Eng chiroyli Bollivud juftliklari
Eng chiroyli Bollivud juftliklari
Siz yaxshi tanigan ushbu Bollivud yulduzlari oila mustahkamligi borasida ham barchaga namuna bo‘lsalar arziydi.

1. Amitabx Bachchan va Jaya Bachchan

Bollivudning eng mashhur juftliklaridan biri ekranlarda ehtirosli muhabbat dardiga chalingan oshiqlar rolini ijro eta turib, taqdir yo‘llarini bog‘lashga qaror qildilar. Ushbu ishq debochasi aktyorlar taqdirini bog‘lagan "Zanjeer" filmi edi. 1973 yili turmush qurgan yulduzli juftlikning oilaviy hayoti bir tekisda kechdi deyish qiyin, albatta. Amitabx Bachchan va Rekxa haqida mish-mishlar omma orasida bir zumda yoyilgan bo‘lsa-da, Jaya xonim oila sha’nini 45 yildan buyon sabot ila saqlab kelmoqda. Bachchanlar oilasi bugungi kunda Bollivudning eng chiroyli juftliklari qatorida yetakchi o‘rinni egallaydi.

2. Shohrux Xon va Gauri Xon

Ikki dinga topinuvchi ikki qalbning bir butunga aylanishi, oilalar qarshiligi, uzoq yillar davom etgan kurashish jarayoni... Nihoyat, Bollivudni zabt etgan Qirol Xon Gauri oila a’zolarining qalbidan ham mustahkam joy oldi va 1991 yili juftlik taqdiri bog‘landi. 

3. Rishi Kapur va Nitu Singx

Kino ixlosmandlari qalb to‘ridan o‘rin egallagan Rishi Kapur va Nitu Singx 1979 yili turmush qurishgan. O‘z zamonasining jurnalistlari bu juftlik nikohi ikki yildan ortiq davom etmasligini bashorat qilgan edilar. Biroq, barchasi ular kutganday bo‘lib chiqmadi. Nikohdan so‘ng Nitu Singx o‘zini oila va farzandlarga bag‘ishlash uchun kinoindustriyani bir umrga tark etdi. Keyinchalik aktrisa "Sevgi: kecha va bugun" filmida turmush o‘rtog‘i bilan birga epidozik rolda namoyon bo‘ldi. 

4. Boni Kapur va Shri Devi

Boni Kapur 90-yillarning eng talabgir aktrisalaridan biri bo‘lmish Shri Devini bir ko‘rishda yoqtirib qolgan. U hind sohibjamolining muhabbati uchun 15 yil kurashdi, va nihoyat aktrisa qalbiga sazovor bo‘ldi. Mazkur juftlik ko‘p yillar davomida birga umr kechirdilar. Ammo afsuski Shri Devi yaqindagina vafot etdi.

5. Ajay Devgan va Kajol

1999 yili kamgap va kamsuqum Ajay Devgan yulduzni benarvon uradigan Kajolga turmush qurishni taklif qildi. Qarama-qarshi fe’l-atvorga ega yulduzlar nikohi butun hind halqini hayratga soldi. Bugungi kunda ularning Nisa ismli qizi va Yug ismli o‘g‘li bor. 

6. Dxarmendra va Xema Malini

"Alibobo va qirq qaroqchi" filmi yulduzlari bir-birlariga ko‘ngil qo‘yganida Dxarmendra allaqachon oilali inson edi. Bu esa Xemani tashvishga solar va o‘tgan asr super yulduzining taklifiga rozi bo‘lishga yo‘l qo‘ymasdi. Biroq, oradan 10 yil o‘tib, ommaviy axborot vositalari ularning turmush qurganliklari haqida bong ura boshladi. Ular hozir ham Bollivudning eng chiroyli juftliklari qatorida tilgan olinadi.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook