просмотров
Odamlarning juda ko‘p miqdori bilan muloqot, yashirin stress, ko‘chalradagi tirbandlik, har doim yetishmovilikdan noliydiganlarning dardini eshitish, o‘zingizga doimiy vaqtning yetishmasligi va kundalik hayotning boshqa jihatlari - bularning barchasi sizni to‘liq umidsizlika yetaklovchi sabablar bo‘lishi mumkin. Agar diqqat bilan qarasangiz, umidsizlik, pessimizm, va hatto ruhiy tushkunlik uchun sabablar yetarli: birgina iqtisodiyot va mehnat bozorining holatiga nazar tashlasangiz yetarli (lekin bu mavzuga chuqurlashib kirib ketmaymiz, chunki maqsadimiz siyosat va iqtisodiyotdagi muammolarni yechish emas). Shu bilan birga, o‘zingizni nafaqat "filtrlash", balki haqiqatga ijobiy yondoshish kayfiyatini vujudga keltirishning bir necha yo‘li mavjud. Qani ketdik!
Optimizmning haqiqiy manbai nimada?
Har bir inson o‘ziga tegishli muayyan hodisalarni izohlash uchun o‘ziga xos qoidalar va shablonlarga ega. Pessimistlar xafa bo‘lish uchun sabab topishi oson, optimistlar esa quvonchga sabab topishga xayrixoh bo‘ladi. Bu yerda hech qandayg‘alati narsaning o‘zi yo‘q.
Hamma gapbir qarashda biz hatto eng oddiy narsalarga ham qo‘llaydigan dastlabki umid va maqsadimizda. Urushlar, kasalliklar va o‘lim nafaqat xafa qayg‘uga soladi, balki odamlarni qo‘rqitadi, nafaqat jismoniy, balki ma'naviy azob-uqubatlarni ham boshdan kechirishiga majbur qiladi. Biroq, negadir, atrofimizdagi odamlar ishxonaga ketayotib yo‘lidagi “tirbandlik botqog‘ida botib qolgani”dan fojia qilish, yoki ular faqatgina uzoq va noma’lum kelajakda yangi avtomobil uchun pul tejashidan zavqlanishni afzalroq ko‘radi. Natijada o‘zini surunkali ravishda “baxtsiz” his qilish tuyg‘usi umidsiz kayfiyatdagi inson vaqtining haddan tashqari ko‘p qismini oladi.
Optimistlar o‘zlari uchun "kichik qoidalar" yaratiadi. Ushbu qoidalar tufayli ular huddi shu vaziyatlarni boshqacha yondoshish bilan qabul qiladi: "Yerning tagida emas ustida yurgan har bir kun - yaxshi kayfiyat uchun sabab bo‘ladi".
Haqiqatni ijobiy qabul qilish tinchlantiruvchi vositalar, neyrostimulyatorlarga murojaat qilishingiz yoki siz bilan yuz beradigan har qanday hodisada ijobiy narsalarni izlashga hojat yo‘q. Sizning hayotingizdagi bu yoki boshqa vaziyatga nisbatan xatti-harakat va qabul qilishning kichik qoidalariga amal qilishning o‘zi kifoya (bu - mashg‘ulot kabi, dastlab ularga o‘zingizni o‘rgatishingiz kerak, keyinchalik osonroq bo‘ladi):
1. O‘tirib, o‘zingizning qoidalar ro‘yxatini tuzing
Qalam bilan bir varaq qog‘ozni olib (hech qanday kompyuterlar va monitorlardan foydalanmang) ikki turga bo‘lingan quyidagi bayonotlar formatida o‘zingizning "kichik qoidalaringizni" yozing:
• "Quyidagi hollarda men o‘zimni baxtsiz his qilaman: ... (va ustun shaklidagi ro‘yxat)"
• "Quyidagi hollarda men o‘zimni baxtli his qilaman: ... (va yana ustun shaklidagi ro‘yxat)”
Juda katta ro‘yxatlar tuzilishi shart emas. Ro‘yxatning aniqligi va to‘liqligi bu"kichik qoidalar" bilan uzatiluvchi haqiqiy his-tuyg‘ular va emosiyalardan ko‘ra kamroq ahamiyatga ega: muhimrog‘i "salbiy his-tuyg‘u" va "ijobiy his-tuyg‘ular" tushunchasi shakllanish paytida aqlga kelgan birinchi narsa.
2. Olingan natijalarga e’tibor bering
Ro‘yxatlarni tayyorlab bo‘ldingizmi? Endi o‘tirib olib va olingan natijalarni xuddi uni siz emas, begona kishi yozganidek qaytao‘qib chiqing. Qanday tuyg‘ular paydo bo‘ladi? Buni pessimist yozganmi yokioptimistmi? Bunday odam uchun o‘zini baxtli his qilish osonmi, yoki baxtsiz hisqilish osonmi?
Bu bosqichga erishganingizning o‘zi bunday o‘zini o‘zi tahlil qilish usuli ishlashidan dalolat beradi. Agar hayotga bo‘lgan munosabatingizda sizni birornarsa qoniqtirmasligini qalbingiz bilan his qilmasangiz, bu mashqni bajarish uchun bu qadar “yuqoriga ko‘tarila olmas” edingiz.
Eng ko‘p hollarda, hayotdan umidingizning bir qismi (yoki hatto salmoqli qismi) ancha pasaytirib yuborilgan bo‘lib chiqadi, chunki siz ongsiz ravishda “bundan hech narsa chiqmasligi”ga tayyorsiz va o‘zingizning yana bir bor xafa qilmaslik maqsadida hafsalangizni ortiqcha pir qilmaslik uchun sizni xafa qilish ehtimoli baland bo‘lgan tomonga hech qanday qadam qo‘ymaysiz.
3. O‘z qoidalaringizni ko‘rib chiqib, yaxshilash tomonga qayta ishlab chiqing
Endi esa jinday ijodkorlikni ko‘rsatish vaqti keldi. Ikkinchi qog‘oz varag‘ini oling, chuqur nafas oling va o‘zingizga yana savol bering:
• Qanday kundalik hodisalar sizga baxt hissini berishi mumkin?
• Qanday noodatiy hodisalar o‘zingizni baxtsiz his qilishingizga olib kelishi mumkin?
Ushbu savollarga javoblarni tayyorlash juda muhim vazifa. Barcha imkoniyatlarni o‘ylab chiqib, hayotingizda ko‘rishni istagan narsalaringizga javob bering. Birinchi savolga - iloji boricha ko‘proq narsalarni va hodisalarni ro‘yxatlab chiqish darkor. Ikkinchi ro‘yxatni esa qisqartiring: unda faqat eng jiddiy va haqiqatda g‘amgin hodisalarni kiriting.
Ro‘yxatlarni tuzib bo‘lgach, "optimistik qoidalar"ni quyidagi formatda qaytayozing:
• "Men... [hodisa] paytda baxtiyorman"
• "Men faqatgina ... [hodisa] ro‘y berganida baxtsizman"
Bu yerda so‘zlarning tuzilishi juda muhim rol o‘ynaydi. Natijada, siz ikki qog‘oz varaqqa ega bo‘lasiz. Biri siz hozir yashayotgan "pesimistik qoidalar"dir, ikkinchisida esa siz yashashni istagan, va ishonishni xohlayotgan "optimistik qoidalar".
4. Endi bo‘lsa eski qoidalarni yoqib yuboring
Bu biroz g‘alati va qandaydir “bolalarcha” eshitilsa ham, biroq bundan keyin keraksiz qoidalarni “yoqib yuborish marosimi” ishlaydi, va nima uchun bundayligini hozir ko‘rib chiqamiz.
Insoniyat tarixining o‘tgan 125 ming yildan ortiq davomida insonni ajratib turuvchi ko‘nikmalaridan biri - olovni nazorat qilish qobiliyati. Olov mahalliy halqlarning butlaridan tortib katolik cherkovlargacha marosimlar, din va tarbirlarning bir qismi bo‘lib kelgan. Inson hayotida olovning ahamiyati odamlar avlodlarida ongsiz ravishda quyib qo‘yilgan - bu biror mateiyalashgan narsani (qog‘ozda so‘z kabi) nomoddiy biror narsaga o‘tkazishning bir usuli ("yo‘qolib qaytib kelmasligi” uchun shunday qilish). Hayotga nisbatan o‘tmishdagi munosabatingizni yoqib yuboring - bu hissiy tuyg‘ularingizni chiqarib tashlash uchun kichgina bir marosim bo‘lib xizmat qiladi.
5. Yangi qoidalarni shunday joylashtirib qo‘yingki, ular sizning ko‘zlaringizga har kuni tashlansin
Eski qoidalarning o‘rnini yangi qoidalar egallashi kerak. Yangi qoidalar yozilgan varaqni o‘z ish stolingizdagi kompyuter monitori yonida yoki vannadagi ko‘zgu oynaning yonida joylashtirib qo‘ying. Shunday qilingki, har bir kuningiz beixtiyor shu qoidalarni o‘qish bilan boshlansin. O‘z ongizgizni real voqelikning salbiy tomonlari emas, ijobiy tomonlarini birinchi navbatda idrok etishga moslashtirish maqsadida har kuni o‘z qo‘lingiz bilan yozgan qoidalarni o‘zingiz beixtiyor qaytarish/o‘qishingiz kerak.
Yanada sog‘lomroq turmush tarzi, hayot va faoliyatingizdagi yangi imkoniyatlarga yo‘lni ochib beruvchi optimizmning kaliti - o‘z qo‘lingizda, faqat bunga oddiychasiga harakat qilib ko‘ring!
Сообщения из Facebook