Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      Ma’lumki, Yer sharida birinchi bo‘lib quyosh nurlarini yaponlar ko‘rishadi - aynan shu sababli ham Yaponiyani - Quyosh chiquvchi davlat deb atashadi. Biroq bu fikr umuman noto‘g‘ri. Vladivostok shahrida Grinvich bo‘yicha sahar Tokioga nisbatan bir soat oldin keladi.

2.      Xitoy- dunyodagi eng uzun davlatlardan biri hisoblanadi. G‘arbdan Sharqqa uzunligi deyarli 5700 kmni tashkil etadi. 1949 yildagi revolyutsiyadan oldin Xitoyda 5 soat chiziqlari mavjud bo‘lgan.

3.      Big Ben - minora nomi emas, balki ichkarida uradigan, 13 tonnali qo‘ng‘iroq nomi.

4.      Atom soatlari 6 million yil ichida 1 sekundli xatoga ega. Bir sekund - bu 133 atom seziy nurlanishning 9 192 631 770 tebranishi.

5.      Rim raqamli siferblatlarda, deyarli har doim soat 4 ni IIII bilan belgilanadi va deyarli hech qachon IV dan foydalanilmaydi.

6.      Kokos yong‘oqlaridagi suyuqlik favqulodda holatda qon plazmasining o‘rnini bosishi mumkin.

7.      876 yilda Amerikada Markaziy istirohat bog‘i ochildi. Uning maydoni Monako davlatinikidan ikki baravar katta.

8.      Shimoliy xitoy tilida yoki boshqacha nomlanishi «mandarin» tilida «Ha» va «Yo‘q»so‘zlarini ifodalovchi aniq so‘z mavjud emas. Savolga javob berishga kelganda, fe’lni qaytarib javob berish kerak xolos: misol uchun, «Sen guruchni yoqtirasanmi?» degan savolga, xitoylik «Yoqtiraman» yoki «Yoqtirmayman» deb javob berish kerak. Agarda savolda faol fe’l bo‘lmasa, misol uchun, «Bugun dushanbami?» bunday savolga ijobiy javob ,ingliz tilidagi to be bog‘lovchi fe’li kabi  是 bo‘ladi, salbiy javob esa, xuddi shu bog‘lovchi fe’lni manfiy yuklama 不是 bilan aytiladi.

9.      Taypan iloni bir marta chaqqanida 200 mingta sichqonni o‘ldira oladigan zahar chiqaradi.

10.   San-Diyego hayvonot bog‘i u yerda saqlanayotgan jonivorlarning rang-barangligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

1.      Tilning har xil joylari shirin, nordon, achchiq va sho‘r ta’mlarga javob beradi degan tushuncha bizning ongimizda uzoq vaqtlar davomidan qolgan. Bunga qaramasdan ushbu tushuncha noto‘g‘ri. Tilning har bir doirasi istagan ta’mni seza oladi.Tilning ta’m sezish xaritasi mavjudligi haqida afsona, Garvard Universiteti professori tomonidan taklif qilingan nemis gazetasidagi nazariyaning noto‘g‘ri tarjimasidan kelib chiqqan.

2.      Ulkanxazinalar orasida yana bir ahamiyatlisi Tutanxamon xazinasi bo‘lib, u 1922yilda angliyalik olim Govard Karter tomonidan topilgan. Xazinaning eng muhimbuyumlaridan biri sof oltindan yasalgan “Tutanxamon niqobi”dir.

3.      Bolgariya hududlaridan topilgan yana bir xazina “Pereshipina” deb nomlanadi. Ushbu boylik Vizantiya hamda Sosoniylar davriga to‘g‘ri keladi. Xazina 1912 yili cho‘pon bola tomonidan tasodifan topilgan. Bu xazina 800 dona buyumdan iborat bo‘lib,shundan 19 tasi kumush, 16 tasi sof oltindan yasalgan idishlardir. Bundan tashqari, qini va dastasi sof oltindan yasalgan temir pichoq ham katta ahamiyatga ega.

4.      Indoneziya hududlarida dengiz tagidan topilgan xazina ham juda ulkan va X asrga tegishli. Suv ostidan 14000 javohir, 4000 yoqut, 400 ta to‘q zangori va havorang yoqutlar olib chiqilgan. Ushbu xazina bir necha million dollarga baholangan va 50% Indoneziya davlati g‘aznasiga o‘tkazilgan.

5.      Ayollarning terisi va sochlari erkaklarga nisbatan o‘rtacha ochroqdir, bu hatto barcha irqlarga tegishli.

6.      Bunday holat erkaklarning organizmida ayollarnikiga nisabatan melaninning ko‘pligi sabablidir. Bundan tashqari erkaklarning tanasi ayollarnikiga nisbatan qizg‘ishroq bo‘ladi, buning sababi erkaklar organizmida qon miqdori ayollarnikiga nisbatan ko‘proqligidandir.

7.      Andres Inesta otasi uch oy qiyinchilik bilan ishlab va topgan hamda yiqqan puliga olib bergan oyoq kiyimini hamon saqlaydi. Andres futbolchi sifatida ilk professional kontraktini tuzgandan so‘ng onasiga uy sovg‘a qildi. Otasiga esa ishini tashlashga imkoniyat yaratib bergan (otasi o‘shanda 40 yoshda bo‘lgan).

8.      2011yilning 7 may kuni Gollandiya yuqori divizionida ishtirok etadigan “Venlo” jamoasi Berke van der Me bilan professional shartnoma imzolagan. Shartnoma imzolangan vaqtda Berke endigina bir yarim yoshda edi. Uning o‘yinchoq to‘pini kichik darvozaga “mahorat” bilan joylayotganining videolavhasini ko‘rgan jamoa rahbariyati bu antiqa bolani tarkibiga olishga qaror qilgan.

9.      Maydonda muxlis sifatida o‘tirib tomosha qilish bo‘yicha rekord natija 2007 yilning 31mart kunida qayd etilgan. Bu natija Angliyaning “Old Trafford” maydonida amalga oshgan. Premer liga doirasida “Manchester Yunayted” - “Blekbern Rovers” jamoalari uchrashuvida maydonda o‘tirib 76 098 muxlis uchrashuvni tomosha qilgan. Bu voqea shuningdek chempionat tarixida ham yagona hisoblanadi.

10.  1999 yilning 5 iyun kuni Pol Skoulz antiqa anti-rekord qayd etgan. U Angliya terma jamoasi tarkibida o‘z maydonida qizil kartochka olib maydonni tark etgan yagona futbolchi hisoblanadi. O‘shanda inglizlar Shvetsiya termasiga qarshi bahs olib borgan. Ayni vaqtga kelib ham bu natija yangilangani yo‘q.

1.      Dunyoda avval jahon chempionligini (2010y.) qo‘lga kiritib keyin yoshlar o‘rtasida Yevropa chempioni bo‘lgan (2011 y.) yagona futbolchi Xuan Mata hisoblanadi.

2.      1969 yilda Gonduras terma jamoasining Salvador termasiga imkoniyatni boy berishi natijasida, ikki mamlakat o‘rtasida olti kunlik urush bo‘lib o‘tgan.

3.      Alessandro Del Pero futbolchilik faoliyatini darvozabonlikdan boshlagan. Uning onasi o‘g‘li jarohatlanmasligi uchun shu pozitsiyada harakat qilishgagina ruxsat bergan.

4.      Serxio Ramos terma jamoa safida 100 uchrashuv o‘tkazgan eng yosh yevropalik futbolchi hisoblanadi.

5.      Faqatgina fransuz ustasi Mishel Gero “Oltin to‘p” sovrinini ishlab chiqaradi.

6.      Iker Kasilyas — Ispaniya terma jamoasida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan rekordchi hisoblanadi (138). Shuningdek, darvozasi daxlsizligini (73) uzoq saqlab turgan dunyodagi rekordchi darvozabon hamdir.

7.      Samuel Eto’O — futbol tarixida ikki jamoa bilan ikki yil ketma-ket (2009 yilda“Barselona” va 2010 yil “Inter” jamoasi bilan) “oltin xet trik”ni (Chempionlar ligasi, chempionat va mamlakat kubogi) qayd etgan yagona futbolchi hisoblanadi.

8.      AlfredoDi Stefano uchta terma jamoada to‘p surgan yagona futbolchi hisoblanadi -(Argentina, Kolumbiya, Ispaniya).

9.      Paolo Maldini Chempionlar ligasi finallari tarixida eng tezkor gol muallifiga aylangan. U 2005 yilgi finalda Angliyaning “Liverpul” jamoasi darvozasini 52 soniyada ishg‘ol qilgan.

10.  Klarens Zeyedorf UYEFA chempionlar ligasi g‘olibligini uchta har xil jamoalar bilan qo‘lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. Bular: “Ayaks”, “Real”Madrid va “Milan”.

1.      Ispaniya Super kubogi finalida Krishtianu Ronaldu “Barselona” jamoasi darvozasiga ilk to‘pini kiritgan. Bu safar esa Garet Beyl Ronaldu natijasini takrorladi. Farq shundaki Ronaldu Ispaniya super kubogida golini nishonlagan bo‘lsa, Garet “Qirol kubogi”da gol urdi.

2.      Joze Mourino hech qachon professional futbolchi bo‘lmagan. U faqat yoshlar jamoalarida to‘p surgan. Mourino futbolchi bo‘lishi uchun yetarli qobiliyati bo‘lmaganligi sababli professional futbolchi bo‘lib tanilmagan.

3.      Qiziq faktlar — Butun dunyoda 1 iyunda bolalarni himoya qilish bayrami o‘tkazilsa, Seyshel orolida bu bayram biroy davomida nishonlanadi.

4.      Dunyodagi eng ko‘p bolali kishi Marokash sultoni Ismoil bo‘lib, uning 548 ta o‘g‘li va340 nafar qizi bor.

5.      Har 20 kunda uning haramida yangi chaqaloq dunyoga keladi.

6.       AQSh prezidentlarining hech biri oilada yagona farzand emas. Amerika psixologiyasiga ko‘ra, oilada bittagina farzand bo‘lsa, u albatta xudbin va o‘z maqsadi uchungina yashashi mumkin.

7.      Ruminiyada dunyodagi yagona bolalar va ularning qo‘riqchilari uchun bolalar bog‘chasi bor. U yerda qo‘riqchilar uchun alohida bino bor. Ushbu bog‘cha mashhur hamda boy kishilarning farzandlari uchun, albatta. Bolalarning qo‘lida telefon bo‘lib, u istagan paytida ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

8.      Sayyoramizda har lahzada ikkita chaqaloq dunyoga keladi. Shulardan biri uzog‘i bilan 10 yoshgacha yashashi mumkin.

9.      Statistikaga ko‘ra, 3-4 yoshli bolalar bir kunda 1200 ta so‘z ishlatishadi va kattalarga 900 taga yaqin savol berishadi.

10.   Angliyalik olimlarning ta’kidlashicha, doimiy ravishda kompyuter bilan ishlab turadigan bolalar boshqa bolalarga nisbatan matematikani yaxshi bilishadi hamda o‘qish va yozishni besh karra ziyod tez o‘rganib olishadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook