Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (2-qism)
Eng ajoyib va qiziqarli ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni istaysizmi? Unday bo‘lsa, ishga kirishing!

1.      Butun qit’a hududini egallagan yagona davlat -Avstraliya.

2.      Orollari eng ko‘p davlat  - Indoneziya.

3.      Yaponiyada har kuni o‘rtacha 3 marta yengil yer zilzilasi sodir buladi.

4.      Davlatlar o‘rtasidagi eng uzun chegara - AQSh va Kanada chegarasi (8963km).

5.      Qit’alararo eng katta tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichi Afrikada.

6.      Xitoy davlatida 2 va undan ko‘p farzandi bor oila davlatga jarima to‘lab borishadi. Umuman farzand ko‘rmaydiganlarga davlat mukofot beradi.

7.      Tinch holatda odam minutiga 12-20 marta nafas oladi. Otlarda bu ko‘rsatkich 12ta, kalamushlarda 60 ta, kanareykada 110 tani tashkil qiladi.

8.      Yevropa davlatlari orasida Turkiya davlatining faqat 8 foizigina Yevropa hududida joylashgan, qolgan 92  foizi Osiyoda.

9.      Bahrayn, Bruney, Quvayt va Qatar davlatlarida daromad solig‘i olinmaydi.

10.  Singapurning butun hududini metroda aylanib chiqish mumkin. Metro liniyalarining uzunligi esa 67 km, ya’ni butun Singapur  hududiga teng.

1.      Odamning umumiy qon tomirlari uzunligi taxminan 100 ming kilometrni tashkil qiladi.

2.      Har daqiqada miyaga taxminan 740-750 millilitr qon oqib keladi.

3.       Miyaning qum zarrasi bilan teng miqdori o‘zida 100 ming neyron va bir milliard sinaps(nervlarni bog‘lovchi tuzilma) saqlaydi.

4.      Organizmdagi suvning 1 foizi kamaysa ham kishini kuchli tashnalik bezovta qiladi, agar organizmdagi suv 5 foizga kamaysa, kishi hushini yo‘qotadi, 10 foiz kamayishda o‘lim yuz beradi.

5.      Ikkinchi ming yillik boshida (1000 yilda) Yer shari aholisi 400 million kishini tashkil qilgan bo‘lsa, oxirida esa (2000 yilda) 6 milliarddan oshgan.

6.      Har daqiqada Yer shari bo‘ylab o‘rtacha 200 marta chaqmoq chaqadi.

7.      Bosh miyamiz nerv hujayralaridan tashkil topgan. Ular bir - biri bilan elektr signallari orqali muloqot qiladi. Bu quvvat bilan bemalol xonani yoritish mumkin.

8.      Esnash paytida miya kislorodga to‘yinish barobarida soviydi ham. Boshqacha qilib aytganda, esnash bosh miya uchun xuddi yoqimli shamoldek gap. Esnash miyani sovitib, tetiklik bag‘ishlaydi.

9.      Yoshligida 2 xil tilni o‘rgangan bolalarning bosh miyasi juda tezlik bilan rivojlanadi.

10.    Ko‘zlar taxminan 60-80 daqiqa ichida qorong‘ulikka to‘liq moslashadi.

1.      Har bir neyron boshqalari bilan 40 mingga yakin sinapslar bilan birikkan . 100 miliard neyronni 40 mingga ko‘paytiring. Natijada miyamizdagi hujayralar soni koinotdagi yulduzlardan ham ko‘pligi ma’lum bo‘ladi.

2.      Suv muzlaganda 9 foizga kengayadi.

3.      Fil o‘z tanasining haroratini saqlab turish uchun quloqlaridan foydalanadi.

4.      Xona harorati deb Selsiy shkalasida 20-25 daraja issiq nazarda tutiladi.

5.      Chaqmoq chaqqanda uning harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha 30 ming darajaga yetadi.

6.      Kauchuk (rezina) tasmalari muzlatilganda uzoqroq xizmat ko‘rsatadi.

7.      Quyosh markazidagi harorat taxminan Selsiy bo‘yicha 15 million daraja issiqlikka ega.

8.      Issiq suv sovuq suvga nisbatan tezroq muzlaydi.

9.      Oziq-ovqatlarni muzlatib qo‘yish 1920 yilda kashf etilgan.

10.  Quyoshning to‘liq tutilish paytidagi havo harorati +6 daraja Selsiygacha tushadi.

1.      -40 daraja Selsiy shkalasi bilan 40 daraja Farengeyt shkalasi deyarli bir xil sovuq haroratni bildiradi.

2.      Insonning o‘rtacha tana harorati 37 daraja Selsiy.

3.      Xona haroratida suyuq holatga o‘tadigan yagona metall bu - Merkuriy.

4.      Benzinning aniq muzlash darajasi ma’lum emas. U Selsiy shkalasi bo‘yicha -82 va -115 daraja oralig'ida muzlashi mumkin.

5.      Olmoslarni faqatgina yuqori issiqlik yordamida parchalash mumkin.

6.      Inson suyaklarining teng yarim qismi bilaklarida va tovonlarida joylashgan.

7.      Uyquga ketish uchun eng qulay harorat Selsiy bo‘yicha 18-30 daraja.

8.      Sochning qalinligi sovun pufagining qalinligidan 5000 marta katta.

9.      Bir yilda inson yuragi 36 800 000 marta uradi.

10.  Qahva donlari 204-218 daraja oralig'ida qovuriladi. Qancha ko‘p qovurilsa, shuncha ko‘p qorayadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook