просмотров
Sofitel mehmonxonasidagi qora rangli archa - $55 000
London shahrida joylashgan Sofitel mehmonxonasining taniqli archasi 200 ta oltin butilkalar bilan bezatilgan bo‘lib, ularning har biriga oliy sifatli ichimliklar to‘ldirib chiqilgan.
Archa qo‘l mehnati asosida billur buyumlar dizayneri tomonidan yaratilgan. Archani yagona nusxadagi betakror qandil yoritib turadi.
Ginza Tanaka zargarlik do‘koni archasi - $468 000
Tokiodagi Ginza Tanaka zargarlik do‘koni xodimlari ham, uning rahbari ham tilla buyumlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Do‘konga joylashtirilgan antiqa archa uchun esa 12 kg sof oltin sarf etilgan.
Tilla archaning o‘ziga xos bezaklari har bir insonni hayratga solib qo‘yishga qodir, shunday emasmi?
"Soo Kee Diamond Tree" zargarlik do‘koni archasi, - $1 mln.
Dunyodagi eng qimmatbaho archalarning yana biri Singapurda joylashgan bo‘lib, uni Burgis Junction savdo markazidan topishingiz mumkin. Markaz ma’muriyati dizayner Su Ki janoblariga mutlaqo yangi g‘oya o‘ylab topish kerakligi haqida aytgan. 6 metrli va og‘irligi 6 tonnaga teng keladigan archa umumiy og‘irligi913 karatga teng bo‘lgan 21 798 ta olmos bilan bezatilgan. Tomoshabinlar olmoslarni yanada aniqroq ko‘rishlari uchun archaga 500 ta lampochka o‘ranatib chiqilgan.
Kapitoliy yonidagi ulkan archa - $1 mln
Ushbu archa tabiiy bo‘lgani sababli ham uning balandligi 20 metrdan oshadi. Archa minglab chiroqlar bilan bezatilgan, ammo Kapitoliy archasidа birorta ham olmos yoki tilla bo‘lagi ko‘zga tashlanmaydi. Archa tabiiy bo‘lgani uchun mutlaqo o‘zgacha ko‘rinish kasb etgan.
"Takashimay" univermagidan "Roza-mini" archasi - $1,8 mln
"Takashimay" univermagi odamlarni lol qoldirishning butunlay o‘zgacha usulini o‘ylab topdi. Ushbu archa balandligi atigi 40 santimetrni tashkil qiladi holos. U atirgullardan tashkil topgan kichik dasta shaklida bo‘lib, gullarning yaproqlariga Avstraliya va Afrika olmoslari bilan ishlov berilgan.
Swarovski Crystal archasi - $1,8+ mln
Ushbu betakror archa har yili Gongkong aeroportining markaziy zaliga o‘rnatiladi. Uning balandligi 16 metrga teng bo‘lib, daraxt 20 millionta mayda oltin zarralari va Avstriyadan olib kelingan Swarovski toshlari bilan bezatilgan.
Emirates Palace mehmonxonasidagi ulkan archa - $11,4 mln.
2010 yili insoniyat tarixidagi eng qimmatbaho archa Abu-Dabi shahridagi Emirates Palace Hotel binosida qad ko‘tardi. Daraxtning umumiy qiymati birnecha ming dollarga teng bo‘lgan, qolgan pullar esa archani bezash uchun xizmat qilgan olmoslar, tilla,marvarid, sapfir va zumrad toshlari uchun ishlatilgan.
Сообщения из Facebook