar deb tasniflanadi. Uning qurbonlari 70 000 odam.

*Gongkon grippi

*parranda grippi. Uning pandemiyasi 2003-2008 yillarda sodir bo’lgan. Qurbonlar 360 ming kishi. 

*chochqa grippi 2009-2010 yillarda tarqalgan. Qurbonlar 16 ming nafar odam.

Yuqoridagi kasalliklardan tashqari sil, malyariya, moxov va SPID kasalliklari insoniyat tarixida pandemiya darajasiga yetkan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook