Dayving haqida qiziqarli ma’lumotlar
Dayving haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sayyoramizning quruqlik qismi deyarli to'liq o'rganilgan, biroq suv osti dunyosi hali ham ajablantirishga va hayratga solishga qodir. Yuz yildan ko'proq vaqt davomida butun dunyo odamlari sayyoramizning suv qismi ostida qanday sir-asrorlar yashiringanligini aniqlashga harakat qiladilar. Shuning uchun ham suv ostiga sho'ng'sh tobora ommalashib bormoqda.

Bugun biz har yili tobora ommalashib borayotgan suv ostiga sho'ng'ish - dayving haqida suhbatlashamiz. Dayving – bu suv ostiga sho'ng'ishning maxsus turi bo'lib, uning ostida odam nafas olish uskunasi – akvalangdan foydalanadi. Ma'lumki, sayyoramizning 2/3 qismi suv bilan qamrab olingan, demak bu ajoyib va   hayratlanarli dunyoni o'rganish uchun ko'plab imkoniyatlar mavjud. Dayving har bir odamga o'zini sarguzasht ishqibozi sifatida his qilish imkonini beradi.

1.Suvga sho’ng’igan dayverchilar tovush manbalarini aniqlay olmaydilar. Buning sababi, suvdagi tovushlarning tezligi quruqlikdagiga qaraganda taxminan 5 marta tezroq. Shuning uchun ham dayverchi har tomondan ovozni darhol eshitadi, lekin bu tovush qayerdan kelganini ilg’ay o'lmaydi.

2. Odamlar ko'p yillar davomida suvga sho’ng’imoqdalar. Eng uzoq sho'ng'ish 1992 yilda Richard Presli tomonidan amalga oshirilgan. U maxsus suv osti transport vositasi yordamida 69 kun davomida suv ostida qolishga muvaffaq bo'lgan.

3. Eng chuqur suvga cho'mish masalasiga kelsak, u 2005 yilda Paskal Bernabe tomonidan amalga oshirilgan. Bu dayverchi 330 metr chuqurlikka tusha olgan. Qiziqarli fakt! Dastlab Paskal 230 metr chuqurlikka tushishni mo’ljallagan, ammo xavfsizlik arqoni tasodifan cho'zilgan. Bunday chuqurlikka sho'ng'ish atigi 10 daqiqa davom etdi. Ammo tashqariga qaytish safari dekompressiya bilan birga 8,5 soatga bordi.

4. Aslida, har qanday havaskorda 130 metr chuqurlikka sho'ng'ish imkoniyati mavjud, ammo endi sho’ng’ishni boshlayotganlar uchun bunday chuqurlikka tushish tavsiya etilmaydi. 40 metrdan chuqurga sho’ng’imagan afzal. 30 metrdan chuqurroqqa sho’ng’igan odamda turli xil gazlardan zaharlanish xavfi bor, shuning uchun 30-40 metr bilan cheklangan kifoya.

5. Dayverlarning sho’ng’ishlari uchun qulay bo’lgan bir nechta joylar mavjud. Bu Buyuk To'siq rifi, Qizil dengiz, Maldiv orollari, Malayziya, Filippin va Galapagos arxipelaglaridir.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook