Faqatgina qizlar uchun: Omadli qiyofa yaratishdagi 8 xato
Faqatgina qizlar uchun: Omadli qiyofa yaratishdagi 8 xato
Zamonaviy hayotimizda dizaynerlar va stilistlar tomonidan taqdim etilayotgan obrazlarning geometrik jarayonlari har mavsum ketma-ketligida o’zgarib, rivojlanib bormoqda.

Bugungi kunda bir-biriga mos kelmaydigan  kiyimlardan hosil qilingan uyg’unlik ham birovni hayratga solishi amri mahol. Biz esa muvaffaqiyatli obraz yaratish uchun to’sqinlik qiladigan eng katta va odatiy xatolar haqida so’z yuritishga qaror qildik. 

1. Ofis uslubi + baletka

1.	Ofis uslubi + baletka

Baletka poyabzali bir qarashda inson to’piqlarini semizroq ko’rsatish xususiyatiga ega. Shu tariqa ko’p hollarda oyoqlar aslidan ham to’laroq ko’rinadi va yoqimsiz ko’rinish hosil qiladi. Ushbu xatolik ofis uslubida ayniqsa sezilib, jozibador qiyofani bir zum ichida chippakka chiqarishi mumkin. Shu sababli ofis uslubi uchun poshnali tufli tanlangan yaxshi.

2. Jinsi ustiga tushib turgan uzun mayka

2. Jinsi ustiga tushib turgan uzun mayka

 

Uzun bichimli maykalar qomatning barcha kamchiliklarini yaqqol ko’rsatish xususiyatiga ega. Uni jinsi shimi bilan uyg’unlashtirish esa qiyofaning yana ham omadsiz chiqishiga asos bo’ladi. Shu boisdan ham bu turdagi maykani jinsi bilan kiyganda jinsi uning ustida turishi kerak. Agar bunday uslub sizga ma’qul bo’lmasa erkin bichimli futbolkalarga diqqat qaratishni tavsiya qilamiz. 

3. Bazm va bayram uchun xajmdor sumka

3.	Bazm va bayram uchun xajmdor sumka

Haddan tashqari katta sumkalarni bir qancha uslublar bilan uyg’unlashtirish mumkin, casual, romantik, ofis uslublari aynan shular jumlasidandir. Biroq bazm yoki restoranga yo’l ola turib, kichikroq sumka tutib olishga harakat qilavering. Sababi oqshom paytida katta sumkalar juda ham noo’rin ko’rinadi. 

4. Erkin bichimli yubka + botilyon

4.	Erkin bichimli yubka + botilyon

Botilyonlar kamdan-kam holatlardagina yubkalar bilan chiroyli ko’rinish hosil qilishi mumkin. Sababi bu turdagi poyabzallar bir qarashda oyoqlarning kalta ko’rinishi uchun xizmat qiladi. Ushbu yoqimsiz holatni erkin bichimli yubkadan ham oshirib ko’rsatuvchi libos bo’lmasa kerak. Shu sababli yubka bilan klassik uslubdagi tufli, sovuq paytlarda botfortlar kiygan yaxshi.

5. Bitta obrazdagi bir nechta keng libos

5. Bitta obrazdagi bir nechta keng libos

Bir obraz ichida qo’llanilgan 2-3 ta keng libos qomatning haddan tashqari hunuk va qo’pol ko’rinishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun haddan tashqari keng libos kiygan paytda uni obrazning boshqa bir libosi bilan muvofiqlashtirish, keng kofta uchun ixchamroq yubka, keng yubka uchun bejirim kofta tanlash kerak. 

6. “Lola” bichimidagi yubka

6.	“Lola” bichimidagi yubka

Agar yubkaning bel qismi pastroqda bo’lsa, buning qo’rqinchli joyi yo’q. Ammo belbog’ sohasiaynan belga taqab tikilgan bo’lsa, bunday bichim faqat tik holatdagina chiroyli ko’rinadi. Harakatlanish paytida esa yubka qomati raso qizlarning ham qorin sohasidagi kamchiliklarini bo’rttirib ko’rsatadi. Bunday vaziyatdan qochishni istasangiz fason tanlash paytida klassikaga e’tibor qarating. 

7. Katta o’lchamli tufli

7.	Katta o’lchamli tufli

O’z o’lchamingizga mos bo’lmagan tufli haddan tashqari hunuk ko’rinishi bor gap. Yaxshisi poyabzal harid qilish uchun do’konga kunning birinchi yarmida borishga o’rganing, sababi kunning ikkinchi yarmida oyoqlar charchoqdan ham biroz shishib qoladi. Bu esa o’z navbatida sizni o’lcham borasida adashtiradi. 

8. Bo’yin qismi uzun vodolazkalar

8.	Bo’yin qismi uzun vodolazkalar

Bu turdagi liboslar borasida ham ehtiyotkor bo’lgan yaxshiroq. Uning bo’yin qismi bir qarashda inson bo’yini ham kalta ko’rsatib qo’yishi mumkin. Yaxshisi oddiy bichimdagi libosni ro’mol yoki sharf bilan uyg’unlashtiring. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook