просмотров
1.Qo’l berib ko’rishish
Qo’l berib ko’rishish – shu odamga bo’lgan moyilligingizni bildiradi hamda salomlashishning eng qadimiy usullaridan biri hisoblanadi. Avvaliga bu narsa tinchlik va do’stlikni ifodalar edi. Hozirgi kunda esa qo’l berib ko’rishish salomlashishni bildiradi. Biroq bu qoidaning ham istisnolari mavjud.
Hindistonda qo’lni siqib ko’rishish – qadimgi odatlardan biri bo’lib, hikoh marosimining bir qismi hisoblangan. Qadimgi rimliklarda esa tantanali marosimning belgilaridan biri bo’lgan. Keyinchalik qo’lni siqib qo’yish oddiy salomlashish usuli bo’lib qoldi. Biroq ba’zi xalqlar bu narsani o’ziga xos uslubda bajarar ekanlar: masalan, masai qabilalari bir-birlarining qo’llarini siqib qo’yishdan avval o’z kaftlariga tuflab olar ekanlar. Buni yoqimli deb bo’lmaydi, biroq an’anaga rioya qilish shart.
Salomlashishning yana bir usullaridan biri – bosh kiyimni yechish. Uning tarixi ritsarlik davriga borib taqaladi, o’shanda ritsarlar o’z shlemlarini yechib, boshlarini yalang’och holga keltirib, uning himoyalanmagan ekanligini ko’rsatib, bu bilan yomon maqsadlari yo’q ekanligini ko’rsatardilar. Bu ishora ko’pgina mamlakat va xalqlarga tarqalib, butun dunyda rasm bo’lib qolgan.
2.O’ziga xos tibetcha salomlashish
Agar birov sizga qarab tilini chiqarsa, siz bundan hafa bo’lishingiz yoki o’sha odamning bunday qilig’idan ajablanishingiz tabiiy. Bunday ishorani faqatgina yosh bolalar yoki hazil tariqasida yoru-do’stlar, yaqin qarindoshlar ko’rsatishlari mumkin. Tibetda esa bunday ishora tamoman boshqa ma’noni bildiradi: bu yerda tilni chiqarib, birovga ko’rsatish unga bo’lgan chuqur hurmatni bildiradi. Uning tarixi juda qadimga – qora tilli qirol Lang Darma davriga borib taqaladi. Bu qirolning o’limidan so’ng, yomon niyati yo’qligini bildirish uchun Tibetning har bir aholisi tilini ko’rsatishdan qo’rqmas edi.
3.Kongoda salomlashish
Kongoda ham o’ziga xos salomlashish odobi bor. Avvaliga ko’rishayotganlar qo’llarni bir-birlari tarafga cho’zib, so’ngra unga puflaydilar.
4.Salomlashishmi yoki haqorat?
Deyarli barcha mamlakatlarda tuflash – yaqqol haqorat yoki norozilikni bildiradi. Keniyaning mahalliy aholisi esa bunday fikrga qo’shilmaydilar. Bu mamlakatda ro’parangizdagi odamga nisbatan hurmatni bildirish uchun unga qarab tuflash kerak.
5. O'pishib ko'rishish
Ko'plab Yevropa mamlakatlarida yonoqdan o'pish - bu samimiyat va yaqin insoningizga nisbatan bo'lgan iliq munosabatni ifoda etishning odatiy usuli. Frantsiyada, hatto uncha yaqin bo'lmagan odamlar ham uchrashganlarida, ko'pincha bir-birlarining yonoqlaridan o'pishadi va xayrlashish chog'ida ular havo bo'salarini yuboradilar yoki yuzlarini-yuzlariga tekkazib qo'yadilar. Ba'zi mamlakatlarda hatto o'pish soni ham muhimdir. Masalan, Italiya, Ispaniya va Belgiyada odamni ikkala yonoqlaridan o'pish odatiy holdir, Ukraina, Rossiya va O'rta Osiyoda ko'pincha uch marta o'pishadi, lekin Germaniyada o'pishlarga umuman ahamiyat bermaslik kerak: bu mamlakatda haddan tashqari hissiyot va sevgi muhabbat uncha qabul qilinmaydi.
6. Filipincha "Salom"
Filippinliklarda salomlashishning qadimiy an'anasi saqlanib qolingan. Uchrashganda, yoshi yoki maqomi jihatdan kichikroq bo'lgan odam, boshqa odamning o'ng qo'lini olib, peshonasiga tekkizishi kerak.
7. Afrikacha salomlashish
Afrikaning markaziy mintaqalarida odamlar bir-birlari bilan salomlashayotganlarida xushmuomalalik bilan ta'zim qilishadi va qo'llari bilan qarsak chalishadi. G'arbiy Afrikada salomlashish qo'llarning kaftlari bilan ko'krakka do'stona zarbalar urish bilan ifodalanadi.
8. Yaponcha urf-odatlar
Yaponiyada, Osiyoning boshqa ko'plab mamlakatlarida bo'lgani kabi, salomlashish muloyim ta'zim sifatida qabul qilinadi. Qoida bo'yicha siz qanchalik ko'p hurmat qilsangiz, shunchalik kam egilishingiz kerak. Yoshlar va maqomi pastroqlar esa kattalarga nisbatan ta'zim qilayotganlarida ko'proq egilishlari lozim.
9. Yangi Zelandiya hayron qoldiradi
Yangi Zelandiyaning ba'zi joylarida salomlashishning ajoyib an'anasi saqlanib qolingan - salomlashayotganlar burunlarini burunlariga tekkizishlari kerak. Bunday o'ziga xos usul qadimgi zamonlarda paydo bo'lgan. Bunday teginish nafasni ikkiga bo'lish, deb ifodalangan. Shuningdek, Yangi Zelandiyada bunday marosim insonning ichki energiyasiga yaqinlashib, uning yaxshi yoki yomonligini aniqlashga imkon beradi, deb hisoblanar edi.
Сообщения из Facebook