просмотров
1. Kim, qachon va nima uchun g'ildirakni ixtiro qilganligi tarixning eng murakkab sirlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Eng qadimgi g'ildirak Mesopotamiya hududida topilgan bo‘lib, u 55 asrlarcha oldin yasalgan. Miloddan avvalgi XXXV asr Shumerlar piktogrammasida birinchi marta arava ko‘rinishidagi narsa-g'ildirakli chana tasvirlangan. O'sha paytdagi g'ildiraklar butun disk ko‘rinishida yog'ochdan qirqilgan. Kegayli birinchi g'ildiraklar Kichik Osiyo yarim orolida, eramizdan avvalgi XX asrda yasalgan va xuddi shu asrning o‘zida Yevropa, Xitoy va Hindistongacha borgan. Misrda ulardan yuk tashish uchun ham foydalana boshlashgan.g‘ildiraklar va har qanday aravalar Qadimgi Yunonistonda, keyin esa Rimda ham keng tarqalgan.
2. Geologlar Afrika janubidagi Namibiya davlatining eng qurg'oqchil hududida ulkan yer osti suv manbasiga duch keldilar. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu yerosti dengizi Afrika qit’asining shimoliy hududlarini kamida 400 yil suv bilan ta’minlab turishi mumkin ekan. Namibiyada Atlantika okeani sohillarini hisobga olmaganda o‘z suv havzalari deyarli yo‘q , daryolari esa juda kam. Ular ham faqatgina yomg'ir mavsumida oqib, jazirama issiq kunlarda qurib qoladi. Shu bois mamlakatda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish mushkul .
3. Vino uzumdan tayyorlangan (lekin ko‘pgina sharbatlar kabi suyultirilgan uzum kontsentratidan emas) mahsulot, quyosh nurlaridan saqlovchi vosita hisoblanadi. Teri ultrabinafsha nurlarga yo‘liqqanida, teri hujayralaridagi faol kislorod ushbu hujayralariga ziyon keltiradigan fermentlarni oksidlaydi. Uzum tarkibida flavonid deb atalmish birikmalar mavjud bo‘lib, ular hujayralardagi kislorodning faol formalari shakllanishiga yo‘l qo‘ymaydi, shu bilan birga uning potentsial zararini kamaytiradi .
4. Avstraliyaning janubi-sharqiy qismida dunyodagi eng uzun to‘rli devor mavjud bo‘lib, uning uzunligi 5614 kilometrga teng, lekin shosse yo‘llari o‘tgan joylarda uzilib davom etadi. Bu devor 1885 yilda yaylovlardagi qo‘ylarni dingo (Avstraliya yovvoyi iti)dan himoya qilish maqsadida qurilgan. Asosan bu devor o‘z vazifasini bajaradi, dingodan qo‘ylarning o‘limi qisqardi. Ayni paytda ushbu yaylovda qo‘ylar bilan raqobatda bo‘lgan kenguru va quyonlarning populyatsiyasi ko‘tarildi. Avstraliyaning g'arbida 3253 kilometr uzunlikdagi qurilgan yana bir devor quyonlardan himoyalanish maqsadida qurilgan, chunki bir paytlar quyonlar qit’aga kuchli ekologik xavf tug'dirgan.
5. Yer yuziga 5 marta Marsdan meteoritlar tushgan. Ular Marsdan uzilib to‘g'ridan -to‘g'ri Yerga tushgani yo‘q. Olimlarni fikricha , millionlar yil ilgari qandaydir katta ob'yekt ta’siri tufayli Marsning bir bo‘lak jinsi ajralib, uzoq sayohatga chiqib ketdi. Ularning ayrimlari Yerga: taxminan 24000 ta ilm-fanga ma’lum bo‘lgan meteoritlardan 34 tasi Marsdan edi, albatta barchasi ilmiy tasdiqlangan .
6. Agarda sizning kalitingiz qulflangan avtomobilni ichida qolib ketgan bo‘lsa, uyingizda esa zaxira kalitingiz mavjud bo‘lsa, o‘z mobil telefoningizdan uydagilarning mobil telefoniga qo‘ng'iroq qiling.
7. O'z mobil telefoningizni avtomobil eshigining oldida 30 sm masofada ushlab turing, ayni paytda uydagilaringizdan biri zaxira kalitning pultida ochish tugmasini bosib mobil telefonga yaqin tutmoqligi lozim. Sizning avtomobilingiz ochiladi. Ajoyib vaqtingizni tejash imkoniyati, sizga zaxira kalitni olib kelishga ovorasi bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda masofaning ahamiyati yo‘q, xoh yuzlab kilometr uzoqlikda bo‘ling, asosiysi telefon qilib ulansangiz bo‘lgani va siz avtomobilingizni ochib olasiz.
8. Yangi Zelandiyada olimlarga tanish yagona qanotsiz qush - kivi yashaydi, bundan tashqari uning dumi ham yo‘q, patlari esa junga o‘xshaydi. Agar ichki a’zolari tuzilishi va tumshug'i bo‘lmaganda, uni sut emizuvchilarga xos deb bo‘lardi. Axir o‘zini tutishi va tashqi ko‘rinishi aslo qushga o‘xshamaydi.
9. Agarda sizga uxlash uchun 5 daqiqa yetarli bo‘lsa, demak sizga uyqu yetmayapti. Uxlash uchun kerakli eng yaxshi vaqt oralig'i 10 va 15 daqiqadir. Bu degani, siz kunduzi yaxshigina charchagansiz, ammo kun davomida o‘zingizni tetik his qilgansiz degani.
10. Siz bor-yo‘g'i bittagina zaharli qush borligini bilasizmi? Bu ikki rangli pashshaxo‘r qorayaloq,chumchuqsimonlar oilasiga kiradi va Yangi Gvineyada yashaydi. Buning hayratlanarli joyi yo‘q, axir qush zaharli qo‘ng'izlar-Choresine pulchra (zahari - batraxotoksin)ni yeb kun ko‘radi. Evolyutsiya mobaynida pashshaxo‘rlarda zaharga nisbatan immunitet hosil bo‘lgan va zahar uning terisi va patlariga singib ketgan. Shu tariqa odam va kichik hayvonlarning unga tegib ketishi ham xavfli.
1. Bugungi kunda sun’iy yomg'ir tashkil qilsa bo‘ladi. Samolyotdan quruq yaxning bo‘laklarini bulutlarga tashlansa, yomg'irga aylanadi. Bulutlarda uglekislota suv bilan aralashib, qor shaklida tushadi, tushgunigacha qor parchalari isib yomg'irga aylanadi. Shunday qilib qurg'oqchilikka qarshi qurashsa yoki bulutlarni tarqatsa bo‘ladi.
2. Oyda bosim Yerga nisbatan qariyb 6 baravar kuchsiz. Yupiterda esa Yerdagiga qaraganda 2,5 baravar kuchli. Bunday sharoitda o‘n kilolik tosh bizga 25 kilogrammdek tuyuladi.
3. Chanel...Bu atirni yoqtiradiganlar juda ko‘p. Atirlar tarixida Shanelchalik hech bir atir shuhrat topmagan. Ba’zilar uning tubiga qadar umrining oxirigacha yetib bormaydi. Uning tarkibida yasmin, atirgul, gulsapsar, mushk, marvarid, yog'och hamda vanil keng qo‘llaniladi. Ularning hidi osonlikcha ketmaydi.
4. Neftning bir tomchisi 25 litr ichimlik suvni yaroqsiz qiladi.
5. Shimoliy Amerikada muqaddas ketsal qushi yashaydi. U chiroyliligi va erksevarligi bilan mashhur. Inini ham antiqa shaklda ikki tirqishli qilib quradi: biri kirish,ikkinchisi chiqish uchun!
6. Panama davlatining nomi «kapalak» ma’nosini anglatadi.
7. Janubiy Osiyo davlati Tailand poytaxti Bangkok «yovvoyi olxo‘ri makoni» deb tarjima qilinar ekan. Aslida uning mahalliy nomi 147 harfdan iborat: «ilohiy xazinaning eng yuksak makoni hisoblangan farishtalarning buyuk shahri... to‘qqiz tosh markazi...»
8. Kanada hindulari suv qunduzini mehnatsevarligi va farosatliligi uchun yaxshi ko‘rishadi.
9. Yerdan Oygacha bo‘lgan masofa ulkan: taxminan 400 ming kilometr. Shunga qaramay, Yer va Oy o‘rtasidagi tortishish 200 million milliard kilonyutonni tashkil etadi.
10. Dunyoning eng ko‘p yog'ingarchilik bo‘ladigan nuqtalarida qishda suv yetishmovchiliklari bo‘lar ekan. Yomg'ir fasllaridan keyin shunday qurg'oqchilik kelar ekanki, hatto aholi suvni boshqa shaharlardan sotib olisharkan.
1. Fizika fani orqali ishqalanish kuchidan xabaringiz bor. Uning ham foydali, ham zararli tomonlari mavjud ekan. Agar ishqalanish kuchi bo‘lmaganida asfalt bo‘ylab yurish silliq muzda harakatlangandek qiyin kechardi. Birorta buyumni sal turtib yuborsangiz, ular joyidan katta tezlikda uchib ketardi. Qo‘lga biror jismni olib bo‘lmas, ular sirg'alib tushib ketishi aniq edi.
2. Qadimgi yunonlar to‘rt buklangan papirus qog'ozini «tetrad» deb atashgan.
3. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob so‘nggi 400 yil davomida Bibliya bilan deyarli bir xil adadda nashr etilgan. U qirol saroyida ham, oddiy xalq orasidayam juda mashhur edi. XVII asr oxirida cherkov uni «Taqiqlangan kitoblar ro‘yxati»ga kiritdi. Bu Nostradamusning «Senturii» («Yuz yilliklar») kitobi edi.
4. Ko‘hna Rimda 20 yil mobaynida harbiy xizmatda bo‘lganlarni «veteran» deb atashgan.
5. Qadimgi rimliklarda fevral yilning eng so‘nggi oyi sanalgan.
6. Olimpiya ramzi bo‘lgan besh halqada Afrika qora, Osiyo sariq, Amerika qizil, Avstraliya yashil va Yevropa ko‘krangda tasvirlangan.
7. Yuz kvadrillionda 17 ta nol bor.
8. Islandiyada familiya ko‘p qo‘llanilmaydi. Xatto rasmiy murojaatlarda ham ko‘pincha familiya o‘rniga otasining ismini qo‘shib aytadilar.
9. Sakkizoyoqning qoni ko‘k, ko‘z qorachig'i to‘rtburchak.
10. Samodagi eng yorqin yulduz - Sirius.
1. Daniya davlat gerbida fil tasvirlangan.
2. Klara Setkin Kopengagen shahrida xalqaro ayollar kunini 8 martda nishonlashni taklif etgan.
3. Mashhur shoir Jorj Gordon Bayron (17881824) o‘z yurtining eng zo‘r bokschisi bo‘lgan.
4. Ispan tili tinish belgilari qoidasiga ko‘ra, so‘roq gapning boshida ham, oxirida ham so‘roq belgisi qo‘yish mumkin.
5. «Oila» so‘zi lotinchada «familiya» deyiladi. Italyanchada esa «mafiya».
6. Singapur shahri nomi «sher shahri» deb tarjima qilinadi.
7. Niderlandiya davlati fuqarolarini qo‘shnilari «Yevropalik yaponlar» deb atashadi.
8. To‘liq ismi Liza di Antonio Mariya di Nolda del Gerardini bo‘lgan ayolning erlik familiyasi Jokonda edi.
9. Qadimgi Gretsiyada toshbaqa uy bekasining ramzi hisoblangan.
10. O'rta yer dengizini finikiyaliklar «Ufqning buyuk dengizi», rimliklar «Bizning dengizimiz», deb atashgan.
11. Solt-Leyk-Sitidagi qishki olimpiadalar tarixida bu ikkinchi marta sodir bo‘ldi. Ya’ni, aka-uka xokkeychilar Martin va Robert Rayxellar bir-biriga qarshi o‘ynadi. Ilk bor esa 1960 yilda Skvo-Vellida o‘tkazilgan o‘yinda ham aka-uka xokkeychilar Frantishek va Zdenek Pikallar bilan shunday vaziyat yuz bergandi.
12. Sankt-Peterburgda 312 ta ko‘prik bor.
Сообщения из Facebook