просмотров
Vapi, Hindiston
Shaharning ifloslanib ketishi mingdan ortiq sanoat korxonalarining mavjudligi bilan bog’liq. Bu korxonalar o’zining sanoat chiqindilari bilan biosferani ifloslantirib kelmoqda. Shu tufayli, shaharda yashash qiynoqqa solinishdek! Bu go’yo tirik qolish uchun tinmay kurashishning o’zginasi. Vapi shahrini katta ahlat dog’i deyishadi, chunki u odamlar yashaydigan joy emas, ko’proq ahlatxonani eslatadi.
Og’ir metallar, simob, o’n minglab kasallangan odamlar va yuz minglab tonna sanoat chiqindilari. Tug’ma majruhlik bilan surunka likasalliklar foizining juda yuqoriligi Vapi shahrini allaqachon inson yashashi uchun yaroqli emas deb topilishiga sabab bo’lib kelyapti.
Sumgait, Ozarbayjon
Bu shahar bir paytlar Sovet Ittifoqining kimyoviy sanoati markazi bo’lgan. Mana shuning o’zidan ham nima uchun bu shahar shu darajada ifloslanib ketganini tushunsa bo’ladi. Shahardagi tuproq, havo va suv og’ir metallar bilan zaharlangani tufayli bu yerda yashovchi o’ttiz mingdan ortiq odamning sog’liqlarida doimiy muammolari bor.
Neft qayta ishlash zavodlari ham shaharga qoldiqlar bilan ortiqcha ifloslanish muammosini tug’dirdi. Bu shunday ham Sumgait shahridagi o’ta achinarli ekologik sharoitni yanada og’irlashtirdi. Har yiliga korxonalar ishining shiddati tinmay oshirilib bormoqda, shuning uchun ham atrof-muhitni ifloslanishi muammosi kundan kunga dorzarbroq bo’lib bormoqda.
Linfen, Xitoy
Bronxit, o’pka saratoni bilan pnevmoniya – bular Xitoyning Linfen shahrida eng ko’p tarqalgan kasalliklar. Bularning hammasiga atmosferaga oltingugurt dioksidi va boshqa zararli kimyoviy moddalarni tasavvur qiib bo’lmas darajada ko’p va shiddatli ravishda ajratib atrof-muhitni ifloslantirayotgan ko’mir qazish sanoati sababchi. Zaharlanishga nafaqat atmosfera, balki ichimlik suvi bilan tuproq ham duchor bo’lgan. Zararli moddalarning ajrab chiqishi shu darajada va shiddatliki shahardagi havo ifloslanganidan kulrang tusli tuman ko’rinishiga ega bo’lib qolgan.
La Oroya, Peru
Perudagi bu shahar aholisining ko’pchiligi qonida qo’rg’oshin moddasining ko’rsatkichi juda balandigi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar bilan kasallangan. Bu kimyoviy elementning kontsenratsiyasi barcha yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan og’ish ko’rsatkichlaridan ming barobar ortadi. Bu markaziy asab tizimi faol ishlashining buzilishi, immunitetni holdan toyishi hamda saraton kasalliklariga olib keladi.
Bu shaharda Amerika korporatsiyalari tomonidan mis, ruh va qo’rg’oshin qazib olinadi. Bu esa atmosferaga inson salomatligi uchun o’ta zaraeli bo’lgan juda katta miqdordagi chiqindilarning ajrab chiqishiga sababchi bo’ladi.
Dzerjinsk, Rossiya
Dzerjinsk – bu Rossiyadagi eng ifloslangan shahar:ayrim toksinlar tarkib darajasi yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan og’ish ko’rsatkichidan bir necha million karra ortiqroq. Dzerjinskoning yerida yuz minglab tonnagacha kimyoviy sanoatning chiqindilar dafn qilingan. Suv, havo va tuproq fenol hamda og’ir metallar bilan zaharlangan. Shaharning aholi soni tahminan ikki yuz ellik ming kishini tashkil etadi. Ularning ko’pchiligi atrof-muhitni o’ta ifloslanib ketishi bilan bog’liq bo’lgan turli-tuman kasalliklardan doimo azoblanib yuradi.
O’ta yomon ekologik vaziyat shaharda nafaqat inson umrining muddatiga (shahardagi inson umrinining o’rtacha uzunligi 45 yosh), balki investitsion potentsialiga ham bevosita salbiy ta’sir o’tkazadi. Bu holatni zudlik bilan bartaraf etilishi uchun millionlab AQSH dollari miqdorida mablag’ kerak bo’ladi. Biroq, bunday mablag’ hozircha davlat byudjetida yetarli emas.
Norilsk, Rossiya
Bleksmit instituti Norilskni dunyodagi eng ifloslangan shaharlardan biri qatoriga kiritdi. Tog’ qazilma sanoati bu shaharni haqiqiy ekologik jahannamga aylantirib qo’ydi. Atmosferaga chiqib ketayotgan zararli chiqindilarning xajmi millionlab tonnalarga teng. Bu esa o’z-o’zidan shahar aholising salomatligida aks etadi. Bundan tashqari ifloslanib ketish xatto oddiy ko’z bilan ko’rinib turadi: osmondan ko’pincha qop-qora qor, kislotali yomg’ir yog’ib turadi, havoda doimo oltingugurtning hidi taralib turadi.
Norilsk allaqachon odam yashashi mumkin emas bo’lgan shahar deb topilgan, ammo shunga qaramay bu yerda yuz minglab odamlar kun kechirib kelmoqda.
Kabve, Zambiya
Kabve -Zambiyaning sanoat markazi. Bu shaharda foydali qazilmalar qazib olinadi. Natijada atrof-muhitga o’ta ko’p miqdorda toksinlar bilan og’ir metallar chiqindi sifatida ajrab chiqadi. Aholining organizmlarida zararli va zaharli moddalarning tarkibi me’yorlardan bir necha ming barobar ortiqroq. Bu o’z navbatida juda ayanchli oqibatlarga– qon kasalliklari, mushaklar atrofiyasiga, saraton va shular kabi yana boshqabir qator kasalliklarga olib keladi.
Gaina (Xayna), Dominikan Respublikasi
Bu shahar Dominikan Respublikasining janubida joylashgan. Zaharlovchi asosiy kimyoviy element bu qo’rg’oshin. Potentsial kasallanganodamlar soni doimiy ravishda yuz mingdan ortiqroq ko’rsatkichni tashkil etib kelaldi. Gaina avtomobil akkumulyatorlarini ishlab chiqarish bo’yicha jahoni chra peshqadamlik qiladi.
Zavoddagi dastgoh-uskunalarancha eskirib qolganligi tufayli bu texnologik jarayonlarning qo’pol ravishda buzilib atrof-muhitga juda katta miqdorda chiqindi ajrab chiqishiga olibkeladi. Tug’ma majruhlik, ruhiy kasalliklar va ko’z bilan bog’liq muammolarning hammasi Gaina shahrida istiqomat qilganlik uchun to’lov.
Сообщения из Facebook