просмотров
1. Ushiku Daybutsu Buddaning bronza haykali, Yaponiya
Yaponiyaning Ibaraki prefekturasidagi Ushikuda joylashgan Ushiku Daybutsu (Ushiku Daibutsu) dunyodagi eng baland va Buddaning bronza haykali. U 1995 yilga qurilgan. 10 metr asosi bilan 10 metr nilufargul shaklidagi platformasini hisobga olgan holda uning umumiy balandigi yer yuzasidan 120 metrni tashkil qiladi. Lift ziyoratchilarni yerdan 85 metr balandlikka, tomosha maydonchasiga eltib qo’yadi.
2. Guanin Budda haykali, Sanya, Xitoy.
Sanya Xitoy Xalq Respublikasining eng kichik bo’lgan Xaynan provinsiyasida mamlakatning janubiy qirg’og’i bo’yida joylashgan. Sanya shahridagi Sanya-sitidan 7,5 kilometr uzoqlikda joylashgan Yalun Van – mahalliy madaniyat va istirohat bog’i. Bubog’ning eng diqqatga sazovor joyi – balandligi 108 metrga teng Guanin haykalidir (Guanyin). Haykalning qurilishi 2005 yilda tugallangan va hozirgi paytda dunyodagi eng baland haykallardan biri bo’lib qolmoqda.
3. Xuangdi va Yandi sariq Xitoy imperatorlari, Xitoy.
Balandligi 103 metrga teng haykal Xioyda joylashgan va o’zida ikki qadimiy Xitoy imperatorlari– Xuangdi (Huangdi) bilan Yandi (Yandi) ning qiyofalarini aks ettiradi.
4.Ona-Vatan haykali, Kiev, Ukraina.
Ona-Vatan haykali Kievda Dnepr daryosining baland o’ng qirg’og’ida joylashgan.
Bu haykal 1981yilda G’alaba Kuni – 9 mayda Sovet ittifoqining o’sha davrdagi rahbari Leonid Brejnev tomonidan ochib berilgan.
Ona-Vatan haykalining balandligi 62 metrga, tagkursisi bilan birga umumiy balandligi —102 metrga teng.
5. Pyotr I haykali, Moskva, Rossiya
6. Ozodlik haykali, Ozodlik oroli, Nyu-York, AQSH.
7. “Ona-Vatan chorlaydi!” haykali, Volgograd, Rossiya.
“Ona-Vatan chorlaydi!” haykali — Volgograddagi Mamay qo’rg’onida Stalingrad jangi qahramonlari hotirasiga o’rnatilgan yodgorlik majmuaning bastalovchi markazi hisoblanadi. Haykaltarosh Yevgeniy Viktorovich Vuchetich bilan muxandis Nikolay Vasilevich Nikitin hamkorlikda yaratgan ishi. 1967 yilda qurib bitkazilgan, balandligi 84 metrga teng.
8. Budda Maytreya (Maitreya) haykali, Leshan, Xitoy.
Bu haykal Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Leshan shahridan sharq tomonda, uch daryoning tutashgan joyida joylashgan. Haykal qurilishi 90 yil davom etgan. Haykalning balandligi — 71 metr, boshining balanligi — deyarli 15 metr, yelkasining kengligi —30 metr, qo’l barmoqlarining uzunligi — 8 metr, oyoq barmoqlarining uzunligi — 1,6 metr, burun uzunligi — 5,5 metrga teng. U YUNESKOning Umumjahonmeros yodgorligi sifatida tan olingan.
9. Bomiyondagi Budda haykallari, Afg’oniston.
Buddaning ikki nafar ulkan haykallari (Buddha of Bamyan) - 55 va 37 metrga teng bo’lgan. Ular Kobuldan shimol tarafga 230 kilometr uzoqlidagi markaziy Afg’onistondning Bomiyon vodiysidagi buddistlar monastirlari majmuasiga kirgan edi. Bu haykallar dunyo hamjamiyati bilan boshqa islomiy mamlakatlarning e’tirozlariga qaramay 2001 yilda ularni “majusiylarning butlari, shuning uchun ham bu yerda ularga o’rin yo’q! Ularni tezroq yo’qotib tashlash kerak” deb hisoblagan toliblar tomonidan vahshiyona tarzda portlatib yuborilgan.
10. Xaloskor Iso-Masih haykali, Rio-de-Janeyro shahri, Braziliya.
Xaloskor Iso-Masih haykali (Christthe Redeemer) – Iso-Masihning balandligi 32 metrga teng va og’irligi 1000 tonna bo’lgan ulkan haykali Rio-de-Janeyro shahri uzra Korkovado (Corcovado) tog’ining 710 metr balandlikdagi cho’qqisida joylashgan.“Ar deko” usulida yaratilgan bu haykal xristianlikning kuchli timsoli bo’lishi bilan bir vaqtning o’zida Rio-de-Janeyro shahri uchun sanamga aylanib qolgan.
Сообщения из Facebook