просмотров
Qirolicha Yelizaveta II ning chevarasi, Kembridj gersogi va gersoginyasining to‘ng‘ich farzandi Jorjni dunyodagi eng mashhur bolakay deya atashlari bejizga emas.
U tug‘ilguniga qadar mana shu nomga munosib ko‘rilgan edi. Bugungi kunda esa o‘zining singilisi Sharlotta va kichkintoy ukasi Luining katta akasiga aylangan. Uning tug‘ilgan kuni munosabati bilan Kensington saroyida yangi rasmiy portretlari e’lon qilib boriladi.
Jorj 2013 yilning 22 iyulida Londondagi Avliyo Mariya shifoxonasida dunyoga kelgan. Aynan mana shu yorda uning otasi shahzoda Uilyam, amakisi shahzoda Garrilar ham dunyo yuzini ko‘rgandilar.
Bolakayning to‘liq ismi - Jordj Aleksandr Lui.
An’analarga qarshi tarzda, u Bukingem saroyida emas, Sent-Jeyms qirollik ibodatxonasida cho‘qintirilgan.
Jorj taxtga o‘zining bobosi shahzoda Charlz, otasi Uilyamdan keyingi uchinchi da’vogar hisoblanadi.
Agar bolakay qirol bo‘lsa, Jorjni Georg VII, deb ataydilar.
Mittivoy shahzodaning eng sevimli kitobi - “O‘t o‘chiruvchi Sem”dir.
Jorj samolyot va vertolyotlarni juda yaxshi ko‘radi. Aytishlaricha, kelajakda uchuvchi bo‘lishni orzu qilar emish.
Jorj aksariyat hollarda oilaning boshqa farzandlari bilan ota-onasining safarlariga xamrohlik qiladi.
Сообщения из Facebook