Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      Kanadadagi ko‘llar soni dunyoning boshqa barcha davlatlaridagilar qo‘shib hisoblanganiga qaraganda ham ko‘proqdir.

2.      1984 yilda Shotlandiyada topilgan izlar hajmiga ko‘ra eng kichik dinozavr chumchuqdek kattalikda bo‘lgan.

3.      1557 yilga qadar tabiblar og‘izdagi noxush hiddan forig‘ bo‘lish uchun tamakichekishni tavsiya qilganlar.

4.      Afrika goliafi dunyodagi eng katta baqa hisoblanadi. Uning uzunligi 30 santimetrga yetishi, og‘irligi 3 kilodan oshishi mumkin.

5.      Koinotda eng keng tarqalgan element - vodorod. Undan keyin esa geliy.

6.      Zanglagan temir zanglamaganidan og‘irroq bo‘ladi. Chunki temir oksidi temirdan og‘irroq.

7.      «Merkuriy» so‘zi inglizchada simob ma’nosini anglatsa-da, ammo bu sayyoraning aksar qismi temirdan iborat. U yerda simob yo‘q.

8.      Dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan metallar- temir, alyuminiy va mis.

9.      Amerikaning Ayova shtati maydoni Portugaliyaning maydonidan kattaroq. 

10.  Braziliyadagi Iguasu sharsharasi mashhur Niagara sharsharasidan 20 metr balandroq va to‘rt karra kengroq.

1.       Ingliz mutaxassislarining hisoblashicha, odam umri davomida o‘rtacha 100 ming kilometr yo‘lni piyoda bosib o‘tadi.

2.      Mashhur aktyor Kianu Rizv ismining ma’nosi shunday: tog‘lar uzra esayotgan sovuq shamol.

3.      Tomat sharbati Ogayo shtatining (AQSh) rasmiy ichimligi hisoblanadi.

4.      Iroqdagi Vadi as-Salom dunyodagi eng katta qabriston hisoblanadi. U yerga 5milliondan ortiq marhum ko‘milgan.

5.      Islandiya hududida 120 dan ortiq muzlik va 100 dan ziyod vulqonlar bor.

6.      Sutemizuvchilarning 40 foizini kemiruvchilar tashkil etadi.

7.      Koala ayig‘i kuniga 19-22 soat uxlaydi.

8.      Gonkong hududi bitta yarimorol va 236 ta oroldan iborat.

 9.     Gavayi har yili Yaponiya tomonga 10 santimetr siljiydi.

 10.  Oy yuzasi tekis emas, balki kraterlar bilan qoplanganini birinchi bo‘lib 1609 yilda Galileo Galiley aniqlagan.

1.      Oy haqidagi fan qadimgi Yunonistonda Oy ma’budasi hisoblangan Selena sharafiga selenologiya deb ataladi.

2.      Yerdan Oygacha bo‘lgan masofa 384 400 kilometrni tashkil etadi.

3.      Ekvator13 ta davlatdan o‘tgan.

4.      Birlashgan Millatlar Tashkiloti Universiteti Tokioda joylashgan.

 5.      Timsohlar chuqurroqqa sho‘ng‘ish uchun tosh yutadi.

 6.      2001 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda Yerda xurrak otadigan odamlar koinotda xurrakotmasligi aniqlangan.

7.      Dunyodagi eng katta basseyn Chilida joylashgan. Uning uzunligi 1013 metr bo‘lib, eng chuqur joyi 35 metrga yetadi.

8.      Hindistondagi «Maxaroja ekspressi» poyezdi dunyoda eng qimmat hisoblanadi. Uning oddiy vagonida bir kunni o‘tkazish 800 dollarga, lyuks vagonida esa 2500 dollarga tushadi.

9.      Kitning yuragi 1 daqiqada atigi 9 marta uradi.

10.  Taxminlarga ko‘ra, «jirafa» so‘zi arabcha «zarafa»dan oligan bo‘lib, «yasangan» degan ma’noni bildiradi.

1.      O‘ta kam uchraydigan uxlashdan qo‘rqish kasalligi somnifobiya deb ataladi.

2.      Olimlarning hisoblashicha, so‘nggi 500 yil ichida fazoviy jismlarning tushishi hisobiga Yer 1 milliard tonnaga og‘irlashgan.

3.      Erkaklarning taxminan 10, ayollarning 8 foizi chapaqay.

4.      Atigi1 tomchi neft 25 litr suvni iste’molga yaroqsiz holatga keltiradi.

5.      Isroil, Livan, Yangi Zelandiya, Ummon va Buyuk Britaniyada konstitutsiya yo‘q. 

6.      Yevropaga birinchi jirafani miloddan avvalgi 46 yilda Yuliy Sezar olib kelgan.

7.      Jirafaning tili qora bo‘lib, uzunligi 45 santimetrga yetadi.

8.      Yangi tug‘ilgan jirafachaning bo‘yi 1,5 metrga, og‘irligi esa 100 kiloga yetadi.

9.      Hududi jihatidan eng kichik davlat - Vatikan (44 gektar).

10. Oyna yorilganda darzning tarqalish tezligi soatiga taxminan 5000 kilometrga yetadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook