Erkaklar uchun: 2020 yilda sizni qanday hodisalar kutadi?
Erkaklar uchun: 2020 yilda sizni qanday hodisalar kutadi?
2020 yil munajjimlar fikriga ko‘ra, ko‘pchilik uchun murakkab bo‘lishi kutilmoqda. Odatda, erkaklarning hayotidagi ish faoliyati va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq muammolar ularning kayfiyatlariga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Shunday ekan, kelgusi yilda hurmatli erkaklarni qanday murakkabliklar kutishi mumkinligi va ushbu hodisalarga qanday chora ko‘rib qo‘yish haqida bir qator tavsiyalar berib o‘tamiz.

Kutilayotgan 2020 yil turli burj vakillari uchun turfa hodisalarni tayyorlab qo‘ygan. Ushbu yil ayrimlar uchun o‘ta pozitiv kayfiyatda kechsa, ayrim insonlar yil davomida turli murakkabliklar bilan to‘qnash keladilar.

Diqqat: Ushbu munajjimlar bashorati faqatgina erkaklar uchun tuzilgan va u turli burj vakilalari bo‘lmish ayollarga mutlaqo mos kelmaydi.

Qo‘y

Qo‘y

Ushbu burj ostida tavallud topgan erkaklar yil boshidanoq ish borasidagi muhim vazifalarga sho‘ng‘ib ketiladi. Bu kayfiyatingizga salbiy ta’sir qilmasligi mumkin, aksincha sizdagi yashirin qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi uchun imkon beradi. Munajjimlar qo‘y burji vakillari 2020 yilda ko‘pchilik bilan tortishib qolishlari mumkin ekanligini aytmoqdalar. Biz esa qimmatli vaqtingizni tortishuvlar uchun sarf etmaslikni tavsiya qilgan bo‘lar edik.

Yil o‘rtasi va oxirida barcha muammolarga ehtiyotkorlik bilan yondoshish talab etiladi. Qo‘pollik va keskin so‘zlardan yiroq bo‘ling. Ana shunday holatdagina yil sizni pozitiv kayfiyat bilan taqdirlaydi. 

Buzoq

Buzoq

Buzoq burji ostida tavallud topgan erkaklarni bu yil juda ko‘p vazifalar kutishi aytilmoqda. Ularning aksariyati yoqimli tashvishlar bo‘lib, sizga juda ko‘p daromad olib kelishi mumkin. Daromad yaqinlashib kelayotganini ichki sezgi ovozi bilan aniqlash mumkin bo‘lib, biror vazifa qarshisida ushbu sezgi ovoziga diqqat qilish ortiqcha bo‘lmaydi. Sohangizga bog‘liq bo‘lmagan ishlarga aralashmay turganingiz durust. Ushbu yilda o‘z juftingizni uchratishingizga umid yo‘q, oilaviy munosabatlarda esa muhabbatni asrab qolish uchun o‘zaro tushunish va mehr-oqibatni kuchaytirish haqida o‘ylab ko‘ring.

Egizaklar

Egizaklar

Egizak burji ostida tavallud topgan erkaklar o‘zlarini juda ham "yaxshi ko‘rishadi". Ammo buni hammaga ham ochiq ko‘rsatmasliklari mumkin. Ular o‘zlarini dunyodagi eng qobiliyatlari va omadli inson deb biladilar. 2020 yil mazkur burj vakillari bo‘lgan erkaklar uchun ko‘plab sovg‘alar tayyorlagan. Yil davomida sizdan yaqinlaringiz, do‘stlaringiz, yoringizga ko‘proq diqqat qaratish talab etiladi. Yil boshida barcha ishlarni g‘ayrat bilan amalga oshirasiz. Bu o‘z yoringizni uchratish, ish va muloqot borasidagi masalalarda ham juda ko‘p yordam beradi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur yilda yetakchi rolida bo‘lasiz. Atrofingizdagi insonlar butun yil davomida sizning so‘zlaringizni diqqat bilan tinglaydilar. Yil oxirlariga kelib uzoq kutilgan muhabbatingizni uchratishingiz ham ehtimoldan holi emas.

Qisqichbaqa

Qisqichbaqa

Kutilayotgan yil davomida hayotiy quvvatingizni va asablaringizni asrash uchun anchagina ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Atrofingizda sizni o‘rab turgan soxta do‘stlardan uzoqroq bo‘ling. Yil avvali siz uchun juda samarali bo‘ladi, biroq asta-sekinlik bilan ishga bo‘lgan layoqat pasayishi mumkin. Faollikni qo‘ldan boy bermang, kerak vaqtda dam olib, hordiq chiqaring. Sayohat qilish, yaqinlaringiz davrasida dam olish ham sizga bu borada katta yordam beradi. 

Yo‘lbars

Yo‘lbars

Yo‘lbars burji vakili sanalmish erkaklar tabiatan juda kuchli va aqlli insonlar bo‘lishadi, shunga qaramay mazkur yilda atrofdagi insonlar ta’siriga tushib qolmaslik uchun ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yishlari lozim. 2020 yilda sizni nazorat qilishga intiluvchi odamlar keragidan ham ko‘proq bo‘ladi. Ularning ayrimlari haddan tashqari makkor bo‘lishi ham mumkin. Ular bir qarashda do‘stdek ko‘rinsalar ham, haddan tashqari ishonib yubormang. Bor diqqat-e’tiboringizni daromad, ish masalasiga qaratish tavsiya etiladi. Mehnatsevarlik sizga katta daromad, omad va e’tirofga sazovor bo‘lish imkoniyatini olib keladi. 

Sunbula

Sunbula

Har bir burj vakilining hayotida baxtning uch siri mavjud bo‘ladi. Sunbula burji vakillari aynan mana shu sirlardan mohirona tarzda foydalanishlari kerak. Birinchidan, ularning g‘ayrat bilan ish boshlashlari uchun juda katta maqsad kerak. Yanvar oyidayoq o‘zingiz uchun katta maqsad va rejalarni belgilab oling. Ikkinchidan, o‘zingizga kerakli sohani aniq belgilang. Uchinchidan, muhabbat masalasiga haddan tashqari ko‘p e’tibor berib yubormang. Zero, juftingiz siz unga e’tibor qaratmayotgan vaqtda, kutilmagan pallada paydo bo‘lishi aytilmoqda. 

Tarozi

Tarozi

Tarozi burji vakillari uchun mazkur yilning samarali va omadli bo‘lishi kutilmoqda. Yil davomida aksariyat maqsadlaringizga erisha olasiz. Biroq sizga aslida dushman bo‘lgan odamlarni do‘st deya aldanib qolmang. 2020 yil o‘rtalarida do‘stlaringizning asl yuzi ochila boshlaydi. Balki ularning ayrimlaridan hafsalangiz pir bo‘lar, ammo aynan mana shu hodisa ham yangi bir yo‘lning ochilishi uchun imkon beradi.

 

Chayon

Chayon

Ushbu burj ostida tavallud topgan erkaklar yil davomida o‘zlarini makkor insonlardan himoya qilishlari kerak. Ushbu ehtimol yil boshida haddan tashqari ortib ketadi, yilning ikkinchi yarmida esa yoqimsiz hodisalar sodir bo‘lishi ehtimoli anchagina kamayadi.

Yanvar va fevral oylarida ish masalasida kichik ko‘ngilsizliklar yuzaga kelishi mumkin. Ammo yil oxirlariga kelib, katta daromad olishingiz va ish borasida omadingiz kulishi kutilmoqda. Eng muhimi, boshlangan ishlarni yarim yo‘lda tashlab ketmang. 

O‘qotar

O‘qotar

2020 yil ushbu burj vakillari uchun juda muhim va omadli bo‘ladi. Ushbu vaqtda o‘zingiz istagan barcha narsalarni hayotingizga jalb qilishingiz mumkin. Bahor fasli boshlanishida o‘z mehnatlaringizning ilk mevalarini ko‘rasiz, yoz oylariga kelib esa hayotingizni butunlay o‘zgartirish uchun imkoniyatlar tug‘iladi. 2020 yil siz uchun imkoniyatlar yili bo‘lishi kutilmoqda! 

Tog‘ echkisi

Tog‘ echkisi

Yil boshida Tog‘ echkisi burji vakillari ishdan birozgina chalg‘ib qolishlari mumkin, bunday vaziyatda keraklicha dam olish va ishlash sharoitini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Bahor fasliga kelib hayolingizda yangi g‘oyalar aylana boshlaydi. May-iyun oylari esa yangi ish boshlash uchun ayni qulay vaqt. Yil davomida sizga moliyaviy omad hamrohlik qiladi. Sizdan talab etiladigan yagona narsa boshqalarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo‘lishdir. 

Qovg‘a

Qovg‘a

Ushbu yil siz uchun parvozlar va qulashlar davri bo‘lishi mumkin. Agar hayotingizda murakkabliklar yuzaga kelsa, vaziyatni o‘nglash uchun anchagina harakat qilishga to‘g‘ri keladi. Avvalo o‘zingizga ishonishdan to‘xtamang va yaxshi niyat qiling. Yaqinlaringizdan yordam so‘rashingiz shart emas, chunki ularning ham bu vaqtda o‘z muammolari bo‘lishi turgan gap. Ushbu yilda sizni baxt tomon olib boruvchi yagona narsa - mustaqil qaror chiqarish fazilati bo‘ladi. Kuz fasliga kelib vaziyat nisbatan yaxshilanadi, qish fasli esa dam olishning ayni payti.

Baliq

Baliq

Munajjimlar baliq burji vakillariga salbiy hayollardan imkon qadar uzoqroq bo‘lishni tavsiya qilmoqdalar. Bu borada sizga hordiq onlari juda katta yordam beradi. Bundan tashqari, o‘zingizga yoqmaydigan insonlar bilan muloqot qilishdan imkon qadar tiyilganingiz ma’qul. 2020 yil ishlash sharoitlarini o‘zgartirish, sayohat qilish, juftingizni izlab topish uchun ajoyib imkonyatlar pallasi bo‘ladi.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook