просмотров
Dunyodagi birinchi metro Londonda paydo bo‘lgan.
XIX asr o‘rtalarida Angliya poytaxti aholisi 2 million kishini tashkil etar va uning bir tumanidan ikkinchi tumaniga qadar etib olish katta muammolarni keltirib chiqarardi. 1855 yilda shaharda er osti temir yo‘l transportini qurish haqida rasmiy qaror qabul qilindi. Ushbu ishni o‘z bo‘yniga olgan kompaniya esa Metropolitan Railwaj bo‘lgan. Aytish kerakki, metroning qurilish ishlari inglizlar poytaxtining tashqi ko‘rinishini tubdan o‘zgartirib yubordi.Liniyalar transheya usulida joylashtirilgan, chuqurligi 10 metr keladigan tunnellar qazilgancha, relslar o‘rnatilib, yuqorisi g‘ishtin qoplama bilan yopilgan edi. Metro uzunligi 3600 metrga teng kelgan va o‘ziga 7 nafar bekatni jamlagan. Ushbu harakatlanish vositasini ochilishini Uels shahzodasi, mamlakatning bo‘lg‘usi qiroli Eduard VII ochib berdi. Aynan u metroning birinchi yo‘lovchisiga ham aylandi.
Birinchi metroning ko‘rinishi qanday bo‘lgan va o‘zida nimalarni aks ettirgan?
Tan olish kerak, birinchi metro ko‘rishga arzigulik manzarani aks ettirmasdi. Metro poezdlari ko‘mirda ishlagan, shu sababli yo‘lovchilarning yuzlari va liboslari qorayib qolavergan. Er ostida nafas olish esa katta muammoga aylangan. Ammo londonliklar unchalik qulay bo‘lmasa ham tezkorlik jihatidan e’tirof etishga arziydigan mazkur vositani yuksak baholadilar. Foydalanishning birinchi kunidayoq unda 30 ming nafar inson yurib ko‘rdi.
Birinchi yilda metro umumiy hisobda 9 million insonni o‘z manziliga etkazib qo‘ygan bo‘lsa, keyingi yili ushbu ko‘rsatkich 12 millionni tashkil qildi.
Asta-sekin ko‘rsatkichlar o‘sib bordi. Poezdlar rivojlandi, harakatlanish vositasining tashqi ko‘rinishi ham o‘zgarib ketdi. 1905 yilga kelib esa metro to‘laligicha elektrlashtirildi. Bugungi kunda London metrosidan kuniga 3 million kishifoydalanadi. Bu esa yillik ko‘rsatkichni 1 milliardga olib chiqadi.
Сообщения из Facebook