просмотров
Har qanday hamyonni bo'sh qoldiradigan o'nta eng qimmat taom va mahsulotlar haqida ushbu maqolamizdan bilib olishingiz mumkin.
Eng qimmat kartoshka
La Bonnotte kartoshkasida yoqimli yong'oq lazzati va limon aromati bor. Bu kartoshkaning navi 1930-yillarda paydo bo'lgan, ammo u birinchi o'n yilliklarda talabga ega emas edi. Noyob kartoshkaga taniqlik 1995 yilda keldi va narxining oshishiga sabab bo'ldi: o'shanda 1 kg mahsulot uchun rekord narx belgilandi - 475$, va shundan beri u doimo o'sib bormoqda.
Kartoshka Atlantika okeanidagi Frantsiyaning Nurmuatye orolida o'sadi. Narxining balandligi uni yetishtirish usuli bilan bog'liq.
Kartoshka dalalari faqat nasldan naslga o'tib borayotgan texnologiya yordamida dengiz o'tlari bilan o'g'itlantiriladi. Ushbu nav faqat qo'lda ekiladi va yig'ib olinadi va bir kilogramm narxi 500 yevroga teng.
Eng qimmat chuchvara
Eng qimmat chuchvara Bronks hududida joylashgan "Oltin Geyts" restoranida rus muhojirlari uchun tayyorlanadi. Taomning narxi yuqoriligi ungagi mol, losos va cho'chqa go'shtidan tashqari, dengiz qa'rida yashaydigan mash'al balig'ining bezi qo'shilganligi sabablidir.
Aynan ana shu baliq bezi sababli chuchvara past yorug'likda ko'k-yashil rangda yonadi. 8 ta chuchvaraning narxi 2 400$, 16 taniki esa 4 400$ ga teng.
Eng qimmat ikra
Beluga-albinos - bu Kaspiy dengizida yashaydigan yirik osyotr balig'idir. Albinos beluga tillarang ikrasini juda kamdan-kam hollarda - har 100 yilda bir marta qo'yadi, shuning uchun uning narxi juda yuqori.
1 kilogramm uvildiriq (ikra) ning narxi 8 500 yevroga teng.
Eng qimmat qo'ziqorin
Oq trufellar - dunyodagi eng qimmat taom. Bir dona qo'ziqorinning narxi 2 000 yevro. Bu trufellarda o'ziga xos hid bor, ammo shunga qaramay u har-xil taomlar bilan birga iste'mol qilinadi.
Dunyoda iqlim o'zgarishi sababli, bu trufellarni yetishtirish yildan yilga qiyinlashib bormoqda.
Eng qimmat mol go'shti
Wagyu yapon marmar mol go'shti dunyodagi eng mazali, mashhur va qimmatbaho go'shtlardan biridir. U ajoyib xushbo'y hidli, marmarligi A4 va taniqli yog'li tuzilishga ega. Bunday go'shtni beradiganYaponidagi Vagyu naslli zotdor novvoslarga olijanob xo'jayinlarga qaragandek munosabatda bo'lishadi: ular massaj oladilar, pivo ichadilar va klassik musiqa tinglaydilar. Bunday go'shtning 1 kg narxi 450 dollarga boradi.
Eng qimmat pishloq
Dunyodagi eng qimmat pishloqlardan biri bug'u pishloqlari hisoblanadi. Bu pishloq faqat bir joyda tayyorlanadi - Shvetsiyadagi Moose House fermasida. Uni tayyorlash uchun bu'gu sutidan foydalaniladi. Rangi oq bo'ladi, narxi 1 000 yevro 1 kilogramm uchun.
Eng qimmat sho'rva
Bu sho'rva qaldirg'och so'lagidan tayyorlanadi. 1 kilogramm narxi 3 000$. Bunday qimmat narx kerakli masaliqlarning qiyin topilishi bilan bog'liq - qaldirg'och so'lagini faqatgina uning uyasidan topish mumkin. Ular uyalarini juda ham baland va noqulay joyga qurishadi.
Eng qimmat qahva
Kopi-luvak qahvasini tayyorlash uchun qahva daraxtining yangi mevalari musang nomli hayvonlarga beriladi. Bu hayvon qahvani yeb, hazm qiladi va ichi bo'shaganda qahva donachalarini tushuradi. Bunday qahva donachalari odamlar tomonidan yig'ib olinadi, yuvib-tozalanadi va quyoshda quritiladi.
Tailandda tayyorlanadigan Black Ivory navli 1 kilogramm qahva 1000$ turadi. Bu qahva navini yetishtirish uchun uni fillarning hazm qilish tizimidan o'tkazish kerak bo'ladi. Daromadning 10% i fillarga veterinar yordam ko'rsatish hamda ularning dori-darmoni uchun ajratilinadi.
Eng qimmat ziravor
Narxi 1 kilogramm uchun 400$ dan 1 000$ gacha bo'lishi mumkin. Bunday qimmatligi sababi, zafaron yiliga atigi 7 kun (kuzda) gullaydi. 1 kilogramm zafaron tayyorlash uchun o'rtacha 300 ming gulni terib olish kerak bo'ladi.
Eng qimmat pitsa
Royal 007 pitsasini Domeniko Krolli ismli oshpaz 4 200$ ga tayyorlagan, va bu dunyodagi eng qimmatbaho taomlar ro'yxatiga kiritilgan. 30 santimetrlik pitsada konyakli tuzlamaga botirilgan lobster, shampanskiy qo'shilgan ikra, dudlangan losos, uksus, bug'u go'shti va porshuta bor hamda bularning hammasining ustidan yeyishga mo'ljallangan 24 karatli zarhal quyilgan.
Сообщения из Facebook