просмотров
Tabiiyki, agar daraht quriy boshlasa restoran qay ahvolda qoladi, degan savol tug’iladi. Gap shundaki, banyan xaqiqiy daraxt emas, u juda xaqiqiy ko’rinishga ega bo’lgani bilan betondan tayyorlangan. Gajumaruning ayvonidan Naxa ko’rfaziga hamda Onyama Park parkiga ajoyib manzara ochiladi.
Restoran oshxonasi fast-fudni taklif etadi, biroy ular eng yangi maxsulotlardan tayyorlangan. Bu Gajumaru restoranini Okinavadagi eng oldi restoranlaridan va dam olish uchun eng ommabop joylardan biri sifatida namoyon qiladi.
San Pablodagi sharshara ostida joylashgan restoran
Odamlar sharashalarni yonidan tomosha qilishni yahshi ko’radilar, chunki bu holda ularning oldida juda chiroyli va ko’rkam manzara vujudga keladi.
Ammo Filippinda San Pablo shahrini yonginasida Villa Escudero Resort kurortini tashkil qilib sharsharaning poyi ostida restoran yaratdilar.
Sharsharalar hozir juda ommaviylashgan. Masalan Chilining Patagoniya provinsiyasida Magic Mountain Lodge mehmonxonasi tashkil etilgan va unda binoning tashqarisidan oqib tushadigan sun’iy sharshara timsoli aks ettirilgan. Filippinda esa Villa Escudero Resort mehmonxonasi qurildi va uning jozibadorligi juda o’ziga xos restoranidir.
Gap shundaki, bu muassasada ovqatlanish haqiqiy sharsharaning ostida (beton bilan jilovlangan), aniqroqg’i poyi oldida amalga oshadi. Shu bilan birga tomoshabinlar unga yondan emas, qoq ostidan qarab tomosha qiladilar. Stollar suvning o’zida joylashtirilgan (bu yerdagi chuqurlik atigi 20 santimetrgacha).
Villa Escudero Resort mehmonxonasi Filippinning qishloq joyida joylashtirilgan. Uning mehmonlari bokira holatidagi tabiatdan bahra olishlari, qishloq hayotining o’zi bilan tanishishlari mumkin: fermalarda bo’lishi, kokos bilan bambuk terimida qatnashishlari, an’anaviy filippin qayiqchalarida uchishi, rafting bilan shug’ullanishi va akvalang taqib suv ostiga shung’ishi umkmin. Ammo bularning hammasi dunyoning boshqa joylarida ham bor. Lekin sharshara ostida nonushta, tushlik yoki kechki ovqatni qabul qilish jarayonida faqat shu yerda bahra olish mumkin!
Villa Escudero Resort mehmonxonasida filippinlik dehqonlar iste’mol qiladigan oddiy taomlardan tatib ko’rish mumkin. Farqi faqat shundaki bu yerdagi maxsulotlar assortimenti ancha kengroq bo’ladi. Ovqatlanib bo’lganidan so’ng esa sharsharaning tagida quyosh ostida iliq suvda birpas rohatlanib dam olish mumkin.
Сообщения из Facebook