Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      Egizaklar har 85 ta tug‘ilishdan keyin dunyoga keladi. Uchtalik egizaklar esa har 7000 ta tug‘ilishdan keyin dunyoga kelishadi.

2.      Eng katta chaqaloq 1897 yili Kanadada tug‘ilgan bo‘lib, uning vazni -10,7 kilogramm, bo‘yi-76 santimetr bo‘lgan. Onasi Anni Batesning bo‘yi 224 santimetr bo‘lgan.

3.      Uzoqni ko‘ra olmaslik ayollarda erkaklarga nisbatan ikki martda ko‘proq uchraydi.

4.      Ko‘zoynak judayam qadimiy ixtiro xisoblanadi -Neron Rim imerator o‘z vaqtida gladiatorlar jangini shlifovka qilingan zumrad yordamida ko‘rgan. Bizga tanish bo‘lgan ko‘zoynaklar arab mamlakatlarida 10 asrda paydo bo‘lgan.

5.      Qadimgi eski moslar quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak sifatida suklyar bo‘lagi yoki kovakli yog‘och bo‘laklarini ishlatishgan.

6.      Qora rezavorlar - chernika, maymunjon ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

7.      Kontakt linzalar Leonardo da Vinchi tomonidan o‘ylab topilgan, ular shishadan ishlangan.

8.      To‘q ko‘k rang ko‘zlarimizga ijobiy ta’sir qiladi. Ekspertlar kuniga 15 daqiqa davomida ushbu ranga qarashni tavsiya qiladilar.

9.      S vitaminini  iste’mol qilish ko‘z kasalliklarini oldini oladi, masalan katarakta kasalligini oldini oladi.

10.  Dunyoda ko‘zoynaklar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlat Italiya xisoblanadi, ikkinchi o‘rinda Xitoy turadi. 

1.      Bizning ko‘zlarimiz suratlarni o‘girilgan holatda ko‘radi hamda miya uni biz o‘rgangan va qabul qiladigan holga aylantiradi.

2.      Chaqaloqlar yig‘laganda ularning ko‘zlari ho‘llanmaydi, chunki chaqaloqlar ko‘z yosh bezlari xali rivojlanmagan bo‘ladi.

3.      XV asrda optik moslamalar deyarli mavjud bo‘lmagan, ammo o‘sha vaqtda ham Yevropa yo‘llarida ko‘zoynak taqib ketayotgan odamlarni uchratish mumkin edi, -"yo‘l ko‘zoynaklari” quyoshdan va changdan ximoya qilgan. Lyudovik XV o‘ziga bag‘ishlangan maqtov panegirikni eshitib, aynan muallifning ko‘zoynaklari qirol xizmatlarini oshiradi deb aytgan. Psixologlar fikricha, ko‘zoynaklar taqishni boshlagan inson nafaqat ko‘rinishi balkim ruxan ham o‘zgarar ekan.

4.      Uzoqni ko‘ra olmaslik ayollarda erkaklarga nisbatan ikki martda ko‘proq uchraydi.

5.      «Rolls-Roys» bamperidagi haykalchaning narhi 5000 dollarni tashkil qiladi.

6.      Dastlabki sharikli ruchkalar savdoga 1945 yilda chiqarildi. Har birining narxi 12 dollar bo‘lgan.

7.      Rojdestvoga birinchi tabrik otkritkalari Angliyada 1842 yil 9 dekabrda paydo bo‘lgan.

8.      Shtopor M.L. Brayn tomonidan 1860 yilda ixtiro qilingan.

9.      Rossiyada zarb qilingan tangalarning eng kichik qiymati - 1/8 tangaga teng edi.

10.   Tualet qog‘ozi nyu-yorklik Djozef Gayyotti tomonidan 1857 yilda kashf qilingan.

1.      Ko‘zoynak judayam qadimiy ixtiro hisoblanadi - Rim imperatori Neron o‘z vaqtida gladiatorlar jangini sayqallangan zumrad yordamida ko‘rgan. Bizga tanish bo‘lgan ko‘zoynaklar arab mamlakatlarida 10 asrda paydo bo‘lgan.

2.      Qadimgi eskimoslar quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak sifatida suyaklar bo‘lagi yoki kovakli yog‘och bo‘laklarini ishlatishgan.

3.      Daniel Defo - “Robinzon Kruzo”ning muallifi umri davomida 300 dan ortiq asar yozgan. Uingliz milliy razvedkasining asoschisi sanaladi.

4.      Iogann Volfgang Gyote tutunni umuman xushlamagan. U hatto oshpazini uyni tutatib yuborgani uchun ishdan bo‘shatib yuborgan. Biroq, alamzada oshpaz ketish oldidan sigaret chekib, shoirdan o‘ch olib ketgan ekan.

5.     Dyumaning ishtahasi ham ulkan edi. Bir o‘tirganida qirg‘ovul, o‘rdak, qisqichbaqa tanovul qilib, salatlar va turli desertlar iste’mol qilgan. Lekin, spirtli ichimliklar va tamakini umri davomida og‘ziga olmagan.

6.      Pushkin xolasining uyiga kelib 5 daqiqa o‘tirgan stul ham hozir muzeyda saqlanadi.

7.      Onore de Balzak har kuni ijoddan oldin 7-8 finjon qahva ichgan. Umri davomida esa tahminan 50.000  finjon qahva iste’mol qilgan.

8.      Aleksandr Dyuma o‘z qahramonlarini tirik deb hisoblagan. U o‘z obrazlari haqida qayg‘urgan. Ular bilan suhbatlashgan, kulishgan, dardlashgan.

9.      Adib divanda muk tushib, qo‘llari ostiga yostiq qo‘yib asar yozgan. Uning umri davomida yozgan asarlari umumiy 2000 jildni tashkil qilishini mashhur ruhshunos Deyl Karnegi o‘z kitobida ta’kidlagan.

10.   Aleksandr Pushkin hammomda to‘pponchadan o‘q uzishni yaxshi ko‘rgan. U otgan devorlardagi teshiklar hozirgacha Mixaylovskoye qishlog‘ida saqlanib qolgan.

1.      Nikolay Gogolning oshpazlik iste’dodi ham bor edi. Rimda yashaganida italiyalik oshpazlardan barcha sir asrorlarni o‘rganib olib, makarondan ajoyib taomlar tayyorlab, so‘ng do‘stlarini mehmon qilgan.

2.      Ivan Turgenev dvoryan oilasida tug‘ilgan. U mohir ovchi va faylasuf edi.

3.      Turgenevning vafotidan so‘ng, ekspertlar uning miyasini og‘irligini tekshirib ko‘rishgan va adib miyasi 2,5 kg og‘irlikda ekanini aniqlashgan. Oddiy odamlarning miya vazni o‘rtacha 1,5 kg ga yaqin bo‘lishini hisobga olsak, rus yozuvchisining haddan ziyod kuchli, qomusiy bilim va tafakkurga ega bo‘lgani ma’lum bo‘ladi.

 4.      Lev Tolstoy Yasnaya Polyanani juda yaxshi ko‘rgan. Juda erta turgan. Qat’iy kundalik tartibga amal qilgan. Velosipedda sayr qilishni ham yoqtirgan.

5.      Mark Tven (Semyuyel Klemens) karavotda yotib ijod qilgan. U dengizchi bo‘lgani uchun ham “mark twain” - ikki dengiz sajeni ya’ni chuqurlikning o‘lchov birligi atamasini o‘ziga taxallus qilib olgan.

6.      Ufan va texnika kashfiyotlariga sarmoya kiritganida, katta qarzga botgan edi. Muxlislari va do‘stlarining yordamini qat’iyan rad etgan. Ammo, adib baribir qarzlaridan qutulgan.

7.      Har yili 30 noyabrda adibning tug‘ilgan kuni Missuri shtatida nishonlanadi va Tom Soyerning uyidagi devorlarni oqlash musobaqasi o‘tkaziladi. G‘oliblarga Mark Tven kitoblari taqdim etiladi.

8.      Gerbert Uellsning otasi kriket o‘yinlariga pul tikuvchi qimorboz bo‘lgan. Adib yoshligida oyog‘ini sindirib, bir umrga nogiron bo‘lib qolgan.

9.      Jek London asarlar yozishni rosa yomon ko‘rishini ko‘p bora ta’kidlagan. Kitoblarni faqat tirikchilik uchun nashr etgan ekan. Amerikalik adib 17 yoshida dengiz qaroqchilariga qo‘shilib, Bering bo‘g‘ozi, Alyaska, Shimoliy Okean va Yaponiya qirg‘oqlariga borib kelgan. O‘sha yili San Frantsiskodagi gazetada ocherklar tanlovi g‘olibi bo‘lgan.

10.  Artur Konan Doylning mashxur obrazi “Sherlok Xolms”ni prototipi aslida muallifning o‘zi bo‘lganini zamondoshlari ko‘p bora e’tirof etishgan. Chunki, yozuvchi o‘z qahramoni kabi juda sinchkov, o‘tkir zehnli va topqir bo‘lgan. Ko‘plab davlat arboblari undan jumboqli masalalarni yechishda yordam so‘rashganida, Konan Doyl - Xolms uslubida ularga ko‘p bor ko‘maklashgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook