Dunyodagi eng boy davlat rahbarlari
Dunyodagi eng boy davlat rahbarlari
Prezidentlarning farovonlikda hayot kechirishlari barchamizga ma’lum. Ular orasida shunday odamlar ham borki, qo‘lidagi ulkan boylik bilan butun umr farog‘atda hayotda kechirsa arziydi. Ushbu davlat rahbarlarining kim ekanligini bilasizmi?

Vladimir Vladimirovich Putin

Dunyodagi eng boy prezidentlar reytingini Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin ochib beradi. Uning bugungi kundagi boyligi 40 milliard AQSH dollariga teng. Ayrim manbalarda ko‘rsatilishicha, u "Surgutneftegaz"ning 40% va "Gazprom"ning 5%lik aksiyalariga egalikqiladi.

Ammo, rasmiy ma’lumotlarda mamlakat rahbarining faqatgina shaxsiy uyi, garaj, kichik yer hududi va bir necha avtomobillari bor ekanligi ko‘rsatiladi holos.

Ayrim mish-mishlarga ko‘ra, Vladimir Putin dunyodagi eng boy odam ham bo‘lishi mumkin. Tahminlarga ko‘ra, uning boyligi 200 milliard dollardan oshishi ehtimoldan holi emas. Prezidentga tegishli bo‘lgan va qiymati 1 milliard dollarni tashkil qiluvchi "sirli saroy", 500 million dollar evaziga sotib olingan hashamatli yaxta, 58 ta turli samolyotlar va 11 ta qimmatbaho soat ham buni isbot etishi mumkin. Ularning umumiy qiymati esa hech kimga ma’lum emas.

Rossiya prezidentining aslida qancha boylikka egalik qilishi haqida aniq bir ma’lumot olib bo‘lmaydi.

Putin gap boylik masalasi haqida borganda shunday degan edi:

"Men nafaqat Yevropadagi, balki butun dunyodagi eng boy odamman: sababi hamisha taassurotlar yig‘ib yuraman. Boyligim shundan iboratki, rus xalqi menga Rossiyadek buyuk mamlakatni boshqarishni ikki marta ishonib topshirdi".

Pxumipon Adulyadet

Reytingimizning ikkinchi o‘rnidan esa Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet joy oldi. Marhum qirolning boyligi 35 milliard dollarni tashki qiladi. Qirol 63 yil davomida mamlakatni boshqargan bo‘lib, turli mamlakatlardagi 6686 ta yer uchastkalariga ega edi. Bundan tashqari, qirol dunyodagi eng katta olmosga ham egalik qilgan.

Aslini olganda, uning mazkur boyliklari aynan o‘ziga emas, taxtdagi insonga tegishlidir. Biroq, Tailand qirolligi taxti oilaviy meros qoldirilgani sababi uning boyliklari ham keyingi qirolning qo‘liga o‘tgan. Aytishlaricha, Tailand tojining qiymati 500 million dollarga teng ekan.

 

Xassanal Bolkiax

Yanabir boy davlat rahbari Bruney sultoni Xassanal Bolkiax hisoblanadi. Uning qo‘l ostidagi shaxsiy boyligi qiymati 20 milliard dollarga teng. Ushbu pullar neft va gaz savdosidan orttirilgan.

2016 yili ABC Australia "Sulton Playboy" nomli hujjatli film tayyorlagan edi. Unda Bruney sultonining hashamatli hayoti to‘lib ko‘rsatib beriladi. Badavlat sulton qimmatbaho mashinalarning ashaddiy ishqibozi, uning qo‘l ostida 500 dan ortiq Rolls-Royces mashinalari, yaxtalar va mehmonxonalar mavjud.

Sultonga tegishli bo‘lgan saroy esa "Dunyodagi eng katta yashash joyi" sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan. Bir tasavvur qilib ko‘ring, ushbu saroyda 1778 ta xona mavjud!!!

Abdulla bin Abdulaziz al Saud

Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla bin Abdulaziz al Saud ham Bruney sultoni kabi neft orqali anchagina boylik yig‘ib olgan edi. Unga tegishli bo‘lgan boyliklar 18 milliard dollarni tashkil qiladi.

Uning oila a’zolari soni 25000 kishiga teng va barchalari juda hashamatli hayot kechirishadi. Qirollik oilasi a’zolari haqiqiy ertaklardagi kabi umr kechiradilar.

Bundan 4 yil avval vafot etgan qirol hayotlik vaqtlarida juda shafqatsiz bo‘lgan. Aytishlaricha, o‘z vaqtida 90 kishi qatl qilishga farmon bergan ekan.

Xalifa Bin Zayd Al Naxayan

Yana bir badavlat prezident BAA rahbari, Abu-Dabi amiri Xalifa Bin Zayd Al Naxayan bo‘lib, uning boyligi 15 milliard dollardan ortadi. Oilasining umumiy boyligi esa 150 milliard dollarni tashkil qiladi. 

Shayxni o‘z mamlakatidagi odamlar juda ham yaxshi ko‘rishadi. Butun dunyoga mashhur bo‘lgan Burj Xalifa osmono‘par binosi ham aynan uning sharafiga shunday nomlangan.

 

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook