просмотров
Lotereyada yaxshigina yutuqni yutib olib uni serhasham yaxta sotib olish uchun sarflash mumkin. Ajoyib orzular yaxtasini!
Sizlarning e’tiboringizga har bir inson bemalol o’zining orzulari ro’yxatiga qo’shib qo’ya oladigan bir necha mislsiz dizaynerlik yaxtalarini havola qilamiz!
Tropik jannatmakon orol
Bu britaniyalik Yacht Island Designs kompaniyasi amalga oshirishni rejalashtirib qo’ygan yaxta loyihasi. Yaxtada VIP mehmonlar uchun lyuks toifasidagi to’rt xona va yaxta egalari uchun vulqonning ichiga o’rnatilgan misli ishonib bo’lmas hashamatli kayuta mavjud. Kinozal, kutubxona,o’yinlar xonasi, trenajyor zali, sauna – bu yerda hamma narsa bor!
Asosiy palubada basseyn, mehmonlar uyi va ochiq havodagi bar ham joylashtirilgan. Vulqondan suv oqimlari to’g’ridan-to’g’ri basseynga kelib tushadi, g’oyat qoyilmaqom sharshara hosil bo’ladi.
Eng katta qayiq-quyosh batareyasi
Planet Solakompaniyasi o’ziga quyosh batareyasi o’rnatilgan juda kamyob Turanor qayig’ini yaratdi. Bu dunyodagi eng katta qayiq-quyosh batareyasidir. Bu yaxtaning og’irligi 8,5 tonnaga teng. Quyosh energiyasini o’zida to’playdigan ion-litiyli batareyalar tufayli ushbu qayiq uch sutkagacha bemalol harakatlanishi mumkin.
Yaxta-kosmik kema
Adastra – bu 42 metrli yaxta. U Tinch okeani bo’ylab sayohatlar uchun mo’ljallangan. Zamonaviy yaxtada bor vazifalarning o’ziga hoslaridan biri Adastra kaliti vazifasi - uniIpad orqali boshqarish mumkinligidir. Bunday yaxtani qurib bitkazish uchun besh yildan ortiqroq vaqt kerak bo’ldi. Uning qiymati 15 million AQSH dollaridan ko’proqqa tushdi.
Dunyodagi eng uzun xususiy yaxta
Hozirgi paytda dunyodagi eng qimmat yaxta – qiymati 800 millionga AQSH dollariga teng bo’lgan Eclipse nomli yaxtadir. Uning egasi rossiyalik milliarder Roman Abramovich sanaladi. Yaxtaning ikkita vertolyotlar maydonchasi, 24 nafar mehmonlar uchun kayutalar, ikkita basseyn, bir necha jakuzilarva disko-zallari bor.
Shu bilan birga yaxtada uchta qayiqcha va 50 metr chuqurlikka sho’ng’iy oladigan mini suv osti kemasi ham mavjud. Yaxtani boshqarish uchun tahminan 70 kishi kerak bo’ladi.Uning uzunligi 164 metrni tashkil etadi.
Suvning ustidagi zamonaviy hayratomuz uy
X-Architects kompaniyasi suv ustidagi uyning o’ziga xos loyihasini yaratdi. Uning kattaligi 20 metrga 6,7 metr o’lchamda. Uyning ustki palubasida oshxona, mehmonxona va ovqatlanish xonasi joylashgan. Pastki palubada yotoqxonalar, vannaxona va kema-uyni boshqarish kabinasi joylashtirilgan.Bu uyda shuningdek, solyariy sifatida foydalansa bo’ladigan ayvon ham bor.
Unga vintsimon zinapoyadan chiqsa bo’ladi. Interyer zamonaviy mebelli yumshoq pastel tuslarni ifoda etadi. Serhasham santexnika bu uyga eng zamonaviy va juda qulay muhitni bahshida qiladi. Kechki yoritish vositalari suvdagi bu uyni yanada jozibaliroq qiladi.
Yuqori tezlikka ega yaxta-amfibiya
Yaxta Iguana 29 Amphibio suvdan ko’tarilib quruqlikda ham bemalol harakatlana oladigan yuqori tezlikka ega yaxtadir. Yaxtaning qurilmasida g’ildiraklari yo’q, biroq bir juft surib chiqariladigan gusenitsalar ko’zda tutilgan. Shular yordamida u quruqlikda harakatlana oladi.
Super-yaxta
Alloy Yachts Vertigo 220 Super yacht arxitektor Philippe Brand tomonidan yaratilgan. Katta 67 metrli yelkanli yaxta burnining uchidan quyruq qismigacha juda serhasham ko’rinishga ega.
Oculus – hashamatning yorqin namunasi
Oculus ‒ uzunligi 76 metrga teng kamyob va serhasham super-yaxta. Schopfer Yachts LLC kompaniyasining mutaxassisi Kevin Schopfer tomonidan ishlab chiqilgan bu yaxta ulkan okean balig’ining skeletini eslatadi
U futuristik dizaynga ega bo’lgan o’zining eng zamonaviy kayutalarida 12 kishigacha joylashtirishi mumkin. Bu yerda vanna, omborxona, ikki qavatda joylashgan oshxona lift va yaxta egalari uchun lyuks toifadagi nomer joylashgan.
ORSOS Islands yaxta-orol
ORSOS Islands nemis kompaniyasi orol ko’rinishida bo’lgan hayratga soluvchi ulkan yaxta loyixasini ishlab chiqardi. 929 kvadrat metrga teng bo’lgan maydonda judamuhtasham xonalar, quyosh panellari, mehmonxona, oshxona va xatto kinozal ham joylashgan.Uning qiymati 4,6 million AQSH dollariga teng.
Suvdagi shahar
Hashamatli barchani yaratishga intilayotgan bu tashabbus suvda xaqiqiy shaharni aks ettiradi. Kaliforniyaning qirg’oqlari yonida, Silikon vodiysidan atigi bir necha kilometr uzoqlikdagi bu shahar yosh mutaxassislar uchun yaratilgan. Unda yashash bir oyiga 1600 AQSH dollariga teng.
Сообщения из Facebook