просмотров
Dronlardan xushchaqchaq vaqtichog’lik maqsadida yoki jiddiy ish bajarish uchun foydalansa bo’ladi. Yil sayin avvalgidan yanada ko’proq vazifalarni bajara oladigan yangi takomillashtirilgan kvadrokopterlar paydo bo’lib boryapti.
Sizlarga 5 nafar o’ziga xos noyob kvadrokopterlar to’g’risida ma’lumotlarni tayyorlaganmiz.
5-chi o’rin.
Bu dron quyosh energiyasidan quvvatlanib uchadi. U quvvatlanishning alternativ manbaidan tashqari oddiy kvadrokopterdan farqi yo’q. Bu modelning istiqboli porloq, chunki hozirgi paytda fan har qanday usullar orqali ekologiyani himoya qila oladigan quvvatlanishning alternativ manbalarini topish yo’lida sa’y-harakatini ayamayapti.
4-chi o’rin.
Odatda dronlarning kattaligi juda ham katta bo’lmaydi. Biroq shundan ham kichikroq kvadrokopter yaratigan. Uning kattaligi atigi 4 x 4 x 2 samtimetr. Shunga qaramay uning ichiga giroskop hamda akselerometr o’rnatigan. SHunday qilib bu mittivoy yaxshiniga akrobatik hunarlarni namoyon qilishga qodir. Bu nodir texnologik durdonaning og’irligi bor-yo’g’i 12 grammga teng, quvvati esa 8 daqiqa parvozga bemalol etadi. Uning uchun eng xavflisi - bu shamol. Shamol salgina kuchliroq esguday bo’lib qolsa kvadrokopterni qaytib topa olmaysiz.
3-chi o’rin.
Hamma dronlar ham bir hil andozaviy ko’rinishga ega emas. Britaniyalik talabalar tuyaqush ko’rinishida dronni ishlab chiqib o’z yaqinlarini hayratda qoldirmoqchi bo’ldilar. Aslida, tuyaqush umuman ucha olmasligidan xabaringiz bo’lsa kerak. Parvoz qilayotgan “tuyaqush” ko’pchilikni hayratda qoldirish bilan birga ayrimlarni o’lguday qo’rqitib yubordi. Lekin, bu birinchi marta shunday qilinayotgan hodisalardan emas. Yaqindagina dronda mushukni uchirishdi. Bu ham juda qiziq tomosha bo’lgan. Tuyaqush-dronni yaratuvchilarining aytishi bo’yicha eng qiyini taksidermist, ya’ni tulumchi uchun tuyaqushning jasadini topish bo’lgan.
2-chi o’rin.
Bugungi kunda har bir uyali aloqa vositasi bor odam hech bo’lmaganida bir marta selfiga suratga tushgan bo’lsa kerak. Albatta, muxandislar bu trend bilan foydalanmay qolishga yo’l qo’ya olmaydi. Kvadrokopterning Nixie modeliagar qo’l bilan tayoqchaning uzunligi yetarli bo’lmasa undan foydalanib selfiga suratga tushish uchun maxsus yaratilgan.
1-chi o’rin.
Ehtiromli birinchi o’rinni albatta qutqaruvchi dron egallaydi. Avval aytilganidek, kvadrokopterlar nafaqat ko’ngilhushlik, balki jiddiy maqsadlarda ham ishlatiladi. Olimlar tinmay moslamalarni takomillashtirib boryapti. Bugungi kunda jamiki borkuchlar bilan Pars qutqaruvchi robot yaratilmoqda. Olimlarning g’oyasiga ko’rabu robot bort ortida qolgan odamlarni qutqarishi kerak. Dron cho’kayotgan odamning oldiga qutqarish chambaragi bilan birga uchib borish imkoniga ega. Olimlarning aytishicha, yaqin kelajakda ular bir uchganda bira to’la 15 gacha qutqarish chambaragini tashiy oladigan dronlarni yaratadi.
Сообщения из Facebook