просмотров
Vatikan xazinasi
Vatikan butun dunyodan minglab ziyoratchilar va sayyohlar tashrif buyuradigan taniqli maskan. Bu yerda ko‘rishga arzigulik narsalar ham juda ko‘p. Ular orasida kamyob haykallar ham, san’at asarlari, qadimgi ibodatxona va saroylar ham mavjud. Bularning barchasi odamlarning ko‘z o‘ngiga qo‘yilgan narsalar, ammo Vatikanning sirli devorlari orqasida nimalar yashiringanini ko‘pchilik tahmin ham qila olmaydi. Katta ehtimolga ko‘ra, Eski Ahd sandig‘i ko‘pchilik faraz qilgani kabi tog‘da emas, aynan mana shu yerda saqlanadi.
Bundan tashqari, ko‘p asrlardan beri arxeologlar va tarixchilar uchun ushalmas orzu sanalgan Muqaddas Graal ham aynan Vatikanning qo‘lida. Aytish kerakki, mazkur hududda qimmatbaho arxivlar va muhim matn qo‘lyozmalari jamlangan.
Kennedining o‘limi
Rasmiy versiyaga ko‘ra, prezident Jon Kennelini Li Xarvi Osvald otib o‘ldirgan. Ammo, ayrim mutaxassislar bu ishga "kattaroq odamlar" aralashganini gumon qilishadi. Ularning aytishlaricha, Kennedini ham huddi Linkoln kabi iyezuitlar buyurtmasiga ko‘ra o‘ldirishgan. Ma’lumki, prezident Vyetnamdagi urushni muddatidan avvalroq tugatmoqchi bo‘lgan, bu esa Osiyo mamlakatidagi katoliklar hokimiyatini cheklab qo‘yishi mumkin edi.
Bundan tashqari, ayrim mutaxassislar AQSH hokimiyatiga iyezuitlar yashirin tarzda homiylik qilishlarini ham aytishadi.
"Titanik" halokati
Mutaxassislar orasida afsonaviy kemaning halokatiga aysberg emas, boshqa narsalar sabab bo‘lgani haqidagi tahminlar mavjud. Birinchi versiyaga ko‘ra, o‘sha mudhish kunda "Titanik" emas, uning ayni nusxasi bo‘lgan va bir yil avvalroq qurib bitirilgan "Olimpik" kemasi cho‘kib ketgan.
Ikkinchi tahminga ko‘ra, kema safarga otlanish avvalidan burchak qismi yonib ketgan. Tezkorlik bilan ta’mirlangan devor qismi suvning kuchli oqimiga bardosh bera olmay, ichkariga suv o‘tkazib yuborgan.
Uchinchi versiyaga ko‘ra, o‘sha kuni kema bortida qadimgi Misr sarkofagi bo‘lib, u odamlarga halokat olib kelishini ko‘pchilik bilgan. Lord Kentervil uni o‘z kolleksiyasining bir qismi sifatida olib ketmoqchi bo‘lgan va katta ehtimol bilan butun kema yo‘lovchilarining boshiga yetgan.
Maykl Jeksonning o‘limi
Pop qiroli Maykl Jeksonning kutilmagan tarzda kasallik sababli olamdan o‘tib qolishi sabab hayratga tushgan muxlislar uning haqiqatan o‘lganiga ham ishona olmaydilar. Quyidagi faktlar ushbu fikrni tasdiq etishi mumkin: misol uchun so‘nggi suratning soxta ekanligi, kuzatuv kameralaridan olingan videolarining mavjud emasligi, shifokor ko‘rsatmasining yo‘qligi, bir necha sutka avval ham xonanda o‘zini yaxshi his qilgani uning o‘limi haqiqat bo‘lganini rad etadi. Eng qizig‘i, Jeksonning oila a’zolari chuqur qayg‘uda bo‘lgan vaqtlarida ham marhumning tobuti biror marta ochilmagan. Keyinchalik esa xonandaning o‘lim sahnasi uyushtirilgani haqidagi kundalik topilgan emish. Bundan 3 yil avval esa Jeksonning qiziga tegishli surat tarqalgan, suratni kattalashtirib ko‘rgan insonlar esa avtomobilning orqa o‘rindig‘ida Maykl Jeksonga juda o‘xshash odam o‘tirganini ko‘rishgan.
Mirs tarixidagi xatoliklar
Darsliklarga keltirilgan aniq sanalarga qaramay, ilm-fan bugungi kunda ham Misr piramidalarining aniq yoshini aytish uchun yetarli dalillarga ega emas. Olimlarning bu boradagi fikrlariga doir farqlarbir necha 1000 yildan ham oshadi. Misol uchun, 1897 yilda topilgan yodgorlik toshida fir’avn Xefren allaqachon mavjud bo‘lgan sfinksni qayta ta’mirlagani yoziladi. Sfinksning tana qismidagi cho‘kkan joylar yomg‘irli eroziya izlari bo‘lib, Misrda bu kabi mussonlarning kuzatilmaganiga 8000 yil bo‘lgan.
Ushbu ma’lumotlar ommaga oshkor qilinganidan keyin yodgorlik toshi ham, sfinksning tanasi ustidagi izlar ham sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan.
Pyorl Xarbor hodisalarida Amerikaning qo‘li bor
Ruzveltning global tarixga ta’sir qilish, urushga aralashish va moliyaviy masalalarni nazorat qilishga bo‘lgan intilishi ko‘pchilikka ma’lum. Ammo, jamiyatga uning bu kabi rejalari ma’qul kelmagan. Ana shu vaqtlarda prezident ultimativ hujjat imzolagan, bu esa yaponlarning birinchi bo‘lib urush ochishlari uchun turtki bergan. Ruzvelt hujum bo‘lishini aniq bilgan va qo‘shin aviatashuvchilarini bazadan avvalroq olib ketgan. Tarixchilarning aytishlaricha, bu prezident amalga oshirgan makkorona ishlardan biri edi.
Troyaning joylashuv o‘rni
Afsonaviy Troya Turkiya hududidagi Gissarlik tepaligida joylashgani va uning arxeolog Shliman tomonidan topib olinganini aksariyat odamlar yaxshi bilishadi. Ammo, boshqa bir guruh arxeologlar Shlimanni olim deb emas, xazina izlovchi deb biladilar. Teoriyalardan biriga ko‘ra, olim shunchaki antik xarobalarni topib olgan holos. Troyaning asl joylashuv hududi boshqa yerda bo‘lishi mumkin.
11 sentyabr voqealari AQSHning o‘zi tomonidan uyushtirilgan
Oramizda deyarli har bir inson bu fojia haqida yaxshi biladi va ko‘p bor eshitgan. Ammo, ayrim mutaxassislar mazkur hodisa hukumat tomonidan jamiyatni boshqarishga bo‘lgan urunishning bir namunasi ekanligini aytishadi. Ushbu fojiadan keyin AQSH ko‘plab imtiyozlarga, sudning qarorisiz ham istalgan telefon suhbatlarini tinglash, o‘zi istagan vaqtda istalgan odamning uyida tintuv o‘tkazish imkoniyatlariga ega bo‘lgan. Shu tariqa,odamlarni o‘z bilganicha boshqarishning yangi usullarini o‘zlashtirgan va buni mohirona tarzda amalga oshirgan.
Сообщения из Facebook