просмотров
Valyuta treyderi kasbi. Valyuta olib-sotari.
Treyder (yoki valyuta Treyderi) - FOREX valyuta bozorida amaliyotlarni amalga oshiradigan va jahon valyutalari kursi bo’yicha farqlardan daromad oluvchi shaxs.
Valyuta treyderining kasbi, ehtimol mamlakatda iqtisodiy vaziyatdan qat’i nazar, normal ish haqini kafolatlaydigan ozginalaridan biridir. Treyderlarning tobelari ham boshliqlari ham yo’q - ular yolg’iz ishlaydi. Ular doimo raqobatdan hayiqishi shart emas - jahon valyuta bozorida har bir kishi uchun joy doimo yetarli. Ular o’zlarining biznesida derli har bir biznesmen duch kelishiga to’g’ri keladigan ko’p sonli mansabdorlar armiyasiga bog’liq ham emas.Bundan tashqari, ushbu kasbni egallab olgandan keyin o’ziga ish izlash zarurati o’z o’zidan yo’qolib ketadi - valyuta bozorida ish bilan ta’minlash kafolatlangan. Va, nihoyat, valyutalar savdosi bilan, asosiy ish joyingizdan voz kechmagan holda shug’ullanish ham mumkin. FOREX bozorining kecha-yu kunduz ishlashi tufayli unda ishlash uchun doim o’zingizga qulay paytni o’zingiz topishingiz mumkin. Shu bilan birga, treyderning jinsi, yoshi va ma’lumoti muhim emas.
Valyuta savdogarining faoliyati kiruvchi bozor ma’lumotlarini tahlil qilish, uninga sosida tahminiy baholarni qurish va bitimlar tuzish uchun qulay paytni tanlashdan iborat. Muvaffaqiyatli faoliyatning kafolati - fundamental va texnik tahlil asoslari, pulni boshqarish qoidalari, birja savdosi psixologiyasining asosiy jihatlari to’g’risidagi mukammal bilimlarga ega bo’lish.
VALYUTA OLIB SOTARI–bu xorijiy valyuta olib sotish bilan shug’ullanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. Uning maqsadi valyutalar kursidagi farqdan hosil bo’ladigan spekulyativ daromadga ega bo’lish.
Aslida, bozorda deyarli barcha moliyaviy amaliyotlar tabiatan spekulyativdir. Valyuta bozorlaridagi globallashuvning eng yorqin ko’rsatkichlaridan biri ular bo’yicha amalga oshiriladigan valyuta amaliyotlarining kundalik hajmi. FOREX bozorida jahon valyutasida tuzilgan bitimlarning hajmi kuniga 3-4 trillion dollarni tashkil etadi. Valyuta amaliyotlari hajmi tashqi savdo amaliyotlarining kunlik hajmidan 40 barobar ko’pdir. Natijada, bunday amaliyotlar katta miqdordagi ishlarda tijorat maqsadlarida emas, balki moliyaviy maqsadlarni ko’zlagan holda amalga oshiriladi, chunki pul oqimi darmadlilik qayerda yuqoriroq bo’lsa shu yerga oqib o’tadi.
Valyutalar kurslari har haftada bir necha foizli punktlarga og’ib o’tgudek bo’lsa, agar mustahkam turg’unlikka ega bo’lgan valyutalar bir necha oy ichida o’z qiymatining 20-30 foizini yo’qotishi mumkin bo’lsa, ayrim fond boshqaruvchisi muqarrar bo’lgan yo’qotishlar ko’rinishidagi zarar o’rnini qoplash uchun intilgan holda FOREX bozorida ro’y berayotgan jarayonlarni diqqat bilan kuzatib borishi va faol qadamlar bilan harakat qilishga tayyor bo’lishi lozimligi, tabiiy, albatta.
Dollarga ega bo’lgan aqlli sarmoyador, masalan, shiddatli ravishda dollardan qutilishga va dollarning yevroga nisbatan kutilayotgan pasayib ketishi qisqa muddatli AQSH qimmatli qog’ozlari bilan teshgishli Yevropa qimmatli qog’ozlari o’rtasidagi farqdan ortib ketgan har safar uni yevroga almashirishi kerak.
Faraz qilaylik, agar tahlilchi analitiklar eng yaqin oylarda dollar kursini yevroga nisbatan 10 foizga pasayib ketishini kutsa-yu, AQSH obligatsiyalari bo’yicha daromad qisqa muddatli Yevropa obligatsiyalaridan hosil bo’ladigan daromaddan ko’ra 10 foizdan ortiqroq bo’lsa savodli boshqaruvchi dollarni saqlab qolishni afzalroq ko’radi.
Agar amerikalik qimmatli qog’ozlarning foydaliligi yevropaliklarga nisbatan amerika valyuta kursining kutilayotgan pasayishidan ko’ra salgina bo’lsa ham yuqoriroq bo’lsa, unda "dollardan qochish" boshlanadi.
FOREX – bu biznes, Kazino emas - bozorni tahlil qilish va prognozlash uslublari, xatarlarni cheklash usullari, tan olingan nufuzlar, tajribani orttirish uchun imkoniyatlar, seminarlar va kitoblar bo’yicha o’qib o’rganish imkonlari bor.
Valyuta treyderining qoidalari
Valyuta treyderining asosiy qoidalari
• Bitimlarnitrend yo’nalishi bo’yicha amalga oshiring.
• O’sib borayotgan trendda narxlarning qisqa muddatli tushish paytida, cho’kib borayotgan trendda esa narxlarning qisqa muddatli ko’tarilish paytida sotib oling.
• Daromadli pozitsiyalarni iloji boricha uzoqroq saqlang, zararlilarini o’z vaqtida yoping.
• Ehtimoli bor yo’qotishlarni cheklash uchun “Stop-loss”lardan foydalaning.
• His-tuyg’ularga berilmang. Bozorda ishlash uchun puxta reja tuzib oling.
• Reja tuzib olib unga amal qiling.
• Kapitalni samarali boshqarish tamoyillarini unutmang.
• Ehtimolli foyda va zarar nisbatlarini 3:1 dan kam bo’lmagan holda belgilang.
•Pozitsiyalarni qo’shish (piramida qurish) paytida quyidagi qoidalarga amal qiling:
Сообщения из Facebook