просмотров
Uni tanlashda dizaynerlarning tavsiyasi va albatta o’z uslubingizni hisobga olgan holda ish ko’ring.
Agar uni kundalik libos sifatida sotib olsangiz, o’zingizga qulay, to’qilgan va tugmalar bilan bezatilgan turidan tanlaganingiz ma’qul. Biroq kalta kardiganlar bo’yi baland ayolarga yarashishi dargumon. Bunday kardigan past bo’yli honimlar qomatiga mos tushadi.
Agar qomatingiz to’ladan kelgan bo’lsa, uzun kardiganlar tanlab, belingizga enli qayish yoki charm kamar yordamida urg’u bering. Biroq kardigan tugmalarini qadasangiz, uning etagi qomatingizdagi kichik kamchiliklarni ko’zga tashlanishiga sabab bo’ladi.
Yorqin ranglarni hush ko’rsangiz, tizzagacha uzunlikdagi to’qilgan kardiganni harir shifon ko’ylak, to’rli yoki gul tasviri tushirilgan libos bilan uyg’unlashtirish mumkin.
O’rimli kardiganlar legginslar bilan juda ajoyib ko’rinish beradi, shim va qora kalgotkalar bilan juda mos tushadi.
Siz tanlagan kardigan yaltiroq iplardan ishlangan bo’lsa, oqshom libosi borasida tashvishlanmasligingiz mumkin.
Bu turdagi kardigan sotib olishda uning tugmali va ortiqcha detallarsiz bo’lishiga e’tibor bering. Bunday kardigan bilan bashang ko’ylak, uzun yubka yoki kombinezon kiyish ham mumkin.
Yopinchiq kardiganlar ko’rshapalak uslubida tikilgan yengga ega yoki yengsiz bo’lishi mumkin. Bunday kardigan yordamida yorqin oqshom uslubini yaratish ham mumkin. Yopinchiq kardigan qomatning yuqori qismiga hajm bergani tufayli, uni shim, leggings yoki qalin kalgotka bilan kiyish tavsiya etiladi.
Сообщения из Facebook