Evelina Xromchenko - mashhur teleboshlovchi, yozuvchi va moda eksperti. U 13 yil davomida mashhur moda jurnalini boshqarib kelgan.
1. Etiklar qanday bo‘lsa, hayot ham shunday.
Ko‘p yillik tajriba va professional bilim orqali ushbu ayol boshqalarga ham o‘z uslubini topish va munosib qiyofa yaratish borasida yordam berib keladi.
2. Xudo bizga tejamkorlikni ishga solish uchun didni bergan.
3. Shimlar yoki mukammal, yoki hech qanday bo‘ladi. Mukammal shimlar oyoqlarni uzunlashtirib, bo‘ksani kichikroq ko‘rsatadi.
4. Qiz bola poshnali poyabzalga o‘tdimi - uning shaxsiy hayotida baxtli voqea sodir bo‘ladi. Bu qonun.
5. Erkak kishi sizga pand berishi mumkin, ko‘zgu - hech qachon. Sizda o‘z bo‘y-bastingizni to‘liq ko‘rsatadigan ko‘zgu bo‘lishi kerak.
6. Dumaloq yuzga dumaloq, to‘rtburchak yuzga to‘rtburchak ko‘zoynak taqish yaramaydi.yuzning qirrali chiziqlari ko‘zoynak gardishining aylana shakli bilan yaxshi kelishadi.
7. Sumkasiz ayol - shubhali shaxsdir. Asos shunday: oqshom uchun klatch, o‘rta kattalikdagi zanjirli sumkacha, ikkita tutqichli katta sumka.
8. Mukammal tufli - teri rangidagi lodochka va qora poshnali tuflidir.
9. Suratga tushishning asosiy siri - ko‘zlar hech narsani aks ettirmasligidadir. O‘zingiz istagan nigohni tasvirlash uchun ko‘z oldingizga oq devorni keltiring.
10. Modaning asosiy vazifasi - individuallikka urg‘u berishdir.
11. Har qanday libos insonning haqida uning o‘zidan ko‘proq narsa aytib berishi mumkin.
12. Pardoz qilish uchun vaqtingiz bo‘lmasa quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqing yoki boshga ro‘mol o‘rab oling.
13. Oqshom obrazi uchun yagona bir qoida bor: unda yoki ko‘ylak tovlanib turishi kerak, yoki aksessuarlar.
14. Muvaffaqiyat siri - oddiy yechimlarda. Of kofta, qora shim, chiroyli ro‘mol yoki sharf - mana shu betakror did asosidir.
Сообщения из Facebook