Dunyodagi eng toza suvga ega bo’lgan ko’rkam plyajlar
 Dunyodagi eng toza suvga ega bo’lgan ko’rkam plyajlar
Agar siz dengiz bo’yidagi yozgi dam olishga tayyorgarlik qilayotgan bo’lsangiz, albatta billurdek tiniq suvda cho’milgingiz keladi. Dunyoda qirg’oqlari mislsiz tiniq suvlarga ega bo’lgan joylarning soni juda ko’p bo’lishiga qaramay, quyidagi ro’yxatda siz dengiz suvi aynan dunyodagi eng tiniq deb topilgan qirg’oqlar bilan tanishasiz. Mana, dunyodagi eng suvlari tiniq plyajlar, ko’rfazlar va orollaring ro’yxati.

10. Porto Katsiki Plyaji (Porto Katsiki Beach), Lefkada, Gretsiya

Bu yerga faqatgina ko’pincha turistlarga to’lib ketgan ingichka yo’lakchalar orqali kelish mumkin. Keyin qoya bo’ylab juda katta bo’lmagan egri-bugri zinadan biroz yurishga to’g’ri keladi. Bu xilvat jannatmakonga yetib borishning eng oddiy usuli kirakash qayiqchalar bo’lsa ajab emas. Ammo, ishoning, sayohat bunga haqiqatdan ham arziydi. Aslida, bu O’rta yer dengizining 10 ta eng zo’r plyajlaridan bittasi. 

9. Fulxadxu, Goidu, Maldiv orollari

Fulxadxu – bu Hind Okeanining o’rtasida joylashgan orol. U hayotni oroldagi tub aholining ko’zibilan qarash istagida bo’lganlar uchun a’lo darajada mos keladi. Bu Maldiv orollarining asosiy qismidan tezkor katerda ikki soatlik yo’l masofasi uzoqligida joylashgan haqiqiy tropik jannat. Unda turistik diqqatga sazovor joylar yo’q, faqat birgina mehmonxona bor. 

 

Turistlar bu yerdagi mahalliy aholisining qoidalariga rioya qilishlari shart, ya’ni bikinida yurish (g’arbiy plyaj sarhadlaridan tashqarida mumkin) va spirtli ichimliklarini iste’mol qilish mumkin emas. Palmalar, koral riflar, rang-barang baliqlar qurshovida siz Maldiv olamini tadqiq etish uchun barcha sabablarni topa olasiz. 

8. Ipil Plyaji, El-Nido, Palavan, Fillippin

Bu plyajni turistlar makoni, deb bo’lmaydi. Bu erga etib kelgandang so’ng atigi bir necha mahalliy aholi vakillaridan tashqari bir o’zingiz ekanligingizni sezib hayratda qolarsiz, balki. Bu yerda maymunlarni, ko’plab korallarni, palmalarni va do’stona toshbaqalarni ko’rishingiz mumkin. Tog’lar zaminida mislsiz manzara paydo bo’ladi, quyoshning botishi esa ertaklardagidek, go’yo. 

7. Dam Trau plyaji (Dam Trau Beach), Baria-Vungtau provintsiyasi, Vyetnam

Dam Trau plyaji aeroportning shunday yonginasida, shuning uchun ham bu yerda tez-tez boshingiz uzra atigi bir necha metr balandlikda uchayotgan samolyotlarni ko’rishingiz mumkin.Bu plyaj qisman tropik changalzorlar, bambuk va qarag’ay o’rmon bilan qurshab olingan, shuning uchun, go’yo o’zingizning kichik bir xilvat behisht olamingizdagidek taasurotlar vujudga keladi. Plyajga sezilarli darajadagi o’nqir-cho’nqir yo’lakcha orqali yetib olsa bo’ladi. Ushbu yo’l oxir-oqibat ajoyib xushmanzara dengiz, uchta kichgina plyaj va mayda oq qumga olib chiqadi. Bu yerda ham turistlar juda kam bo’ladi. 

6. Devils ko’rfazi, Verdjin-Gorda, Britaniya Virgin orollari

Dastlabda sizga qayiq kerak bo’ladi, keiyn biroz yo’lak bo’ylab yurishingizga yoki ko’tarilishlar va granitli bahaybat toshlarga to’la 30 daqiqali safar qilishga qaror qilishingizga to’g’ri keladi. Bu toshlar uzra faqatgina sudralib harakatlanish mumkin. Iblis ko’rfazidapastga qarab yurganda bahaybat toshlar arklar, grotlar, ya’ni tik qoyalardagi g’orlar,suv ko’tarilish basseynlari, tunellar va haqiqiy labirintga duch kelish mumkin. Shuningdek, bu yerda dayving bilan shug’ullanish, qisman suvning ichida joylashgan bahaybat toshlar oralab suzish mumkin. 

5. Elefant bich (Elephant beach), Xavelok oroli, Hindiston

Bu plyaj sportning suv turlari tufayli tanilgan. Bu sarguzasht ishqibozlari uchun juda mos keladigan joy. Suv ostida suzish (yorqin rif atigi 5 fut chuqurlikda boshlanadi), trekking, gidrosamolyotda uchish, baliqchilik, oyna tubli qayiqchada sayr qilish va xatto dengiz tubini tadqiq qilish mumkin bo’lgan sayr uyushtirish mumkin. 

4. Rebbit-Bich (Rabbit Beach), Sitsiliya, Italiya

2013 yilda dunyoga mashhur Trip Advisor turistik portalida bu plyaj dunyodagi eng yaxshi plyaj deb topilgan. Orol qit’adan 170 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning qoyali grotlarida butun bir tarix o’yib chiqarilgan. Uni arablar, yunonlar va rimliklar istilo etgan. Shuningdek siz sohildagi tarixdan avvalgi kulbalarni topishingiz va ajoyib, serhasham yo’laklar bo’ylab sayr qilishingiz mumkin. Qiziqarli bir fakt: aslida quyonlar sharafiga nomlangan bu orolda ushbu mo’ynali hayvonlar juda ham ko’p emas. 

3. Navagio plyaji (kemalar halokati plyaji), Zakinf oroli, Gretsiya

Dastlabda Agios Georgios nomi bilan tanilgan ushbu plyaj hech bir mubolag’asiz halokatga uchragan kemaning qirg’oqqa chiqarib yuborilgan bo’laklari mavjud bo’lgan plyajdir. Shubhasiz,afsonalarga boy sirli kema halokati bu yerga turistlarni chorlaydi, biroq plyajning billurdek shaffof suvlari –odamlar bu yerga tashrif buyurishining asosiy sababi.

Bu plyajga yetib kelishning yakkayu yagona yo’li – dengiz trafdan suzib kelish. Sehrlovchi manzaralar qoyalarning ustida joylashgan piyodalar yo’laklari va turistlar platformalaridan ochiladi. 

2. Tropik rakaplyaji, Eksuma, Bagama orollari

Tropik Raka-Bich (shuningdek, saqoqushlar plyaji sifatida ham tanilgan) – Kichik Eksumadagi eng uzun plyaj.U 1,5 kilometrga cho’ziladi. Bu yerga uzun tuproq yo’lak orqali kelish mumkin. Bu yerdagi suv shaffof va korall yoki toshlar kabi to’siqlar umuman yo’q. O’zining joylashishi tufayli bu yerga juda kam turistlar keladi, shuning uchun ham ushbu plyajni qadr-qimmatiga yarasha haqiqiy voha deb atasa ham bo’ladi. 

1.Xanauma ko’rfazi, Gonolulu, Gavayi orollari

Ushbu plyaj go’zalligini ta’riflashga til ojiz. Siz ham shunday joyda hordiq chiqarishni istarmidingiz?

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook