просмотров
Quyida foydali va kerakli masalxatlardan bir qanchalarini keltirib o'tdik. Ular bilan tanishib chiqing!
Shirin va achchiq anorning siqib olingan sharbati asal bilan aralashtirilib bir necha kun quyoshga qo'yiladi. Bu malham ko’zdagi harorat va ko’z ko’rishi qobiliyatini yaxshilaydi.
Anjir tomoq qirilishi va o’pka yo’llariga juda foydali. Anjir sharbati emizikli ayollarga sutini ko’paytirishda foyda beradi. Bundan tashqari anjirning mevasi va bargi so’gal va dog’larni ketkazishda qo’l keladi.
Qovurilgan yong’oqni kindik ustiga qo’yilsa, ichak og’riqlarini bosadi va ichni to’xtatadi.
Achchiq bodom sepkil va oftobdan qorayishni yo’qotadi. U yuzdagi ajinlarga surtilsa, terini silliqlashtiradi.
Uyqusizlikda yotishdan yarim soat oldin qora choyga sut qo’shib ichiladi. Ozgina asal qo’shsangiz foydasi ko’proq seziladi. Bu muolajaning emizikli ayollarda sut yetishmovchiligida nafi bo’ladi. Davolanish muddati bir oy.
Asab toliqishida astepinda bir qisim do’lana, qorag’at , shotut mevalari va yalpiz bargi hamda qora choy tuyib aralashtiriladi. Bir qoshig’iga yarim litr qaynoq suv quyib, yarim soatga tindirishga qo’yiladi. Undan kuniga bir ikki piyoladan ovqatdan bir soat oldin bemorning ahvoli yaxshilanguniga qadar ichib yuriladi.
Tinmay ich ketganda qora choyni achchiq qilib damlab, har ikki soatda bir piyoladan ichiladi.
Oftob urganda achchiq damlangan choydan paxtani namlab terining zararlangan joylariga qo'yiladi.
Qorin dam bo’lganda bir qisim qora choyga 10 gr shivit (ukrop) urug’i aralashtiriladi.Uning bir qoshig’iga yarim litr suv quyib, o’rta olovda besh daqiqa qaynatiladi. Damlamani sovutib, kuniga 2-3 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir piyoladan ichiladi.
Ko’p alkogol iste’mol qilganda 100-120 gr miqdordagi asal ikki marta ichiladi. Asaldagi fruktoza alkogol ta’sirini yo’qotadi.
Tomoq og’risa, angina, surunkali tanzilit, laringit, farangit, milk og’riqlarida tabiiy asal saqichi g’oyatda shifobaxshdir. Bunday hollarda xalq tabobati asal saqichini chaynashni tavsiya qiladi.
Agar saqich bo’lmagan taqdirda tabiiy asalni unchalik qaynoq bo’lmagan issiq suvda 1:2 miqdorda eritib, og’iz chayqaysiz.
Qon tomirining kengayishida doka tomponi ustiga qalinroq holda asal surtib, qon tomirining vorikoz kengaygan joyiga bosiladi-da, ustidan bint bilan bog’lab qo’yiladi. Dastlabki kun kompresni ikki soatdan so’ng, ikkinchi va uchinchi kunlari 4 soatdan so’ng olasiz. Keyinroq esa butun tun davomida qoldirasiz. Asal mikrobga va gazaklashga qarshi ta’sir ko’rsatib, varikoz jarohatlarini tez yengadi.
Asablar charchaganda va asabiylashganda gunchangni ovqat iste’mol qilishdan yarim soat oldin kuniga 3 mahal 0.3 – 1 choy qoshiqda qabul qilib turiladi.
Ikki choy qoshiq asal solib tayyorlangan vannada 20 daqiqadan yotib tursangiz, asabiy charchashdan halos bo’lasiz, teridagi mayda ajinlar ham tekislanadi.
Sizni uyqusizlik qiynayotgan bo’lsa, bir stakan iliq suvda bir osh qoshiq asalni eriting va yotishdan oldin ichib oling. Uyqingiz tinch bo’ladi.
Tish og’riganda noxatdek keladigan asalari mumi (propolis) ni og’riqli tish ustiga bossangiz, og’riq o’sha zahotiyoq sizdan daf bo’ladi.
Yo’talda100 ml turp suviga 1 osh qoshiq asal qo’shiladi va erib ketkuniga qadar aralashtiriladi. Aralashmani har soatda qabul qilib turish lozim.
Siydik tuta olmaslikda farzandlaringizga uyquga yotishdan oldin 1 choy qoshiqda toza asal bering. Asalda tinchlantiruvchi va mustahkamlantiruvchi hususiyat bor. Bundan tashqari, inson organizmidagi suyuqlikni saqlab turadi.
1 limon, yarim stakan asal, 0,5 kg mayiz, 0,5 kg yong’oqni go’sht qiymalagichdan chiqarib har kuni ertalab naxorga bir osh qoshiqdan iste’mol qiling.
3 ta po’sti archilmagan, o’rtacha kattalikdagi nordon bo’lmagan olmani to’g’rab, ustidan 1litr qaynoq suv quyib, past olovda 10 daqiqa qaynating. Uni yarim soat tindiring, bir osh qoshiq asal solib ichib yuring.
Kichik yoshdagi bolalar yo’talganida asal va ilitilgan zaytun moyi bir hil miqdorda obdon aralashtiriladi. Kichik yoshdagi bolalarga bir choy qoshiqdan, kun davomida 3-4 marotabadan ichkazib turiladi.
Uyqusizlikda1 stakan mineral suvga 1 osh qoshiq asal, yarimta limon sharbatini aralashtirib, ertalab och qoringa toliq hafta mobaynida iching.
Uyqingiz yaxshi bo’lmasa bir osh qoshiq asalni qaynatilgan suv yoki sut bilan aralashtirib, uyquga yotishdan oldin 100 ml miqdorida iching.
Ko’z ravshanligini oshirishda qaynatib sovutilgan suvning 300 ml ga 1 choy qoshiq asal solib aralashtiring, u bilan dokani namlab, kechasi ko’zga bog’lab yoting. Shakarlanib qolgan asalning noxatdayini quruq joyda yaxshilab aralashtirilgach, ikkala ko’zga 5 tomchidan tomizib 10 daqiqa yotilsa, ko’z quvvati oshishdan tashqari yallig’lanishdan ham holi bo’ladi.
Erkaklarga sochlar qazg’oqida asalga noxat talqonidan teng miqdorda solib aralashtiring.Ushbu aralashmani sochingizni oldirganingizdan so’ng surting, oftobda 1 soatga yaqin vaqt mobaynida turing. So'ng esa yuvib tashlang. Bu muolajani 3 marotaba takrorlashda ta’sirini seza boshlaysiz.
Erkaklarga maslaxat: 50 ml qaynatilgan suvga 1 choy qoshiq asal solib aralashtiring va uni soqol olinganidan so’ng yuzingizga surting. Asalli suv terini turli mikroblardan tozalaydi va yuzni tiniq bo’lishini taminlaydi.
Husnbuzarni davolashda yangi siqilgan 1 stakan bodring suviga 1 choy qoshiq asal yaxshilab aralashtiriladi va yuzga surtiladi. 30- 40 daqiqadan so’ng sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.
Asal, asalari mumi, asalli mahsulotlar biologik faol quvvatga ega bo’lib, immunitetni kuchaytiradi.
Ich qotib ketganda asosiy davolar: o’rik qaynatmasi, suyuq hamir ovqatlar va ko’k choy. Qovurilgan achchiq, sho’r ovqatlarni iste’mol qilishni to’xtatish lozim.
Inson qanday kasallikka chalinmasin, ularni davolashda 4 hil meva faol qatnashadi. Bular o’rik, tut, uzum va hurmodir. Ularni to darddan butunlay tuzalmaguncha iste’mol qilib turish nihoyatda foydalidir.
Yurak hastaligini davolashda sog’aygunga qadar quyidagilar iste’mol qilinadi:ovqatlardan – shirguruch, qora bug’doydan tayyorlangan shavla, baliq sho’rva, non, saryog’, pishloq, qatiq, suzma;
Ichimliklardan– ko’k choy, o’rik qaynatmasi, meva, sabzavot sharbatlari, qaynatilgan suv, ularga shirinliklar qo’shilmasligi shart.
Suvi qochgan non, qattiq non va ayniqsa, talqon, ortiqcha yog’larni o’ziga singdirib, semizlikning oldini oladi. Ivitib yesa ham bo’ladi.
Muntazam bajarib turiladigan badan tarbiya yoki jismoniy mehnat insoning ichki va tashqi azolarini erta qarishdan saqlaydi. Xujayralar paydo bolishini yaxshilaydi bu esa o’z navbatida tez kasalga chalinishdan saqlab umrni uzaytiradi.
Issiqda paydo bo’lgan bosh og’rig’ini tut, yer qalampirining bargi, otquloq bargini damlab ichish foyda beradi.
Suyuqlikni ovqat bilan qo’shib aralashtirib ichish mumkin emas. Ovqat iste’mol qilib bo’lgach, bir ozdan so’ng ichgan ma’qul. Yotishdan oldin bir payola qatiq ichib uyquga ketgan kishining qabziyat bilan muammolari bo’lmaydi.
Yong’oqni uhlashdan oldin iste’mol qilib bo’lmaydi, bu sog’liq uchun zararli.
Sabzavotni archishdan oldin yarim soatga sovuq suvga solib qo'ysangiz, tarang tortilib, yupqa archiladi.
Kamqonlikdan qiynalayotgan bo’lsangiz qizil lavlagini pishirib tanovul qiling. U qoningizni va ichingizni tozalaydi.
Behi urug’ini yanchib iste’mol qilinsa yurak hastaligiga davo bo’ladi.
Inson jigariga 4 narsa juda foydali: qattiq non, xom karam, tvorog va asal.
Ko’k choy ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi.
Ko’k choy asabni tinchlantirishi bilan bir qatorda chexrani ochadi, tana haroratini qishda oshiradi, yozda esa salqin saqlaydi.
Ko’k choyning yana bir foydali hususiyati – qonni suyultiradi, tomirlarni kengaytirib, qon yurishini yaxshilaydi.
Ko’k choy xotirani yaxshilaydi, fikrlarni rivojlantiradi.
Ko’k choyqon bosimini pasaytiradi, chunki u badandagi yog’larni eritadi va qon tomirini kengaytiradi.
Ko’k choy qand kasalligini davolashda kundalik choy hizmatini o’taydi. Qondagi qand soqqachalarini kamaytirib, qon tarkibining bir meyorda bo’lishini ta’minlaydi.
Muntazam ko’k choy ichib yurish orqali teri tiniqligiga erishsa bo’ladi. U yana qon tarkibini mo’tadillashtiradi, teri sirti ko’k choy bilan artilsa, yog’li dog’lar asta – sekin ketadi.
Aksariyat teri xastaligini davolashda, shuningdek yaralarni yuvishda ko’k choy eng yaxshi vositalardandir.
Ko’k choy damlamasi ko’zdagi qon bosimini tushuradi. Har kuni ko’k choy shamasini olib tashlab, 1-2 bor yuviladi. Uyquga yotishdan avval esa qovoqlarga shamasi bog’lanadi.
Oftab urganda ham ko’k choy shifo bo’la oladi. Buning uchun choy damlamasidan ko’p miqdorda tayyorlab, badanni u bilan yuvib ko’p ko’p ichib turish kerak.
Bir choy qoshiq miqdorda asal , glesirin va bitta tovuq tuxumining sarig’ini yaxshilab aralashtiring. Teriga surtilsa terini oziqlantiradi.
Сообщения из Facebook