просмотров
18-asrda Jon Xanvey yomg'irdan himoyalanish maqsadida foydalanadigan soyabonni ixtiro qildi. Ilgari xonimlar yog'ingarchilik paytida va yomon ob-havoda uylaridan tashqariga chiqmagan.
Mashxur rassom Van Gog muxlislari uchun ajoyib soyabon. Soyabon ostida "Yulduzli tun" rasmining bir qismi joylashgan. Bunday soyabon ostida siz sherigingiz bilan orzular og'ushida romantik sayr uyushtirishingiz mumkin.
Endigi soyabonning shakli uni kuchli shamolga bardosh berishiga imkon beradi va pastga bukilib ketishining oldini oladi. Shu tomonlama juda qulay!
Jimjimador soyabonlar. U bilan siz diqqat markazida bo'lishingiz aniq!
Hands-free soyaboni, qo'llari bo'sh turishiga muhtoj insonlar uchun juda qulaydir. Ushbu soyabon mahkamlash vositalari orqali inson tanasiga mustahkam o'rnatiladi.
Tayvandlik hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu soyabonda, odatiy temir simlar o'rniga, sim tortib olinadi, bu sizga soyabonni g'ayrioddiy tarzda kaltalash va disk shakliga keltirish imkonini beradi.
Shleymli soyabon yomg'ir va kuchli shamoldan mustahkam himoya qila oladi.
Teskari ochiluvchi soyabon. Qarama-qarshi yo'nalishda yig'iladi va o'z-o'zidan mustahkam turadi.
Shisha idish shaklidagi soyabon juda ixcham va qulay. Eng muhimi u ayollarning sumkasiga osongina joylashadi.
Origami soyaboni- o'ziga xos dizayn va qiziqarli shaklga ega.
Eng qimmat soyabon modalar uyi buyurtmasiga binoan timsoh terisidan tayyorlangan. Uning bahosi- 50 ming dollarni tashkil qiladi.
Сообщения из Facebook