просмотров
1. Canal Taxi(Tailand). Tailandning poytaxti Bangkokdagi kanallar tarmoqlarida kezib yurganbu bahaybat va sershovqin qayiqlardan har yili minglab aholi vakillari vaturistlar foydalanadi. Bu qayiqlar mahalliy aholi uchun zarurat bilan bir vaqtning o’zida fahrlanish vositasibo’lsa, turistlar uchun ular ekstremal hislarga to’lib ajoyib zavqlanish vako’ngil ochish vositasidir.
2. Djonk — motor o’rnatilgan bu an’anaviy xitoy qayiqchalari Gonkongdagi juda ommabop xarakatlanish vositasidir. Darvoqe, yaxshilab eslab ko’rsangiz, dastlab ularni mashhur Bryus Li “Ajdahoning chiqishi” badiy filmida keng ommaga tanishtirgan.
3. Segvei (AQSH). Bu o’zi muvozanatlasha oladigan elektr samokat Amerika Qo’shma Shtatlarida juda keng tarqalgan transport vositasi. Uni 2001 yilda Din Keymen ixitiro qilgan.
4. Giroskuter elektromotor yordamida muvozanatni saqlay olish hisobiga ishlaydigan harakatlanish vositasini aks ettiradi. Moslama oldiga va orqaga harakatlanish bilan birga bemalol burila oladi ham.
Giroskuterlarning boshqa harakatlanish vositalaridan ustunlik tomoni boshqarishning osonligi, atrof-muhitga zararsizligi va har qanday manyovrga moslashuvchanligi. Buning ustiga tuzukkina tezlikka erisha olishi mumkin. Giroskuter zamonaviy intellektual harakatlanish vositasi.
5. “Amfibus” yoki avtobus-amfibiya (Gollandiya). Bu quruqlikda qanday yursa, suvda ham huddi shunday bemalol harakatlana oladigan universal transport vositasidir. Avtobus-amfibiya elliktaga yaqin yo’lovchilarni sig’dira oladi, va shunindekRotterdam shahrining juda ommabop diqqatga sazovor narsasidir.
6. Avtobus-tuya (Kuba). Bu transport vositasi ustomonlik bilan avtobus va yuk mashinasi qo’shilishi hisobiga vujudga kelgan.300 nafar odamni tashiy oladigan bunday o’ziga xos avtobus yaqindagina foydalanishdan chiqarildi.
7. Germaniyaning Vuppertal shahrida osma temir yo’l 1901 yildan buyon xizmat qiladi. “Osilib turgan” poezd 13,5 kilometr yo’lda harakatlanib kuniga chamasi 82 ming yo’lovchilarni manzillariga yetib olishga yordam beradi.
8. Maglev yoki magnit yostiqchadagi poezd soatiga 431 kilometr tezlikka erisha oladi va Shanxayda Pudun (Pudong) shahrining markaziy qismidan Pudun xalkaro aeroportiga harakatlanadi. Maglev — bugungi kundagi eng tez yurar poezd.
9. DUKW (BuyukBritaniya) — bu turistlarga Londonning manzaralarini quruqlikdan va Temza daryosidan tomosha qilish imkonini beradigan yana bir avtobus-amfibiya.
10. Felyuga (felucca) — bu yog’ochdan yasalgan an’anaviy misr yelkanli kemasi. Misrliklar felyugalardan ming yillardan beri foydalanib kelmoqda. Yelkanli kemalar Misr madaniyatining uzilmas va muhim qismi hisoblanadi.
11. Veloriksha (cyclo). Bu uch g’ildirakli velotaksilardan Vyetnamda, asosan poytaxti Xanoyda foydalaniladi. Velotaksi yordamida mahalliy aholi va turistlar odamlar soni o’ta ko’p shaharda bemalol harakatlana oladilar.
12. Kambodjadagi bambuk temir yo’li. Temir yo’lda yuradigan motorli bu g’alati aravalar bambukdan tayyorlangan. Ular soatiga 40 kilometr tezlikda yura oladi va harakatlanishning eng tejamkor usullaridan biri.
13. Barco detotora (Peru). Bu o’ziga xos noyob qayiqlar “totory” — Peruda o’sadigan qamishdan tayyorlangan va mahalliy baliqchilar bilan birga turistlar orasida judakeng ommaboplikdan foydalanadi.
14. Liftlar (Chili). Yog’och liftlar XX asrning boshida Chilidagi Valparaiso port shahrida tashrif buyurgan barcha odamlarni baland adirlarda joylashgan hududlarga olib chiqish uchun qurilgan. Hozirgi paytda bu liftlardan asosan Valparaiso manzalarini balanddan turib ko’rish istagidagi turistlar foydalanadi.
15. Rikshalar Yaponiyada19 asrdan boshlab ishlatiladi va yapon madaniyatining uzluksiz qismi sifatida namoyon bo’ladi.
Сообщения из Facebook