просмотров
Shunga qaramay, 50, 100 yoki undan sal ko’proq vaqt o’tib ularning g’oyalari baribir reallikda amalga oshardi. Biz uchun esa bu g’oyalar yozilgan kitoblar bashoratnoma bo’lganmi yoki uddaburon adabiyotsevarlar ulardagi ixtirolarga kuchliroq va chuqurroq yondoshibdunyoga o’z ixtirolari sifatida tanitganmi deya gumon qilish qoldi, xolos.
Yozuvchilarning biz uchun hayotning oddiy qismi bo’lib qolgan bashoratlari:
Jyul Vern
“Mashinalar insonni yutib yubormaguniga qadar inson yangi mashinalarni ixtiro qilib boraveradi”
Jyul Vern o’zining ko’p sonli asarlarida tasvirlab bergan g’oyalariga qaraganda unda yoki vaqt mashina bo’lgan sirli xonasi bo’lgan yoki miyasiga dohiyona g’oyalar generatori o’rnatilgan. Bo’lmasa uning romanlari, hikoyalari va qissalarida samolyot, akvalang, videofon, shuningdek koinotga uchish va elektr dvigatelini (xullas, hammasini sanab adog’iga yetib bo’lmaydi) paydo bo’lishini qanday izohlash mumkin?
Yozuvchi o’z asarlarini 19-chi asrning ikkinchi yarmida, bularning hammasidan hali nishona ham bo’lmagan bo’lmagan davrda ijod qilgan, axir. Ishonmaysizmi? Unda sizlarga quyidagi asarlarini o’qib ko’rishni tavsiya qilamiz:“Yer markaziga sayohat”, “Yerdan Oyga”, “Sirli orol”, “Suv ostida yigirma ming lye”.
Gerbert Uells
“Tajriba sarhadlaridan tashqariga chiquvchi buyuk, noodatiy g’oyalar odatda kam ahamiyatli, lekin muayyan mulohazalarga nisbatan insonlar ustidan kamroq hukmronlik qiladi.”
“Kimning g’oyalari doim vaqtdan o’zib ancha oldinroq yurgani aniq?” degan savolga bemalol Gerbert Uells g’oyalarini misol qilib keltirish mumkin. U o’z adabiy asarlarida televidenie,eskalatorlar, genetik tajribalarni, uchar harakatlanuvchi vositalarni, lazer qurolini, atomning parchalanishini va xatto atom bombasini ham tasvirlab bergan.
Bundan tashqari Uellstelefonlarning imkoniyatlarini ko’rib chiqib, kelajakda ular kompyuter va internet vazifalarini ham bacjara olish bilan birga odamlar uchun birinchi raqamli vosita bo’lib qolishini bashorat qilgan. Tabiiyki, Uells bula haqida bilmagan,chunki u o’z asarlarini 20 asrning boshida yaratgan. Shular qatoridan quyidagi asarlarini o’qib chiqishni sizga ham tavsiya qilamiz: “Dunyoning ozod etilishi”, “Uhlayotgan uyg’onganida”, “Vaqt mashinasi”, “Ko’rinmas odam”,“Olamlar urushi”, “Doktor Moro oroli”.
Artur Klark
“Planshetning qisqa muddatli eslab qoluvchi moslamasini faollashtirib u navbatdagi sahifaning tasvirini ekranda ushlab turib, tezda sarlavhalarni ko’zdan kechirib uni qiziqtirgan maqolalarni belgilab chiqar edi”
Aslida hurmatli va dohiy Stiv Jobsdan ancha yillar oldin planshetning prototipini ikir-chikirlarigacha Artur Klark o’zining “2001yil koinot jangnomasi” (1968 yilda ilk bor chop etilgan) asarida tasvirlab bergan. Uning davrida virtuallik tushunchasi hali umuman mavjud bo’lmagani qaramay Klark vaqti kelib odamlar yoppasiga onlayn o’yinlar bilan “kasallanishini” ham oldindan bashorat qila olgan.
Muallif o’z kitoblarida biz bugun internet deb ataydigan narsani tasvirlab bergan. Qiziqtirgan narsa joylashgan manzilni radiolokatsiya yordamida aniqlash va kuzatish g’oyasini 1945 yilda aynan Klark ilgari surgan. Marhamat, o’zingiz o’qib ko’ring: “2001yil koinot jangnomasi”, “Shahar va yulduzlar”, “Rama bilan uchrashish”.
Rey Bredberi
“Biz, yerliklarda buyuk va go’zal narsalarni nobud qilish qobiliyatimiz bor. Agar biz MisrdagiKarnak ehromi vayronalarida sosiskaxona ochmagan bo’lsak, buning sababi faqat shundaki, ular odamlardan uzoqda joylashgan va u yerda tijoratni gullata olmaysan, kishi”.
Foniy dunyoni yaqindagina tashlab ketgan Rey Bredberi juda ko’p narsani bashorat qilgan. Masalan, 1950 yilda o’zining “Mushfiq yomg’ir yog’adi” hikoyasida yozuvchi “aqlli uy” mohiyatini batafsil tasvirlab bergan.
Darvoqe, zamonaviy ijtimoiy tarmoqlarning prototipi Bredberi tomonidan 1953 yildayoq tavsiflab berilgan. Uning nazarida foydalanuvchilar bir-biri bilan maxsus televizor yordamida uzoqdan turib aloqa qilganlar. Xo’sh, Bredberi yana nimalarni o’ylab topgan?
Quloqchinlar, bankomatlar, yassi televizorlar, virtual reallik xonalari, pleyer, cho’ntak kompyuteri va xatto sun’iy intellektga ega avtomobillar ham uning g’oyalari. Qiziqib qoldingizmi? Unda kutubxonaga quyidagi asarlarini toping o’qing: “Farengeyt bo’yicha 451 daraja”, “Momaqaymoqdan sharob”, “Mars xronikalari”.
Robert Xaynlayn
“Kompyuter adashganida odamlardan ham ko’proq o’jarlik bilan o’z xatosiga chirmashib oladi”.
Aslida Googleni u o’ylab topgan. Mayli, balki Googleni o’zi bo’lmasa ham, ammo internetdagi ma’lumot izlash tizimi u o’ylab topgani aniq. Bundan tashqari, uyali aloqa telefoni, mikroto’lqinli pech, protezlash va AutoCad dasturining analogining tafsilotlari uning asarlarida bor.
Quyosh batareyasida harakatlanuvchi transport vositalari ham Xaynlaynning g’oyasi. Shuningdek,u o’z asarlarida skannerning prototipi bo’lib hizmat qilgan moslamani batafsil ta’riflab bergan. Xullas, o’zingiz o’qib ko’rib, so’ng baho bering: “Qo’shaloq yulduz”,“Koinot kadeti”, “Mafusail bolalari”, “Oy — qahraton beka”.
Djordj Oruell
“Sodir bo’layotgan hamma narsa ongda sodir bo’ladi. Hammaning ongida sodir bo’layotgan narsa haqiqatda ham sodir bo’ladi”
Siyosiy bashoratlardan tashqari Oruell video kuzatish tizimi paydo bo’lishini ham bashorat qila oldi. “Katta akang seni doim kuzatib turibdi!” – vahimali so’zlar esingizdami? Haligacha etni jimirlatadi. Bugungi kunda ko’p mamlakatlarda fuqarolar aynan Oruell usulida kuzatib boriladi.
“1984” romanining qahramonlari gapiradigan “yangi til”, bugungi kunda Nyu- Yorklik bezori quyqalar gapiradigan “olbani” jargonini juda eslatadi.
Shuningdek, Oruell jamoat fikrni hamda umuman xulqini ommaviy ahborot vositalari yordamida boshqarish, tarixni o’z foydasiga o’zgartirib ko’rsatish va yana ko’p shu kabi narsalarni aniq bashorat qila olgan. Uning eng taniqli asarlari: “1984”, “Mol hovli”.
Ayzek Azimov
“— Robotlar psixologiyasi odam psixologiyasidan shunchalik farq qiladimi?
— Juda katta farqi bor. — U sovuqqina jilmayib qo’ydi, — eng avvalo, robotlar o’ta tartibli”.
Yaponiyaliklar zo’r ishtiyoq bilan yaratib kelayotgan barcha zamonaviy robotlar Ayzek Azimov tomonidan 20 asrning yarmida tavsiflab berilgan edi. Bundan tashqari, u o’z asarlarida biz bugungi kunda konferensiyalarda, taqdimot marosimlarida va boshqa ommaviy yig’ilishlarda bajonidil foydalanayotgan moslama - proektorning prototipi to’g’risida yozib o’tgan birinchi muallif.
Ayzek Azimovning ayrim asarlari: “Men robotman”, “Abadiyatning oxiri”, “Asos”
Viktor Pelevin
“Nikola, bu kvas— ichaver, kola emas”
Viktor Pelevinning “Generation P” asarida rus kvassi ilk bor koka-kolaga qarshi qo’yilgan edi. Ikki ichimlik “ringning qarama-qarshi burchaklari”ga qo’yilganidan keyin,“Nikola” brendi bilan birga “Nikola bu kvas — ichaver, kola emas” shiori tug’ilgan.Keyinchalik kvasning shunday turi haqiqatdan ham sotuvga chiqib ketgan.
Jak Palanik
“Jangchilar klubining birinchi qoidasi: Jangchilar klubi to’g’risida eslatmaslik”
Jak Palanikning mashhur “Jangchilar klubi” asarida shu nomli tashkilot odamlar xaqqoniy mushtlashish yo’li bilan o’zining qaynab ketgan hissiyotlarini to’kkan joy bo’lib qolgan. Hammasi juda ham oddiy! Bu g’oya shu darajada talabgor bo’lib chiqdiki, bu asarning ekranizatsiyasidan keyin dunyoning ko’p mamlakatlarida ushbu klubga o’xshash maxfiy (gohida esa oshkora) tashkilotlar urchib ketdi. Ulardan ko’pchiligi hozirgi kunga qadar mavjud.
Aka-uka Strugatskiylar
“G’oyalar to’dalari havoda behuda uchib yurar edi”
Aka-uka Strugatskiylarning “Tush payti, XXII asr” qissasida “Kasparo-Karpov” tizimi to’g’risida yozilib o’tgan. Bu miyadan “nusxa ko’chirish” va uning matematik modelini qurish uslubi. Bu asar 1962 yilda chop etilgan. Kelgusida shahmat bo’yicha jahon chempionlari bo’libyetishgan ikki chempionlardan Anatoliy Karpov u paytda 11 yoshda bo’lgan, Garri Kasparov esa hali tug’ilib ham ulgurmagan edi.
Сообщения из Facebook