просмотров
Mazkur metodikaning samaradorligini tasdiqlovchi ilmiy isbotlangan fan bo’lmasa-da, organizmdagi keraksiz narsalarni chiqarib tashlovchi ushbu usul o’z natijasini ko’rsatib ulgurgan.
Ushbu usulning tasdiqlashicha (jigarrang guruch aniq usulda tayyorlangan) ichaklardagi hild va toksinlarni singdiradi, bo’g’imlardagi keragidan ortiq tuzlarni chiqaradi. Organizmning umumiy holatini, yosharishini, hujayralarning qayta tiklanishini, tana vaznining kamayishi, teridagi muammolarning , allergik faollikni qisqarishiga yordam beradi.
Ma’lumotlarga ko’ra guruch bilan organizmni tozalash harakatni yengillashtiradi, bo’g’imlardagi og’riqlardan xalos etadi, qondagi zararli xolesterin darajasini pasaytiradi, ortiqcha vazndan halos etadi.
Iste’mol qilish tartibi:
1.Yoshingiz nechida bo’lsa shuncha miqdorda osh qoshiqda o’lchab guruch oling.
2. Guruchni yuvib litrli bankaga joylashtiring.
3.Ustidan qaynatilgan issiq suvni idish to’lguncha solib, qopqog’ini yoping.
4. So’ngra sovutgichning eng pastki tokchasiga qo’ying.
5. Ertalab suvini to’kib tashlang, guruchdan bir osh qoshiq olib, qolganiga qaynoq suv quying va sovutgichga qo’ying.
6. Guruchni suvda taxminan 3 daqiqa qaynating. (Faqat tuz qo’shib yubormang).
7. Ertalab, nonushtadan yarim soat oldin 1-2 stakan (tozalangan) suvdan ichib (yaxshisi 2 stakan ichganingiz ma’qul, chunki qolgan 3-4 soat suv ichish mumkin emas).
8. Keyin qaynatilgan guruchni (yog’sizsiz, sutsiz, shakar va boshqa ziravorlarsiz) iste’mol qiling.
9. Nonushtani soat 7:30 gacha qilishingiz kerak.
10. Guruch iste’molidan keyin 3-4 soat hech narsa yeyish mumkin emas.
11. Keyin 1-2 stakan toza suv ichib, bemalol tushlik qilishingiz mumkin.
12. Tozalashni hamma guruch tugagunicha davom ettirishingiz mumkin.
Ma’lumki, tozalanmagan guruchning o’ziga xos shifobaxshligi, organizmga kerakli bo’lgan ko’p miqdordagi biologik faol fitonutrient va vitaminlarni beradi.
Сообщения из Facebook