просмотров
Jahl ustida ixtiro qilingan chipslar
Kartoshka chipslari AQSH kurortlaridan birining restoranida tasodifan kashf qilingan. Ushbu restoranning maxsus taomi – qovurilgan fri kartoshkasi edi. Kunlarning birida ushbu oromgohda dam olish uchun kelgan temir yo’l magnati kartoshka bo’laklarining qalinligi, shu bois ular yaxshi qovurilmaganligidan shikoyat qiladi va taomni qaytarib yuboradi. Ta’bi nozik mijozning bu qilig’ bosh oshpazning jahlini chiqaradi va unga qasdma-qads kartoshkani maksimal darajada yupqa qilib kesib, keyin yo’qqa tashlaydi. Natijada daftar varag’iday yupqa bo’laklar hosil bo’ldi. Bosh oshpaz xo’randaning ustidan kulganday qilib ushbu kartoshka bo’laklarini unga tortdi – nozik ta’bli xo’randaga esa bu taom juda yoqib tushdi. Mana shu voqea sabab kartoshka chirslari ixtiro qilindi va bu taom restoranning maxsus taomiga aylandi.
Chips solingan paketlar azot bilan to’ldirilgan
Ko’pchilik odamlar chipslar solingan paketlar havo bilan shishirilgan, deb hisoblaydilar, biroq bu noto’g’ri. Havoning tarkibida kislorod bor, u chipsdek mayin va nozik mahsulot uchun zararlidir. Havo ta’sirida chips mazasini tezda yo’qotadi va taxir bo’lib qoladi.
Shuning uchun paketlar havo emas, azot bilan to’ldiriladi. Azot ta’sirida chipsning mazasi buzilmay saqlanadi hamda paketlarning transportirovkasi uchun amortizatsiya vazifasini bajaradi.
Chipslar semizlikka olib keluvchi eng eng samarali mahsulot
Tanani semizlikka olib keluvchi eng xavfli mahsulotlar – bu trans yog’lardan foydalangan holda tayyorlanganlaridir. “Tez” uglevodlar bilan to’yingan yuqori kraxmalli mahsulotlarning zarari ham kam emas. Yog’da qovurish esa mahsulotning ustki qismida kimyoviy kantserogen o’zgarishlarga olib keladi. Bulardan tashqari, ko’p miqdordagi tuz mahsulotlarning ozuqa sifatini kamaytirib, ko’proq yeyishga undaydi, natijada esa ortiqcha vazn kelib chiqadi.
Bu sifatlarning barchasi chips deb nomlanuvchi qovurilgan kartoshkaga tegishli. Aynan chipslar taomlarning zararli sifatlari bo’yicha kartoshka fri va koka –kolani ham ortda qoldiradi.
Сообщения из Facebook