просмотров
Eng qimmatbaho ko’zoynak
O'zingizga yoqib qolgan ko'zoynak uchun qancha pul to'lashga tayyorsiz? Yuz dollarmi? Ikki yuz? Yoki maksimal uch yuzmi? Ammo Dolce & Gabbana moda uyi dizaynerlari o'zlarining asarlari uchun deyarli 400 ming AQSh dollari so'radilar. Va uni sotdilar! Ushbu erkaklar ko'zoynagi modeli dunyodagi eng qimmat ko’zoynakka aylandi. Ko’zoynakning ramkasi qimmatbaho toshlar va metallardan yasalgan. Shakli- klassik "aviator".
Ushbu ko'zoynak shakli "Aviator" deya nomlanadi.
Eng mashhur ko’zoynak
Ray Ban savdo belgisidan afsonaviy "Yo'lchilar" ko’zoynagi bir necha o'n yillar davomida eng talabgir modellaridan biri bo'lib kelgan.
Shuni ham ta'kidlab o’tish kerakki, Ray Ban brendining ilk ko’zoynaklari uchuvchilar uchun yaratilgan.
Eng qulay ko’zoynak
Har doim sirpanib ketadigan ko'zoynakdan charchadingizmi? CliC Products bu muammoni hal qildi. U quyoshdan himoya qiluvchi noodatiy ko'zoynaklar ishlab chiqardi. Ha, ular muvaffaqiyatli ravishda old tomondan magnit bilan "mahkamlangan" ko’zoynakni yarata olishdi.
Eng keng ko’zoynak
Bir marta tadbirkor Rik Elmor g'ayrioddiy qiyinchiliklarga duch keldi: do'konda ko’zdan kechirgan barcha quyoshdan himoya qiluvchiko'zoynaklari, bir so’z bilan aytganda aytganda oddiy odamlar uchun ishlab chiqarilgan. Rik sezilarli og'irligi bilan ajralib turardi - uning vazni130 kg. Erkak bu adolatsizlikni to'g'irlashga qaror qildi. U semiz odamlar uchun ko'zoynaklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o'z kompaniyasiga asos solgan va bosh aylanasi 65 santimetrdan oshgan insonlar muammosini yechib bera olgan.
Musiqali ko’zoynak
Oakley musiqa ixlosmandlarini xursand qilish uchun pleer ko'zoynaklarini chiqardi. Zanjirga o'rnatilgan sig'imli batareya yetti soatgacha ishlaydi. Ushbu ko'zoynaklar sport bilan faol shug'ullanadigan odamlar uchun yaxshi tanlovdir. Ular mashg'ulotlar paytida velosipedda sayr qilish, ertalab yugurish jarayonlarida zerikmasliklari uchun - musiqiy aksessuar sevimli qo'shiqlarini ijro etib turadi.
Eko ko'zoynak
Ekologik uslub uzoq vaqtdan beri trendda. U quyoshdan saqlaydigan ko'zoynakka qadar yetib bordi. IWood brendi ko’zoynaklari uchun ramkalar qimmat eko yog'ochdan qilingan. Buning uchun o'rmonlar daraxti emas, balki maxsus o'stirilgan daraxtlar kesiladi. Har bir ko'zoynak modeli usta optiklar tomonidan qo’l mehnati asosida tayyorlangan.
Fotoapparatli ko’zoynak
ProCam XR2 ko'zoynaklari Instagramni sevuvchilar uchun haqiqiy foyda. Endi siz doimo yoningizda kamera olib yurishingizga hojat yo'q - ko'zoynaklar ichiga o'rnatilgan kamera yordamida har qanday rasm sizda muhayyo!
Сообщения из Facebook