Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      Bernard Shou ham Oskar sovrini, ham Nobel mukofoti olgan yagona adib sanaladi.

2.      2011 yilda adabiyot yo'nalishida xalqaro Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan shvetsiyalik shoir Tumas Transtryomer - kuchli psixolog mutaxassis sanaladi.

3.      Taniqli rus adibi Mixail Bulgakov ham Kiyev universitetini tugatib, shifokorlik diplomiga ega bo‘lgan, so‘ngra u o‘z mutaxassisligini adabiyot bilan yonma-yon olib borgan.

4.      Sharikli ruchkalar sotuvga ilk bor  Nyu-Yorkda1945 yilda chiqqan. Ruchkalarni xarid qilish uchun navbat shunchalik katta ediki, hatto hukumat bir necha yuz politsiya xodimlaridan devor tuzishga majbur bo‘lgan. Uning narxi o‘rtacha amerikalik sanoat odamining 8 soatlik ish kuni uchun olgan maoshi 12 dollarga teng bo‘lganligiga qaramasdan bir kunning ichida10 mingga yaqin ruchka sotilgan. Keyingi qirq yildan ortiqroq vaqt ichida 400 dan ortiq kishi fazoga parvoz qildi. Ular ko‘plab narsalarga duch kelishgan.Ammo ular ko‘rgan barcha narsalari haqida ham og'iz ochishmagan. Buning ustiga ularga og'iz ochmaslikni maslahat beruvchilar ham bor. Aytishlaricha, bir paytlar Gagarin «agar ruxsat berishganida, samodagi ko‘plab qiziqarli hodisalarni aytib bergan bo‘lardim» degan ekan.

5.      Janubiy afrikalik siyosiy arbob Yan Xristian Smets 5000 ta kitobning matnini yoddan bilgan, birmalik  Visittabm Vumsa 1974yilda 6000 sahifalik budda matnlarini yoddan aytib bergan.

6.      Anqaralik Mehmed Ali Xolisiy 1967 yilning 14 oktyabrida olti soat davomida «Qur’on» niyoddan aytib bergan.

7.      Vengriyaning Pech shahridagi Klara Leova nomidagi o‘rta maktabda bo‘lib o‘tan vengr tili va adabiyoti darsi 24 soatga cho‘zildi. O'qituvchi Shabolch Zalay 34 o‘quvchiga 18 iyundan 19 iyungacha (1999 yil) bo‘lgan muddatda ta’lim berib charchamadi ham.

8.      So‘nggi paytlarda dunyoning qaysidir burchagida o‘rmon yong'inlari haqidagi xabarlarga tez-tez duch keladigan bo‘lib qoldik. Olovning shiddatli tarzda katta-katta o‘rmonlarni egallab, ularni yo‘q qilayotgani, o‘t o‘chirish ishlari besamar ketayotgani mazkur xabarlarning asosiy mavzusi. Ba’zilarimiz «nahotki, shunchalik darajadagi texnika taraqqiyoti ham olovni o‘chirish yoki kengayib ketishining oldini olishga ojizlik qilayotgan bo‘lsa» deb o‘ylab ham qolamiz.

9.      Dunyodagi so‘z jihatdan eng badavlat tillar arab va ingliz tillari bo‘lib, inglizlarning hisobida 2500000 (ikki yarim million) dan oshiq so‘z bo‘lsa, arab tilida esa 3500000 (uch yarim million)dan ortiq lug'at boyligi mavjud. O'zbek tilida taxminan 1400000-1600000 atrofida so‘z bor ekan. Biz yuqorida keltirgan hozirgi ma’lumotlar, albatta, ko‘proq ijtimoiy sohalar bo‘yicha nisbatan olingan xolos.

10.  Olachipor tovuqlar jigarrang tuxum qo‘yishadi. Har doim ham unday bo‘lavermaydi. Tuxum po‘sti rangini belgilaydigan faktor tovuq turi emas, uning genlaridir. Agar toza zotli tovuq haqida gapiradigan bo‘lsak, quloq solinchagi oq bo‘lgan tovuqlar oq, qizil solinchakli tovuqlar esa jigarrang tuxum quyishadi. Lekin shuni aytib o‘tish kerakki, har bir tovuq butun umr davomida bir xil rangda tuxum qo‘yadi.

1.      Uch qoshiq shakar qo‘shilgan bir stakan suv, haqiqatan ham antidepression ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin qisqagina vaqtga xolos,  bu vaxt yarim soatdan ko‘p cho‘zilmaydi.Shakar organizm xazinasidagi miya bardamligini ta’minlovchi V1 vitaminini kamaytirishi bilan bog'liq. Bu vitamin qanchalik kam bo‘lsa, uyqusirash,depressiya, tez charchash, mushaklarning bo‘shash ehtimoli yuqori bo‘ladi.

2.      Haqiqatda shokoladning bir plitkasida atigi 30 mg kofein bor. Bir piyola kofeda esa  180 mg, choyda undan ham ko‘p. Bundan kelib chiqadiki, bir piyola kofedan olayotgan tetiklashtiruvchi ta’sirni olish uchun kamida 6 plitka shokolad yeyish kerak.

3.      Qirq besh yoshli Konrard Fondershtrass Germaniyaning Frayberg shahri klinikasiga bir necha oylardan beri uxlamayotganligidan nolib kelganida, shifokorlar uning chindan ham uyqusizlik kasaliga duchor bo‘lganligiga ishonishmadi. Olimlar  xulosasiga ko‘ra, har qanday inson bunday uzoq muddatda baribir bir-ikki soat mizg'ib olishi kerak. Bemorning kasalligini aniqlash uchun unga 8 soatlik maxsus moslama ulab, uyqusizligini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lishdi. Belgilangan muddat ichida Konrard atigi bir necha minutgina pinakka ketdi, qolgan vaqtlarda esa tamoman o‘zini hushyor tutdi.

4.      Futbol to‘pining an’anaviy oq-qora ko‘rinishi oq-qora rangli televizor ekranlarida yaxshi aks etishi uchun o‘ylab topilgan.

5.      Neftni qazib olish ham, yer silkinishlariga olib kelishi mumkin. Lekin, bu to‘g'risida gapirilmaydi, chunki ularning kuchi juda kichik bo‘ladi va ular, neft so‘rib olingan joy o‘rniga qattiq jinslar o‘rnashib olganidagina yuz beradi.

6.      Kaspiy dengizida eng issiq harorat 37,2 °S bo‘lsa, Orol dengizida bu ko‘rsatkich 32,4°S ga yetadi. Azov dengizida suv sirti 32 °S, Qora dengiz va Yapon dengizida31,2 °S, Oxota dengizida 25,9 °S, Bering dengizida esa 22,2 °S gacha isishi mumkin.

7.      Suv sirti va ostidagi haroratning har xilligidan foydalanib, suvlardan issiqlik chiqarish va ularni elektr stantsiyalarida elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Shu xildagi ilk elektr stantsiyasi Afrikada, Kot-d'Ivuarning Abidjan shahrida qurilgan. U o‘n to‘rt ming kilovatt quvvat bilan ishlaydi. Stansiya sovuq suvni besh yuz metr chuqurlikdan oladi. Bu yerda sirtqi va ostki suv haroratining farqi 10-15 daraja atrofida.

8.      Qurilish sohasi “Samsung Engineering” kompaniyasiga yiliga 2 mlrd AQSh dollari daromad keltiradi. Kompaniya asosan xorijiy buyurtmachilarga xizmat ko‘rsatadi va yirik loyihalar bilan shug'ullanadi. “Samsung Group”ning bosh ofisi binosi (Seul),jahondagi eng baland  bino Burj Xalifa (Birlashgan Arab Amirliklari), Petronas egizak minorasi (Kuala Lumpur), Taybey 101 binosi (Tayvan) kabi dunyoga mashhur inshootlarni ana shu kompaniya qurgan.

9.      Oyda Mirzo Ulug'bek nomidagi krater bor.

10.    Yevro kupyurasining haqiqiyligini undagi harfning seriya raqami va 11 sonidan tekshirish mumkin. Harfni, ingliz alifbosidagi tartib raqami bilan almashtirib, bu sonni boshqa sonlar bilan qo‘shib, undan so‘ng birgina son hosil bo‘lgunga qadar natijada chiqqan sonlarni qo‘shish kerak. Agar bu son 8 bo‘lsa, kupyura haqiqiy hisoblanadi. Tekshirishning yana bir usuli, xuddi shunday uslubda, faqat harfning ishtirokisiz bo‘lgan qo‘shishdan iborat. Bitta harf va bitta sondan tashkil topgan natija ma’lum bir mamlakatga mos kelishi kerak, chunki yevro turli xil davlatlarda chop etiladi. Masalan,Germaniya uchun bu X2.

1.      Banan yegan bo‘lsangiz kerak? Hozirda bu mevani nafaqat supermarketlardan, balki bozorlardan ham topish mumkin. O'zimizda yetishtirilmagani sababli biroz qimmat, lekin baribir narxi osmonda emas. Banan allergiya chaqirmaydi, hatto yosh bolalarga ham bersa bo‘ladi. S vitamini va kaliyga boy. Bu mevaning asl vatani Osiyo changalzorlari hisoblanadi. Bananning poyasi, ya’ni shox-shabbalari daraxtniki singari baquvvat bo‘lmaydi. Shu bois soniyasiga 25 metrdan ortiq tezlikda esgan shamol butun bananzorni 1 daqiqaga qoldirmay payhon qilishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘simlikka tirgak qo‘yib chiqiladi.

2.      1849 yili senator David Atchison faqat 1 kunga AQSh prezidenti lavozimini o‘tagan. Shunda ham u bu kunning asosiy qismini... uxlab o‘tkazgan.

3.      Misrda jala 200 yilda bir marotaba quyadi.

4.      PyotrI ning bo‘yi taxminan 213 sm ni tashkil etgan.

5.      Insonda 20 ta sut tishi bo‘ladi.

6.      Marsga hali inson qadami yetmagan bo‘lsa-da, ushbu sayyoraning o‘z bayrog'i bor.

7.      Tennisning oyoqda o‘ynaladigan turi ham bor va u “futboltennis” deb ataladi.

8.      2 ming yil oldin ham forslar lavlagi nimalagini bilishgan. Biroq unga urush-janjal belgisi deb qaraganlar.

9.      Yetilayotgan karamning boshi bir kunda ishga yaroqli ot ichadigan suvni “hazm qilib yuboradi”.

10.    Sportning shaxmat va boks turlari qo‘shilishidan paydo bo‘lgan shaxboks o‘yini bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazib turiladi.

1.      Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha bir yilda yetishtiriladigan kartoshkaning qiymati shu muddat ichida qazib olinadigan oltin va kumush qiymatidan ko‘pdir. Bu serdaromad sabzavot Yevropada XVI asrda paydo bo‘lgan. Dastlab uni bog'larda manzarali o‘simlik sifatida ekishgan, keyinchalik ustki ho‘l mevasidan murabbo tayyorlaganlar va nihoyat ildiz mevasini ham iste’mol qila boshlaganlar. Ancha vaqt mobaynida kartoshka juda tanqis bo‘lgan, turli bayramlarda odamlar uni yaqinlariga sovg'a sifatida ulashgan.

2.      Fransiyada yetishtiriladigan “La Bonnotte” kartoshka navining 1 kilogrammi taxminan 500 yevro turadi. Bu pulga o‘zimizning kartoshkadan olinsa, to‘rt-besh yilga bemalol yetadi.

3.      Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchining “Lester qonunlari” (“Suv, yer va osmon jismlari haqida risola”) asaridir. Qimmatbaho qog'ozga yaltiroq harflar bilan yozilgan bu kitobni dunyo milliarderi Bill Geyts 24 million dollarga sotib olgan. Kitobga ayamay pul sarflaydigan milliarder bekorga boy bo‘lmagan bo‘lsa kerak.

4.      Yer sayyorasining aholisi foydalangan eng qadimgi taroqlarni baliq suyaklari deb aytish mumkin. Birinchi taroq qayerda va qachon ixtiro qilinganligi noma’lum,lekin dastlabki taroqlardan biri Qadimgi Rim hududida topilgan. U hayvonning katta suyagidan yasalgan bo‘lib, bir-biridan 0.2 sm masofada joylashgan tishlari va ruchkasi qo‘l bilan o‘yib chiqilgan. Keyinchalik taroqlar yog'ochdan, marjondan, fil suyaklaridan, toshbaqa kosasidan va turli hayvonlarning shoxlaridan ham yasala boshlagan . Taroqlar uchun ushbu ashyolar deyarli XIXasr o‘rtalarigacha ishlatilgan. 1869 yilda aka-uka Isayya va Jon Xayatlar taroqlar ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirgan selluloidni kashf qildilar. 

 5.      Tugmachani aynan kim ixtiro qilgani noma’lum. Ba’zi olimlar bu yunonlar yoki rimliklardan, boshqalari - tugmacha Osiyodan kelgan deb aytadilar. Ular ko‘pincha fil suyaklaridan yasalgan. Tugmachalar XIII asrga kelib keng tarqalgan va deyarli XVIII asrgacha, boylik va aslzodalar nasabidan kelib chiqqanlik belgisi edi. Qirollar va zodagonlar, o‘zlariga tilla va kumush tugmachalarni yasattirishgan. XVIII asr boshlarida, tugmachalar metall va misdan yasala boshlangan, va deyarli XIX asrgacha tugmachalar shunchalik qimmat mahsulot ediki, ular kiyimdan kiyimga tikilardi .

6.      Zar qog'oz qoplangan g'o‘lani ko‘z oldingizga keltiring. Ovozni kuchaytiruvchi karnayga ulangan ignaning uchi o‘sha g'o‘laga tegib turibdi. G'o‘la sekin aylanyapti.Ovoz kuchaytiruvchi bu karnayga gapirilsa, tovush zarbidan igna harakatga keladi va uning uchi zarqog'ozga dam katta, dam ingichka iz o‘yadi va bu bilan tovush yo‘lchalari hosil bo‘ladi. 1877 yilda amerikalik ixtirochi Edison yaratgan tovush yozish va ovoz eshitish apparati - fonograf shu yo‘sinda ishlagan. 1888 yilda esa nemis ixtirochisi Berliner fonograf g'o‘lasi o‘rniga aylanuvchi taglik o‘rnatdi. Shu tariqa gramplastinka kelib chiqdi.

 7.      1835 yilda Nyu-Yorklik vrach Jon Ayrlend Xoui to‘g'nog'ichlarni ishlab chiqaruvchi mashinani kashf qildi. To‘g'nog'ichlar, tabiiyki, tikuvchilar uchun yaratilgan, lekin ular varaqlarni birlashtirishda ham keng qo‘llanilgan. Qayriltirilgan sim bo‘lagi bilan qog'ozlarni birlashtirishni birinchi bo‘lib, norvegiyalik ixtirochi Yoxan Vaaler 1899 yilda o‘ylab topdi, biroq u hozirgi zamon skrepkasiga o‘xshamas edi. Bugungi kundagi skrepkaning ilk ko‘rinishini «Gem Manufacturing Ltd»ingliz kompaniyasida ixtiro qilishgan, biroq negadir uni hech kim patentlamagan.

8.      Toshlardan, hayvon suyaklaridan yoki shoxlaridan yasalgan, dastlabki teshikli ignalar zamonaviy g'arbiy Yevropa va Maraziy Osiyo hududlarida 17 ming yil ilgari topilgan. Afrikada palma barglarining paylariga bog'langan, o‘simliklardan qilingan iplar igna sifatida xizmat qilgan.

9.      Ilk po‘lat igna Xitoyda yasalgan. O'sha yerda eramizdan avvalgi 3 asrda angishvona kashf qilingan. Mavritaniya (qadimda Afrikaning shimoli-G'arbiy hududlari, zamonaviy Jazoir Qarbiy hududi va zamonaviy Marokashning sharqi) qabilalari bu kashfiyotlarini g‘arbga olib borishgan .

10.  Atlantika okeanida maydoni uncha katta bo‘lmasa-da, boshqa okean mintaqalariga qaraganda anchagina mashhur bo‘lgan hudud bor. Bu taxminiy uchburchakning bir uchi Bermud orollariga, bir uchi Florida yarim oroliga, yana bir uchi esa Puerto-Rikoga tutashadi. Bermud uchburchagi deb nom olgan bu hudud nafaqat Atlantika okeanidagi, balki butun yer yuzi okeanlaridagi eng jumboqli va xavfli joy hisoblanadi.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook