Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti
Dasturxoningiz uchun eng ajoyib yeguliklar resepti
To’kin dasturxoningizning yanada chiroy ochishi uchun ushbu yeguliklarni tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz.

«Daqiqa» torti

Kerakli masalliqlar:

Korj uchun:

3 stakan un,

1 banka quyultirilgan sut,

1 dona tuxum,

1 choyqoshiqsoda.

Krem uchun:

750 ml sut,

200 gr. sariyog’,

1, 5 stakan shakar,

2 dona tuxum,

3-4 oshqoshiq un,

1 paket vanilin.

TAYYORLANISHI:

Korj uchunbarcha masalliqlar aralashtirilib, xamir qoriladi va u 8 bo’lakka bo’linadi. Xamir bo’laklari yoyilib, qizib turgan tovada pishiriladi.

Pishgan korjlar cheti bir xil kesib olinadi, qoldiqlari sepish uchun olib qo’yiladi.

Krem tayyorlash uchun barcha masalliqlar aрalashtirilib, yaxshilab aralashtiriladi. Korjga krem surtilib, ustiga qoldiq xamir bo’laklari sepiladi. Tort bir necha soat qoldiriladi.Yoqimli ishtaha!

Qulupnay jeleli tort

Kerakli masalliqlar:

3 dona tuxum,

0,5 choyqoshiq soda,

1 dona jele,

15 gr. jelatin,

0,5 stakan shakar upasi,

100 gr. shakar,

100 gr. un,

250 gr. qulupnay,

400 ml smetana.

TAYYORLANISHI:

Tuxum oqi sarig’idan ajratiladi va oqiga shakar qo’shib ko’pirtiriladi. Asta-sekin tuxum sarig’i,soda, limon sharbati yoki sirka qo’shiladi. So’ng elangan un solib, aalashtirgach, qolipga quyiladi. Biskvit 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 35 daqiqa davomida pishiriladi.

Jele o’ramida ko’rsatilgan tayyorlanadi va chuqur idishga plyonka solib, ustidan jeleni yarmi solinadi. Ustidan tozalangan va ikkiga bo’lingan qulupnaylar solinadi. So’ng jeleni qolgan qismi solinib, biroz qotiriladi. Biskvit ikkiga bo’linadi. Bir qismi qotgan jele ustiga joylashtiriladi va krem tayyorlanadi. Krem tayyorlash uchun smetana shakar upasi bilan ko’pirtiriladi va korj ustiga surtiladi. Krem ustidan yana qulupnayning qolgan qismi teriladi va krem surtiladi. So’ng ikkinchi korj bilan yopiladi. Chetdan chiqib turgan plyonka bilan korj o’raladiva 3-4 soat sovutgichga qo’yiladi. 

“Smetannik” torti

Kerakli masalliqlar:

500 ml yog’siz smetana,

200 gr. un,

1 oshqoshiq kakao kukuni,

200 gr. quruqsut,

250 gr. shakar,

1 choyqoshiq soda.

500 ml yog’li smetana.

Tayyorlanishi:

Xamir tayyorlash uchun idishga smetana solinadi va ustidan shakar sepib aralashtiriladi. So’ng soda va un solib, suyuq xamir qilinadi. Xamir ikkiga bo’linib, bir qismiga kakao kukuni qo’shiladi. Korjlar 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiriladi. Pishgan korjlar o’rtasidan bo’linadi, shunda jami 4 ta korj hosil bo’ladi.

Krem tayyorlash uchun yog’i smetana shakar bilan mikserda ko’pirtiriladi va har bir korj orasiga surtiladi. Tort usti ta’bga ko’ra krem yoki yong’oq bo’laklari bilan bezatiladi. 

“Yangilik” torti

Kerakli masalliqlar:

4 dona tuxum,

300 gr. shakar,

1 oshqoshiq aroq,

360 gr.eritilgan sariyog’,

200 gr.maydalangan yong’oq,

100 gr. shokolad qirindisi,

10 gr. vanillishakar,

150 gr. un,

2 oshqoshiq kakao,

2 banka quyultirilgan sut,

100 gr.uvalanuvchan pechenye,

200 gr. mevalar.

TAYYORLANISHI:

Tuxum mikserda ko’pirtiriladi va shakar, vanilli shakar qo’shiladi. So’ng qo’shib asta-sekinlik bilan aralashtiriladi va 190 daracha qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiriladi. Pishgan korj uchga bo’linadi.

Xuddi shu tariqakakao qo’shilgan biskvit tayyorlanib, pishiriladi. Pishgan korj uchta bo’linadi.

Krem tayyorlash uchun sariyog’ quyultirilgan sut bilan ko’pirtiriladi. Krem korjlar orasiga(bitta oq, bitta qora qilib joylashtiriladi) surtiladi.

Tort usti ta’bga ko’ra yong’oq, shokolad qirindisi yoki maydalangan pechenye bilan bezatiladi. 

Qaymoqli tort

Kerakli masalliqlar:

2 dona tuxum,

1 stakan shakar upasi,

120 gr. sariyog’,

2 oshqoshiq asal,

2 choyqoshiqsoda,

4 oshqoshiq olma sirka,

4 stakan un,

750 gr. smetana,

1,5 stakan shakar.

TAYYORLANSHI:

Tuxum shakar upasi bilan ko’pirtiriladi va unga asal, sariyog’ qo’shiladi. So’ngra soda, sirka va un solib, xamir qoriladi. Xamir 12 qismga bo’linadi va har bir bo’lak aylana shaklda yoyilib, 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 5 daqiqadan pishirib olinadi. Pishgan korjlar cheti bir tekis aylana shaklda kesiladi. Chetlari tort ustiga sepish uchun uvalanadi.

 Smetana shakar bilan ko’pirtiriladi va krem tayyor! Har bir korj orasiga krem surtilib, tort teriladi. Tort kechasi bilan sovitgichda qoldiriladi. Ertalab uvoq sepiladi. Tort tayyor!

“Shaxmat” torti

Kerakli masalliqlar:

100 gr. qora shokolad,

2 oshqoshiq kakao kukuni,

500 gr. un,

1 oshqoshiq qavartma,

250 gr. sariyog’,

400 ml kefir,

300 gr. shakar,

5 dona tuxum,

500 ml qaymoq,

100 gr. shakar,

3 oshqoshiq kakao kukuni,

700 gr.shokoladli konfetlar.

TAYYORLANISHI:

Idishda un, qavartma va tuz aralashtiriladi. Sariyog’, shakar va tuxum ko’pirtiriladi. So’ng unga unli aralashma solib, kefir solib, aralashtiriladi va yana bir bor ko’pirtiriladi. Xamir ikki qismga bo’linib, bittasiga eritilgan shokolad va kakao qo’shiladi. Korjlar 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishiriladi. Sovigach, 2 qismga bo’linadi.

Krem tayyorlash uchun qaymoq shakar va kakao bilan ko’pirtiriladi. Korjlar oq va qora qilib joylashtiriladi, orasiga krem surtiladi. Tort ustiga shokoladli konfetlar sepib bezatiladi. Yoqimli ishtaha!

“Alvira” torti

Kerakli masalliqlar:

2 dona tuxum,

1 stakan shakar,

2 oshqoshiq asal,

2 choyqoshiq sariyog’.

2 choyqoshiq soda,

3 stakan un,

600 gr. smetana.

TAYYORLANISHI:

Tuxum oqi shakar bilan ko’pirtiriladi. Asal, sariyog’ qo’shib, past olovga qo’yiladi. Keyin soda, jem va un qo’shib, xamir qilinadi. Xamir 10-12 bo’lakka bo’linadi va yoyiladi. Xamir ustiga sanchqi urib chiqiladi. Korjlar 180 daraja qizdirilgan gaz pechida pishiriladi.

Krem uchun smetana shakar upasi bilan ko’pirtiriladi va korjlar orasiga surtiladi. Tort bir kecha qoldirilib, usti ta’bga ko’ra bezatiladi. Yoqimli ishtaha!

Chiabatta

Kerakli masalliqlar:

1 choy qoshiq xamirturush,

1,5 stakan suv,

2 stakan un,

1 choyqoshiq tuz.

TAYYORLANISHI:

Iliq suvga xamirturush, tuz va un solib, quyuq xamir qilinadi. Idish qopqog’i yopilib, tun bo’yi qoldiriladi. So’ngra ziravorlar qo’shib, 180 daraja qizdirilgan gaz pechida pishiriladi. Yoqimli ishtaha!

“Vitamin” bulochkasi

Kerakli masalliqlar:

130 ml iliq suv,

240 gr. un,

1 choy qoshiq xamirturush,

4 osh qoshiq kepak,

1 choy qoshiq tuz,

50 gr. o’simlik yog’i,

1 dona tuxum sarig’i,

6 osh qoshiq kungaboqar.

TAYYORLANISHI:

Xamir tayyorlash uchun iliq suvda xamirturush bo’ktiriladi. Tuz va o’simlik yog’i qo’shib aralashtiriladi. So’ngra un solib xamir qoriladi. Xamir plyonka bilan o’ralib,iliq choyga oshishi uchun qo’yiladi.

Xamirdan sharchalar yasab, yog’langan patnisga teriladi, ustiga tuxum sarig’i surtib, oq kunjut sepiladi.

Bulochkalar 200-220 daraja qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishiriladi. Yoqimli ishtaha!

Mazali keks

Kerakli masalliqlar:

100 ml sut,

100 ml suv,

120 gr. sariyog’,

4 dona tuxum,

130 gr. un,

1 choyqoshiq shakar,

300 gr. tvorog,

100 gr. shakar upasi,

1 dona laym mevasi,

1 chimdim tuz,

Bezak uchun bodom mevasi.

TAYYORLANISHI:

Kastryulkaga suv, sut, sariyog’, tuz va shakar solib aralashtiriladi va olovga qo’yib qaynashgacha olib boriladi. So’ngra elangan un solib aralashtirib, xamir ko’rinishiga kelgach, olovdan olinadi. Xamir tezda boshqa idishga olinadi va 1 dona ko’pirtirgan tuxum qo’shib aralashtiriladi.

Xamir silikon qolipga solinib, 200 daracha qizdirilgan gaz pechida pishiriladi.

Tvorogli krem tayyorlash uchun blenderda xona haroratida eritilgan sariyog’ va tvorog solib, aralashtiriladi. Boshqa idishda shakar upasi, limon sedrasi va sharbati mikserda yaxshilab ko’pirtirilib, kremga qo’shiladi.

Keks o’rtasidan bo’linib, orasiga krem surtiladi va  ustiga shakar upasi sepiladi. So’ngra bodom mag’zi sepiladi.

Yoqimli ishtaha! 

Qo’ziqorinli pitsa

Kerakli masalliqlar:

200 ml suv,

2 choyqoshiq xamirturush,

2 choyqoshiq shakar,

350 gr. un,

1/2 choy qoshiq tuz,

3 osh qoshiq zaytun yog’i,

400 gr. pomidor,

2 dona sarimsoq bo’lagi,

1 dona piyoz,

300 gr. qo’ziqorin,

100 gr. pishloq,

Ta’bga ko’ra murch va rayxon.

TAYYORLANISHI:

Iliq suvga xamirturush va shakar solib venchikda aralashtiriladi. 20 daqiqa dam beriladi. So’ngra zaytun yog’i, tuz va un solib xamir qoriladi. Xamir oshishi uchun iliq choyga 45-50 daqiqa qo’yiladi.

Tomatli qayla tayyorlash uchun pomidorlar po’sti archilib, mayda to’g’raladi. Piyoz, sarimsoq va rayxon mayda to’g’ralib, tovadagi o’simlik yog’ida qovuriladi. So’ngra pomidor bo’laklari solinib, 15 daqiqa o’rta olovda qovuriladi. Unga tuz vashakar qo’shiladi.

Xamir ikkiga bo’linib,qo’lda aylana shaklda yoyiladi. Patnisga un sepilib, xamir joylashtiriladi. Ustiga tomatli qayla surtiladi va ustidan qirg’ichlangan pishloq sepiladi. So’ngra yupqa qilib to’g’ralgan qo’ziqorin bo’laklari joylashtiriladi. Qo’ziqorin ustiga tuz, murch va boshqa quritilgan ko’katlar sepib, 200 daraja qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishiriladi. 

Mazali jarkop

Kerakli masalliqlar:

1 kg kartoshka,

400 gr. qo’y go’shti,

150 gr. piyoz,

150 gr. sabzi,

1 dona sarimsoq bo’lagi,

3 osh qoshiqtomat pastasi,

3 dona lavr yaprog’i,

500 ml bulyon,

1 bog’ ko’kat.

TAYYORLANISHI:

Go’sht bo’laklarga bo’linadi, piyoz xalqasimon to’g’raladi. Sabzi qirg’ichlanadi. Kartoshka 4 bo’lakka bo’linadi.

Go’sht o’simlik yog’ida qovuriladi va unga piyoz, sabziva, tuz va murch qo’shib aralashtiriladi va qopqog’i yopilib, 7 daqiqa dimlanadi. Bulyonga tomat pastasi qo’shiladi. So’ngra go’sht,kartoshka solib, past olovda 1 soat dimlanadi. Yarim soatdan so’ng sarimsoq va ko’kat qo’shiladi.

Yoqimli ishtaha!

Tvorogli pirog

Kerakli masalliqlar:

Xamir uchun:

600 gr tvorog,

4 oshqoshiq kraxmal,

6 oshqoshiq shakar,

1 choyqoshiq vanilli shakar,

150 gr. smetana,

0,5 choyqoshiq tuz,

2 dona tuxum,

4 oshqoshiq un,

0,5 choyqoshiq soda.

Nachinka uchun:

4 dona nordon olma,

2 oshqoshiq shakar.

Tayyorlanishi:

Tuxum shakar bilan ko’pirtiriladi. Keyin tvorog va smetana qo’shib ko’pirtiriladi. Un, kraxmal, tuz, vanilin va soda qo’shib mikserda aralashtiriladi. Olma bo’laklarga bo’linib, shakar sepiladi.

Xamirning yarmi yog’langan qolipga solinib, usti tekislanadi. Ustiga olmalar joylashtiriladi va xamirning qolgan yarmi solinadi. Pirog 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqa davomida pishiriladi. Yoqimli ishtaha!

Shokoladli piramida

Kerakli masalliqlar:

1 qism uchun:

6 oshqoshiq kakao,

60 ml qaynagan suv.

2 qism uchun:

200 gr. eritilgan sariyog’,

530 gr. mayda shakar,

4 dona tuxum,

150 gr. eritilgan qora shokolad.

3 qism uchun:

530 gr. elangan un,

1,5 choyqoshiq soda,

1,5 choyqoshiq qavartma.

4 qism uchun:

530 gr. kefir,

3 oshqoshiq o’simlik yog’i,

vanilin.

TAYYORLANISHI:

Kakao stakanga solinib, ustidan qaynoq suv quyiladi. Quyuq massa hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi.

Tuxum, shakar va sariyog’ mikserda 8 daqiqa davomida ko’pirtiriladi. So’ngra shakar qo’shib yanako’pirtiriladi.

Shokolad suv bug’ida eritiladi. Erigan shokolad va  kakao tuxumli massa bilan aralashtirilib, ko’pirtiriladi.

Elangan unga soda, qavartma va vanilin qo’shib aralashtiriladi.

Kefirga o’simlik yog’i solinadi.

Hosil bo’lgan uchta massa aralashtirilib, ko’pirtiriladi. Xamir pishiriq qog’ozi to’shalgan patnisga solinib, 180 daraja qizdirilgan gaz pechida pishiriladi.

Pishgan korj sovugach, piramida shaklida kesiladi. Tort orasiga tayyor krem surtiladi. Ustiga maydalangan yong’oq sepiladi. Yoqimli ishtaha!

Piyoz va tuxumli pirojka

Kerakli masalliqlar:

Oshirma xamir,

5 dona qaynatilgan tuxum,

100 gr. ko’k piyoz,

tuz, murch.

TAYYORLANISHI:

Tuxum va ko’k piyoz mayda to’g’raladi. Tuzlanadi, murchlanadi. Xamirdan kichik kulchalar yasalib, ichiga nachinka solinadi va chetlari birlashtiriladi. Pirojkalar yog’langan qolipga joylashtirilib, 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiriladi. Yoqimli ishtaha!

«Qahva ifori» torti

Kerakli masalliqlar:

Korj uchun:

5 dona tuxum,

6 oshqoshiq shakar,

3 oshqoshiq tuyilgan qahva,

1 choyqoshiq qavartma,

2 oshqoshiq kraxmal,

5 oshqoshiq un.

Krem uchun:

500 gr. tvorogli pishloq,

500 gr. qaymoq,

4-5 oshqoshiq shakar,

1 paket vanilin,

Bezak uchun:

Yong’oq.

TAYYORLANISHI:

Tuxum oqi sarig’idan ajratiladi va sarig’i 4 oshqoshiq shakar, kraxmal, qahva va qavartma bilan aralashtiriladi. Mikserda ko’pirtiriladi. Tuxum oqi shakar bilan ko’pirtiriladi. So’ngra ikkala massa ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi. Un qo’shib qoshiqda aralashtiriladi. So’ngra qolipga solib, 150 daraja qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishiriladi.

Krem tayyorlash uchun qaymoq shakar va vanilin bilan ko’pirtiriladi. So’ng tvorogli pishloq qo’shiladi va yana ko’pirtiriladi. Krem tayyor!

Pishgan biskvit 4 qismga bo’linadi va damlangan shirin qahva shimdiriladi.  So’ngra ustidan kerm surtiladi va korjlar birlashtiriladi. Krem tort usti va yonlariga surtilib, ustiga maydalangan yong’oq sepiladi. Yoqimli ishtaha!

Olmali galeta

Kerakli masalliqlar:

250 gr. un,

110 gr. sariyog’,

1 dona tuxum,

50 gr. shakar upasi,

2 qoshiq suv.

Tayyorlanishi:

Un sariyog’ bilan uvalanadi. Tuxum shakar upasi bilan ko’pirtiriladi va suv qo’shiladi. So’ngra ikkala massa qo’shilib, xamir qoriladi. Xamir 30 daqiqa sovutigichga qo’yiladi.

Nachinka uchun olma kichik bo’laklarga bo’linadi va shakar, sariyog’ qo’shib tovada qovuriladi.

Sepish uchun 20gr. un 20 gr. shakar va 20 gr. sariyog’ aralashtiriladi.

Xamir 0,5 sm qalinlikda yoyilib, ustiga olmali nachinka solinadi va chetlaridan 1,56 sm qoldiriladi.Xamir chetlari  birlashtirilib, ustiga uvoq sepiladi.

Pirog 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishiriladi. Yoqimli ishtaha! 

Olmali pirog

Kerakli masalliqlar:

Xamir uchun:

300 gr. smetana,

3 dona tuxum,

200 gr. shakar,

250 gr. un,

2 dona olma,

100 gr. mayiz,

50 gr. sariyog’,

1 choyqoshiq qavartma,

1 paket vanilli shakar,

tolqon.

TAYYORLANISHI:

Tuxum shakar bilan ko’pirtiriladi.so’ng unga eritilgan sariyog’ va smetana qo’shilib, yana ko’pirtiriladi. Keyin vanilin, un va qavartma qo’shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Olmalar yuvilib, po’sti archiladi va urug’laridan tozalanib, bo’laklarga bo’linadi. Mayiz yuvilib,quritiladi. Qolip yog’lanib, tolqon sepiladi va xamirning yarmi solinadi.

Xamir ustigaolma va mayiz joylashtiriladi. So’ngra xamirning ikkinchi yarmi quyiladi.

Pirog 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishiriladi.

Pirog ustiga sepish uchun uvoq tayyorlanadi. Buning uchun 20 gr. sariyog’ va 3-4 qoshiq unuvalanib, unga 3 oshqoshiq shakar qo’shib aralashtiriladi. Keyin uni pirog ustiga sepib, patnis yana 20 daqiqa gaz pechiga qo’yiladi.

Yoqimli ishtaha!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook